AORTOKORONAR SHUNTLASH AMALIYOTIDAN KEYIN POSTOPERATSION BO‘LMACHALAR FIBRILLYATSIYASI RIVOJLANISHINING PREDIKTORLARI VA POSTERIOR PERIKARDIOTOMIYANING PROFILAKTIK SAMARADORLIGI

##article.authors##

  • ZHABBAROV Ogabek Ozimboy ogli
  • MULLABAYEVA Guzal Uchqunovna
  • MULLABAYEVA Guzal Uchqunovna

##article.subject##:

Aortokoronar shuntlash (AKSH), postoperatsion bo‘lmachalar fbrillyatsiyasi (POBF), Xolter elektrokardiografyasi monitoringi (XM EKG), qandli diabet (QD), posterior perikardiotomoya (PPT), Arterial gipertenziya (AG).

##article.abstract##

Maqsad. Aortokoronar shuntlash amaliyotini o‘tkazgan bemorlarda postoperatsion bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi (POBF) rivojlanishining xavf omillarini aniqlash va uning profilaktikasida posterior perikardiotomiyaning klinik samaradorligini baholash.

Material va usullar. Yakka markazli prospektiv tadqiqot 246 bemorning klinik tekshiruvlarini o`z ichiga olgan tadqiqotda qatnashgan bemorlarning o`rtacha yoshi 64,7±6,1, erkak va ayollarning nisbati 22.4%(n=55) ga 77.6%(n=191) ni tashkil etgan. Bemorlar ko`r ko`rona randomizatsiya usuli yordamida posterior perikardiotomiya usuli qo`llanilishiga qarab 2 guruhga ajratilgan: 1-guruhdagi 123 bemorga PPT qo`llanilgan, 2- guruhdagi 123 bemorga PPT amaliyoti bajarilmagan. Tadqiqotda quyidagi laborator va instrumental tekshikuvlar qo`llanilgan: ko`krak qafasi rentgenografiyasi, bosh va ko`krak qafasining MSKT tekshiruvi, KAG(koronarografiya), EKG xolter monitoring, exokardiografiya, operatsiya ichi floumetriyasi va laborator tekshiruvlar uchun qon namunasi: umumiy qon tahlili, koagulogramma, yallig‘lanish markerlari, biokimyoviy qon tahlillari, NT-proBNP darajasi va elektrolitlar ko‘rsatkichlari aniqlandi.

Natijalar. Jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda rivojlangan POBFning soni bo`yicha guruhlar o`rtasida ishonarli tafovut aniqlangan(PPTli guruhda 16 ta bemorda PPTsiz guruhda 38 ta bemorda p<0.05). PPTli va PPTsiz guruhlarning jarrohlik amaliyotigachan bo`lgan davrdagi klinik, laborator va instrumental tekshirovlari natijalari solishtirilganda ular o`rtasida ishonarli farq aniqlanmadi. Jarrohlik amaliyotidan keyingi rivojlanuvchi POBFni rivojlanishiga olib keluvchi faktorlar aniqlandi va tahlil qilindi.

Xulosa

Olingan natijalarga ko‘ra, posterior perikardiotomiya (PPT) ishlab turgan yurakda aortokoronar shuntlash (AKSH off-pump) amaliyotini o‘tkazgan bemorlarda postoperatsion bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi (POBF) rivojlanish chastotasini sezilarli darajada kamaytiradi. Bundan tashqari, ushbu usul reabilitatsiya bo‘limida davolanish muddatini qisqartiradi, bu esa shifoxona resurslaridan yanada samarali foydalanish imkonini beradi hamda davolashning klinik va iqtisodiy samaradorligini oshiradi va POBF ning rivojlanishiga sabab bo`luvchi quyidagi mustaqil omillar aniqlandi: anamnezda arterial gipertenziyaning mavjudligi, surunkali buyrak kasalligining 3B bosqichi, qandli diabet, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi, anamnezda o‘tkazilgan COVID-19 infeksiyasining mavjudligi, semizlik hamda chap bo‘lmachaning indekslangan hajmi kattalashganligi.

