DIXON MRT USULI YORDAMIDA YELKA BO‘G‘IMI STABILIZATORLARI SHIKASTLANISHLARINI BAHOLASH: KOMPLEKS DIAGNOSTIK ALGORITMNI TAKOMILLASHTIRISH
##article.subject##:
yelka bo‘g‘imi; magnit-rezonans tomografiya; Dixon MRT; yelka beqarorligi; rotator manjetasi; statik stabilizatorlar; dinamik stabilizatorlar; yog‘li degeneratsiya; diagnostik algoritm##article.abstract##
Maqsad: Standartlashtirilgan MRT protokoliga qo‘shimcha ravishda Dixon MRT miqdoriy tahlilini qo‘llash orqali yelka bo‘g‘imi statik va dinamik stabilizatorlari shikastlanishlarini baholash uchun kompleks magnit-rezonans diagnostik algoritmini ishlab chiqish va klinik jihatdan baholash. Materiallar va usullar:Tadqiqot yelka bo‘g‘imi stabilizatsiya apparati shikastlangan 116 nafar bemorni qamrab olgan retrospektiv va prospektiv diagnostik tadqiqot sifatida o‘tkazildi. MRT tekshiruvlari 1,5 Tesla magnit maydon kuchiga ega apparatda standartlashtirilgan protokol asosida bajarildi. Protokol tarkibiga PD, PD-FS, T1, T2, STIR va Dixon MRT ketma-ketliklari kiritildi. Baholash jarayonida glenoid labrum, kapsula-boylam kompleksi, suyak tuzilmalari, rotator manjetasi, paylarning retraksiyasi, mushak atrofiyasi va yog‘li degeneratsiya holatlari o‘rganildi. MRT natijalari jarrohlik davolash o‘tkazilgan bemorlarda artroskopik ma’lumotlar bilan taqqoslandi. Natijalar:116 nafar bemorning o‘rtacha yoshi 42,1 ± 18,1 yoshni tashkil etdi. Erkaklar 74 nafar (63,8%), ayollar 42 nafar (36,2%) ni tashkil etdi. Dinamik stabilizatorlar shikastlanishi 52 bemorda (44,8%), statik stabilizatorlar shikastlanishi 30 bemorda (25,9%), kombinatsiyalangan shikastlanishlar esa 34 bemorda (29,3%) aniqlandi.Statik stabilizatorlar shikastlanishlari asosan labrum jarohatlari, Hill–Sachs nuqsonlari, glenoid suyak o‘zgarishlari va kapsula-boylam tizimi patologiyalari bilan namoyon bo‘ldi. Dinamik stabilizatorlar shikastlanishlarida rotator manjetasi patologiyasi, pay retraksiyasi, mushak atrofiyasi va yog‘li degeneratsiya ustunlik qildi. Dixon MRT mushak to‘qimalaridagi surunkali o‘zgarishlarni yog‘ fraksiyasini miqdoriy baholash orqali aniqlash imkonini berdi. Yog‘ fraksiyasi 20% dan yuqori bo‘lgan bemorlarda diagnostik sezgirlik 97,1%, spetsifiklik 98,8% va umumiy diagnostik aniqlik 98,3% ni tashkil etdi. Dixon MRTning miqdoriy tahlili yelka bo‘g‘imi stabilizatorlarining o‘tkir va surunkali shikastlanishlari o‘rtasida statistik jihatdan sezilarli farqlarni aniqladi. Surunkali shikastlanishlarda o‘tkir holatlarga nisbatan yog‘ fraksiyasi yuqori bo‘ldi (26,7 ± 7,2% ga qarshi 12,4 ± 4,8%; p<0,001), mushak atrofiyasi ko‘proq kuzatildi (21,5 ± 8,4% ga qarshi 8,6 ± 3,9%; p<0,001) va pay retraksiyasi kuchliroq namoyon bo‘ldi (18,4 ± 9,6 mm ga qarshi 6,2 ± 3,1 mm; p<0,001). MRT natijalari artroskopik ma’lumotlar bilan yuqori darajada mos keldi (sezgirlik 97,1%, spetsifiklik 98,8%, aniqlik 98,3%, Cohen κ=0,91; p<0,001). Xulosa:Ishlab chiqilgan kompleks MRT algoritmi yelka bo‘g‘imi shikastlanishlarini alohida tuzilmalar doirasida emas, balki butun stabilizatsiya apparatini tizimli baholash imkonini beradi. Dixon MRT usulining standart MRT protokoliga kiritilishi surunkali degenerativ o‘zgarishlarni aniqlashni yaxshilaydi, o‘tkir va surunkali shikastlanishlarni farqlash imkonini beradi hamda klinik qaror qabul qilish va davolash rejasini optimallashtirishga yordam beradi.Библиографические ссылки
