XORAZM VILOYATINING URGANCH VA XONQA TUMANLARI AHOLISINI ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLASH UCHUN YER OSTI MANBALARIDAN FOYDALANISHNING SANITARIYA-GIGIYENA JIHATIDAN BAHOLANISHI VA ISTIQBOLLARI

##article.authors##

  • ERMATOV Nizom Jumakulovich
  • NIYAZMETOV Muradbek Atabayevich
  • KAMILOV Djamshid Yuldashevich

##article.subject##:

ichimlik suvi, yer osti suvlari, suv ta’minoti, sanitariya-kimyoviy ko‘rsatkichlar, umumiy qattiqlik, laboratoriya monitoringi, oqova suvlarni chiqarish, Urganch tumani, Xonqa tumani, Xorazm viloyati.

##article.abstract##

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Urganch va Xonqa tumanlarida ichimlik suvi sifatiga ta’sir etuvchi yer osti suv ta’minoti manbalari holati hamda sanitariya-infratuzilma omillarining gigiyenik baholash natijalari keltirilgan. Aholining markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti bilan ta’minlanganlik darajasi, suv ta’minoti tarmoqlarining texnik holati, oqova suvlarni chiqarish tizimlarining rivojlanganlik darajasi, shuningdek turli suv manbalarining sanitariya-kimyoviy ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, aholining markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi Urganch tumanida 93,9%, Xonqa tumanida esa 95,7% ni tashkil etgan. Shu bilan birga, aholining oqova suvlarni chiqarish tizimlari bilan qamrov darajasi past bo‘lib, mos ravishda 9,65% va 8,09% ni tashkil qilgan, bu esa yer osti suvlarining ikkilamchi ifloslanishi uchun ehtimoliy xavf omili sifatida baholanishi mumkin. Ta’mirlashni talab qiluvchi suv quvurlari tarmoqlarining ulushi Urganch tumanida 14,9%, Xonqa tumanida esa 18,1 % ga yetganligi aniqlangan. Sanitariya-kimyoviy tadqiqotlar natijalari alohida suv ta’minoti manbalari o‘rtasida sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. Tozalangan suvning umumiy qattiqligi 0,5 mg-ekv/dm³, vodoprovod suvida 6,5 mg-ekv/dm³, artezian quduqlari suvida esa 11,7 mg-ekv/dm³ ni tashkil qildi. Tozalangan suv tarkibida ammiak, nitritlar va nitratlar aniqlanmadi. Yer osti suvlarida umumiy qattiqlikning yuqori darajada bo‘lishi ulardan ichimlik maqsadlarida foydalanishdan oldin suvni yumshatish texnologiyalarini qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. Olingan natijalar Urganch va Xonqa tumanlari yer osti suvlarini ichimlik suvi ta’minotining istiqbolli zaxira manbai sifatida baholash imkonini beradi. Biroq ulardan foydalanish doimiy laboratoriya monitoringini yo‘lga qo‘yish, sanitariya-muhofaza zonalarini tashkil etish, suv tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish hamda suv ta’minoti va oqova suv tizimlari obyektlarini modernizatsiya qilish bilan birga amalga oshirilishi lozim.

Библиографические ссылки

Алматов Б.И., Эрматов Н.Ж. Анализ эффективности использования воды водохранилищ на основе изучения их микробиологического и химического состава // European Science. – 2018. – № 8(40). –С. 35–37.

Алматов Б.И., Эрматов Н.Ж. Эффективность использования воды водохранилищ в Узбекистане // International Scientific Review of the Problems and Prospects of Modern Science and Education. – 2018. –С. 80–82.

Баллиев А.И., Чембарисов Э.И., Баллиева Р. Современная минерализация и химический состав малых локальных водоёмов Южного Приаралья // Educational Research in Universal Sciences. – 2024. – Vol. 3, № 6. –С. 190–201.

Дусчанов Б.А., Абдуллаев Р.Б., Мустафаев Х.М. и др. Аральское море: проблемы экологии и здоровья. – Ташкент, 2022. –С. 21-23.

Косимов С.К., Махмудов И.Р. Проблемы качества питьевой воды в сельских регионах Узбекистана // Вестник Ташкентского института инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства. – 2022. – № 4. –С. 25–30.

Нуралиев Н.А. Микробиологическая и гигиеническая безопасность воды реки Амударьи. – 2023. –С. 18–21.

Нуралиев Н.А., Алматов Б.И. Водохранилища: особенности химического состава воды, микробиологические и гидробиологические аспекты: монография. – 2022. –С. 3-5.

Рахимов Б.Х., Турсунов Ш.А. Современные методы очистки воды при повышенной жёсткости // Water and Ecology. – 2023. – № 1. –С. 12–18.

Сиддиков З.А. Гигиеническая оценка водоснабжения населения в экологически неблагоприятной зоне // Medical Journal of Uzbekistan. – 2024. – Vol. 6, № 3. –С. 45–51.

Чембарисов Э.И., Баллиев А.И. Загрязнённость водотоков и водоёмов Республики Каракалпакстан и практические рекомендации по её уменьшению. – 2024. –С. 37-41.

Ermatov Z. et al. Modeling the process of formation of the chemical composition of metal during manual arc surfacing based on classification of components of electrode coating charge // International Journal of Mechatronics and Applied Mechanics. – 2022. – Vol. 12. – P. 170–176.

Khalilov B., Mamarasulov A. Health risks associated with high mineralization of drinking water in the Aral Sea region // Environmental Health and Preventive Medicine. – 2021. – Vol. 26. – Article 45.

UNDP Uzbekistan. Управление водными ресурсами в Республике Узбекистан: вызовы и возможности. – Ташкент, 2020. –С. 15-23.

UNICEF; WHO. Progress on household drinking water, sanitation and hygiene 2000–2022: special focus on gender. – New York: UNICEF; Geneva: WHO, 2023.

Usmanov I.A. Оценка финансовых потоков для оптимизации водоснабжения в Узбекистане в условиях изменения климата. – 2025. –С. 33-41.

WHO. Diarrhoeal disease: fact sheet. – 7 March 2024. – URL: WHO official website.

World Health Organization. Guidelines for drinking-water quality: fourth edition incorporating the first and second addenda. – Geneva: WHO, 2022.

Rizaev J. A., Ashirov Z. F., Toshev S. U., Islamov N. H., Salamova L. A. [et al.]. Medical and organizational measures to improve the provision of medical care in the dermatovenerology profile // International Journal of Current Research and Review. – 2020. – Vol. 12, No. 24. – P. 120–122.

Ризаев Ж. А., Адилова Ш. Т., Пулатов О. А. Обоснование комплексной программы лечебно-профилактической стоматологической помощи населению Республики Узбекистан // Аспирант и соискатель. – 2009. – С. 73–74.

Alimdjanovich J. R., Ibragimovich A. K. Organization of monitoring of the quality of services provided for the prevention and fight against postpartum bleeding in women // Central Asian Journal of Medical and Natural Sciences. – 2021. – Vol. 2, No. 6. – P. 14–21.

Alimjanovich J. R., Agababyan L. R., Kamalov A. I. Prevention and treatment of postpartum hemorrhage // Central Asian Journal of Medical and Natural Sciences. – 2021. – Vol. 2, No. 4. – P. 204–209.

World Health Organization; UNICEF. Diarrhoea: why children are still dying and what can be done. – Geneva: WHO Press, 2024. –С. 7-9.

Загрузки

##submissions.published##

2026-11-25