Библиографические ссылки

Sousa-Uva M, Neumann FJ, Ahlsson A, Alfonso F, Banning AP, Benedetto U, et al. 2018 ESC/EACTS Guidelines on myocardial revascularization. Eur J Cardiothorac Surg. 2019;55(1):4–90.

Greenberg JW, Lancaster TS, Schuessler RB, Melby SJ. Postoperative atrial fibrillation following cardiac surgery: a persistent complication. Eur J Cardiothorac Surg. 2017;52(4):665–672.

Filardo G, Damiano RJ Jr, Ailawadi G, Thourani VH, Pollock BD, Sass DM, et al. Epidemiology of new-onset atrial fibrillation following coronary artery bypass graft surgery. Heart. 2018;104(12):985–992.

Mujović N, Marinković M, Marković N, et al. Postoperative atrial fibrillation after cardiac surgery: challenges throughout the patient journey. J Clin Med. 2022;11(1):58.

Goette A, Kalman JM, Aguinaga L, et al. EHRA/HRS/APHRS/SOLAECE expert consensus on atrial cardiomyopathies. Europace. 2016;18(10):1455–1490.

Mathew JP, Fontes ML, Tudor IC, et al. A multicenter risk index for atrial fibrillation after cardiac surgery. JAMA. 2004;291(14):1720–1729.

Echahidi N, Pibarot P, O'Hara G, Mathieu P. Mechanisms, prevention and treatment of atrial fibrillation after cardiac surgery. J Am Coll Cardiol. 2008;51(8):793–801.

Benedetto U, Gaudino MF, Dimagli A, et al. Postoperative atrial fibrillation and long-term risk of stroke after isolated coronary artery bypass graft surgery. Circulation. 2020;142(14):1320–1329.

Taha A, Nielsen SJ, Bergfeldt L, et al. New-onset atrial fibrillation after coronary artery bypass grafting and long-term outcome. J Am Heart Assoc. 2021;10(1):e017966.

Mulay A, Kirk AJB, Angelini GD, Wisheart JD, Hutter JA. Posterior pericardiotomy and cardiac tamponade after coronary artery surgery. Eur J Cardiothorac Surg. 1995;9(11):634–635.

Gaudino M, Sanna T, Ballman KV, et al. Posterior left pericardiotomy for the prevention of atrial fibrillation after cardiac surgery: the PALACS randomized clinical trial. Lancet. 2021;398(10316):2075–2083.

Rizaev J. A., Ashirov Z. F., Toshev S. U., Islamov N. H., Salamova L. A. [et al.]. Medical and organizational measures to improve the provision of medical care in the dermatovenerology profile // International Journal of Current Research and Review. – 2020. – Vol. 12, No. 24. – P. 120–122.

Ризаев Ж. А., Адилова Ш. Т., Пулатов О. А. Обоснование комплексной программы лечебно-профилактической стоматологической помощи населению Республики Узбекистан // Аспирант и соискатель. – 2009. – С. 73–74.

Alimdjanovich J. R., Ibragimovich A. K. Organization of monitoring of the quality of services provided for the prevention and fight against postpartum bleeding in women // Central Asian Journal of Medical and Natural Sciences. – 2021. – Vol. 2, No. 6. – P. 14–21.

Alimjanovich J. R., Agababyan L. R., Kamalov A. I. Prevention and treatment of postpartum hemorrhage // Central Asian Journal of Medical and Natural Sciences. – 2021. – Vol. 2, No. 4. – P. 204–209.

Biancari F, Mahar MAA, et al. Meta-analysis of randomized trials on posterior pericardiotomy for prevention of atrial fibrillation after cardiac surgery. J Cardiothorac Vasc Anesth. 2022;36(2):589–596.

Zimmer J, Pezzullo J, Choucair W, Southard J, Kokkinos P, Karasik P, Greenberg MD, Singh SN. Meta-analysis of antiarrhythmic therapy in the prevention of postoperative atrial fibrillation and the effect on hospital length of stay, costs, cerebrovascular accidents, and mortality in patients undergoing cardiac surgery. Am J Cardiol. 2003 May 1;91(9):1137-40. doi: 10.1016/s0002-9149(03)00168-1.

Загрузки

##submissions.published##

2026-11-25