Иванков А.П., Селиверстов П.В., Меньшова Д.В. Опыт применения дополнительного субмиллиметрового 3D-FSE режима (3D-PD-FS-ВИ) в МРТ-диагностике полного и частичного разрывов сухожилия надостной мышцы плечевого сустава (клиническое наблюдение) // Радиология - практика. - 2024. - № 4 (106). - С. 67-78.
Ирисметов М.Э., Салиев С.М., Ражабов К.Н. и др. Современные методы диагностики разрывов вращательной манжеты плечевого сустава (литературный обзор) // Травматология, ортопедия и реабилитация. - 2024. - № 2. - С. 72-76.
Кезля О.П., Маслов А.П., Ярмолович В.А., Бенько А.Н., Ладутько Ю.Н., Селицкий А.В. Повреждения ротаторной манжеты плеча: диагностика и открытые операции в лечении: учеб.-метод. пособие. – Минск: БелМАПО, 2022. – 66 с.
Панина О.Ю., Громов А.И., Ахмад Е.С., Семенов Д.С., Кивасев С.А., Петряйкин А.В., Васильев Ю.А., Нечаев В.А. Возможности МРТ последовательностей DIXON в количественной оценке жировой фракции: фантомное исследование. // Digital Diagnostics. - 2025. - Т. 6. - №2. doi: 10.17816/DD633802
Тицкая Е.В., Кабаев Е.М., Симонов К.В., Мацулев А.Н. Метод интерпретации данных изокинетических тестов и МРТ исследований во время реабилитации пациентов после рекон-структивной хирургии плечевого сустава // Медицина и высокие технологии. - 2021. - № 2. - С. 22-33.
Финк Л.И., Попов А.П. Лучевые методы исследования в диагностике повреждений мягкотканных структур плечевого сустава в условиях военного консультативно-диагностического центра // Военно-медицинский журнал. - 2018. - Т. 339, № 4. - С. 57-60.
Ямщиков О.Н., Емельянова Н.В., Чумаков Р.В., Левина А.В. Особенности визуализации при травматических поражениях плечевого сустава // Медицинский альянс. - 2024. - Т. 12, № 3. - С. 91-96.
Bainbridge A, Bray TJP, Sengupta R, Hall-Craggs MA. Practical approaches to bone marrow fat fraction quantification across magnetic resonance imaging platforms. Journal of Magnetic Resonance Imaging. 2020;52(1):298–306. doi: 10.1002/jmri.27039 EDN: WCMNIG
Bhat V, Velandai S, Belliappa V, et al. Quantification of liver fat with mDIXON magnetic resonance imaging, comparison with the computed tomography and the biopsy. Journal of Clinical and Diagnostic Research. 2017;11(7):TC06–TC10. doi: 10.7860/JCDR/2017/26317.10234
Furrer P.R., Borbas P., Egli R.J., Zindel C., Wieser K., Bouaicha S. MRI findings of traumatic and degenerative rotator cuff tears and introduction of the “cobra sign” // JSES International. – 2023. – Vol. 7, № 4. – P. 632–640. – DOI: 10.1016/j.jseint.2023.02.013.
Gromov AI, Gorinov AV, Galljamov EA. Mesenteric chillous lymphangioma. Visualization features on opposed-phase MR images. Medical Visualization. 2019;23(4):86–92. doi: 10.24835/1607-0763-2019-4-86-92 EDN: UCRGCC
Horiuchi S., Nozaki T., Tasaki A., Yamakawa A., Kaneko Y., Hara T. et al. Reliability of MR quantification of rotator cuff muscle fatty degeneration using a 2-point Dixon technique in comparison with the Goutallier classification: validation study by multiple readers // Academic Radiology. – 2017. – Vol. 24, № 11. – P. 1343–1351.
Matsumura N., Oguro S., Okuda S., Jinzaki M., Matsumoto M., Nakamura M., Nagura T. Quantitative assessment of fatty infiltration and muscle volume of the rotator cuff muscles using 3-dimensional 2-point Dixon magnetic resonance imaging // Journal of Shoulder and Elbow Surgery. – 2017. – Vol. 26, № 10. – P. e309–e310. – DOI: 10.1016/j.jse.2017.03.019.
Mellion M.L., Widholm P., Karlsson M. et al. Quantitative muscle analysis in FSHD using whole-body fat-referenced MRI: composite scores for longitudinal and cross-sectional analysis // Neurology. - 2022. - Vol. 99, № 9. - P. e877-e889. - DOI: 10.1212/WNL.0000000000200757. - PMID: 35750498.
Panina OYu, Gromov AI, Akhmad ES, et al. Accuracy of fat fraction estimation using DIXON: experimental phantom study. Medical Visualization. 2022;26(4):147–158. doi: 10.24835/1607-0763-1160 EDN: JDIWXI
Park I., Oh M.J., Shin S.J. Effects of glenoid and humeral bone defects on recurrent anterior instability of the shoulder // Clin. Orthop. Surg. - 2020. - Vol. 12, № 2. - P. 145-150. - DOI: 10.4055/cios19060. - PMID: 32489534; PMCID: PMC7237246.
Provencher M.T., Midtgaard K.S., Owens B.D., Tokish J.M. Diagnosis and management of traumatic anterior shoulder instability // J. Am. Acad. Orthop. Surg. - 2021. - Vol. 29, № 2. - P. e51-e61. - DOI: 10.5435/JAAOS-D-20-00202. - PMID: 33275397.
Hsu C.Y., Pallathadka H., Jasim S.A., Rizaev J., Bokov D.O., Hjazi A. [et al.]. Innovations in cancer immunotherapy: A comprehensive overview of recent breakthroughs and future directions // Critical Reviews in Oncology/Hematology. – 2025. – Vol. 206. – Art. 104588.
Bayani A., Abosaoda M.K., Rizaev J., Nazari M., Jafari Z. [et al.]. Aptamer-based approaches in leukemia: a paradigm shift in targeted therapy // Clinical and Experimental Medicine. – 2025. – Vol. 25, No. 1. – Art. 186.
Saadh M.J., Khidr W.A., Alfarttoosi K.H., Bishoyi A.K., Ganesan S. [et al.]. Metal nanoparticles as a promising therapeutic approach for prostate cancer diagnosis and therapy: a comprehensive review // Medical Oncology. – 2025. – Vol. 42, No. 4. – Art. 83.
Mei S., Roopashree R., Altalbawy F.M.A., Rizaev J.A. [et al.]. Synthesis, characterization, and applications of starch-based nano drug delivery systems for breast cancer therapy: A review // International Journal of Biological Macromolecules. – 2024. – Vol. 280. – Art. 136058.
van Vucht N, Santiago R, Lottmann B, et al. The Dixon technique for MRI of the bone marrow. Skeletal Radiology. 2019;48(12):1861–1874. doi: 10.1007/s00256-019-03271-4