AORTOKORONAR SHUNTLASH OPERATSIYASIDAN KEYINGI BO‘LMACHALAR FIBRILLYATSIYASI PROFILAKTIKASIDA POSTERIOR PERIKARDIOTOMIYANING KLINIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH

##article.authors##

  • JABBAROV Og‘abek O‘zimboy o‘g‘li
  • MULLABAYEVA Guzal Uchqunovna
  • SHARIPOV Islom Mamatxanovich

##article.subject##:

aortokoronar shuntlash (AKSH-off pump), posterior perikardiotomiya, postoperatsion bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi (POBF), Xolter elektrokardiografiyasi monitoringi (XM EKG), o`tkir bosh miya qon aylanishining buzilishi(O`BMQAB).

##article.abstract##

Maqsad. Koronar arteriyalarni ishlab turgan yurakda aortokoronar shuntlash (AKSH-off pump) amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarda postoperatsion bo`lmachalar fibrillyatsiyasini, rivojlanishini oldini olishda posterior perikardiotomiyaning samaradorligini baholash.

Materiallar va usullar. Tadqiqot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Kardiojarrohlik va reanimnatsiya bo‘limida amalga oshirildi. Tadqiqotga yurak ishemik kasalligi tashxisi qo‘yilgan hamda ishlab turgan yurakda AKSH amaliyotiga ko‘rsatma mavjud bo‘lgan 300 nafar bemor kiritildi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 64,6±7,1 yilni tashkil etdi, shundan 67 nafari ayol va 233 nafari erkak edi. Randomizatsiya usuli yordamida bemorlar teng ikkita guruhga ajratildi. Asosiy guruhdagi 150 nafar bemorga AKSH amaliyoti davomida posterior perikardiotomiya bajarildi, nazorat guruhidagi 150 nafar bemorda esa ushbu usul qo‘llanilmadi. Barcha bemorlarda operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyingi dastlabki 5 sutka davomida 24 soatlik Xolter elektrokardiografiyasi monitoringi (XM EKG) o‘tkazildi.

Natijalar. Jarrohlik amaliyotidan keyingi yurak ritmi monitoring natijalariga ko`ra (XM EKG, reanimatsiyadagi monitoring) 65 nafar (21,6%) bemorda operatsiyadan keyingi bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi qayd etildi. Klinik va anamnestik ko‘rsatkichlar tahlili jarrohlik amaliyotigachan bo`lgan davrda o`zaro mos ekanligini ko`rishimiz mumkun. Tadqiqot guruhlari yosh va jins ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik jihatdan sezilarli farq qilmadi. Biroq jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda solishtirilayotgan guruhlar o`rtasida quyidagi ko`rsatkichlar bo`yicha tafovut aniqlandi: bemorlarning jarrohlik amaliyotidan keyingi reabilitatsiya (PPTli guruh 9,35±1,45kun, PPTsiz guruh   13,6±1,7kun,  p=0.045) va shifoxonada umumiy davolanish davri (PPTli guruh 8,13±1,55kun,  PPTsiz guruh 12,7±1,65 kun, p=0,044), postoperatsion bo`lmachalar fibrillyatsiyasining rivojlanish chastotasi(PPT guruhida 13%(n=19), PPTsiz guruhda 31%(n=46)bemorda rivojlangan p<0,05.

Xulosa.

Olingan natijalarga asoslanib, posterior perikardiotomiya ishlab turgan yurakda aortokoronar shuntlash amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarda postoperatsion bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytirishi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, posterior perikardiotomiya qo‘llanilgan bemorlarda postoperatsion bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi rivojlanish chastotasi nazorat guruhiga nisbatan ishonchli darajada past bo‘ldi. Bundan tashqari, posterior perikardiotomiyaning qo‘llanilishi bemorlarning shifoxonada davolanish va reabilitatsiya davrlarini qisqartirishga yordam berdi. Ushbu usul yurak tamponadasi va tromboembolik asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish tendensiyasini namoyon etdi hamda bemorlarning davolanish samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Shunday qilib, posterior perikardiotomiya ishlab turgan yurakda bajarilgan aortokoronar shuntlash amaliyotidan keyingi postoperatsion bo‘lmachalar fibrillyatsiyasining profilaktikasida samarali, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq usul hisoblanadi.

Библиографические ссылки

Peretto G, Durante A, Limite LR, Cianflone D. Postoperative arrhythmias after cardiac surgery: Incidence, risk factors, and therapeutic management. Cardiology Research and Practice. 2018;2014:615987. DOI: 10.1155/2014/615987.

Abouarab AA, Leonard JR, Ohmes LB, Lau C, Rong LQ, Ivascu NS, Pryor KO, Munjal M, Crea F, Massetti M, Sanna T, Girardi LN, Gaudino M. Posterior left pericardiotomy for the prevention of postoperative atrial fbrillation after cardiac surgery (PALACS): study protocol for a randomized controlled trial. Trials. 2017;18:593. https://doi.org/10.1186/s13063-017-2334-4.

Mullabayeva GU, Sharipov IM, Jabbarov OA, Fozilov HG. Analiz problemy postoperatsionnoy fbrillyatsii predserdiy. Kardiologiya Uzbekistana. 2023;(2).

Bohatch Júnior M.S., Matkovski P.D., Di Giovanni F.J. Incidence of postoperative atrial fibrillation in patients undergoing on-pump and off-pump coronary artery bypass grafting. Braz J Cardiovasc Surg. 2015;30(3):316–324.

Ghurram A., Krishna N., Bhaskaran R. et al. Patients who develop post-operative atrial fibrillation have reduced survival after off-pump coronary artery bypass grafting. Indian J Thorac Cardiovasc Surg. 2020;36(1):6–13.

Ali-Hassan-Sayegh S, Mirhosseini SJ, Liakopoulos O, Sabashnikov A, Dehghan HR, Sedaghat-Hamedani

F, Kayvanpour E, Ghaffari N, Vahabzadeh V, Aghabagheri M, Mozayan MR, Popov AF. Posterior pericardiotomy in cardiac surgery: systematic review and meta-analysis. Asian Cardiovasc Thorac Ann. 2015;23(3):354–62. https://doi.org/10.1177/0218492314541132.

Rizaev J. A., Ashirov Z. F., Toshev S. U., Islamov N. H., Salamova L. A. [et al.]. Medical and organizational measures to improve the provision of medical care in the dermatovenerology profile // International Journal of Current Research and Review. – 2020. – Vol. 12, No. 24. – P. 120–122.

Ризаев Ж. А., Адилова Ш. Т., Пулатов О. А. Обоснование комплексной программы лечебно-профилактической стоматологической помощи населению Республики Узбекистан // Аспирант и соискатель. – 2009. – С. 73–74.

Alimdjanovich J. R., Ibragimovich A. K. Organization of monitoring of the quality of services provided for the prevention and fight against postpartum bleeding in women // Central Asian Journal of Medical and Natural Sciences. – 2021. – Vol. 2, No. 6. – P. 14–21.

Alimjanovich J. R., Agababyan L. R., Kamalov A. I. Prevention and treatment of postpartum hemorrhage // Central Asian Journal of Medical and Natural Sciences. – 2021. – Vol. 2, No. 4. – P. 204–209.

Greenberg JW, Lancaster TS, Schuessler RB, Melby SJ. Postoperative atrial fbrillation following cardiac surgery: a persistent complication. Eur J Cardiothorac Surg. 2017;52(4):665–72. https://doi.org/10.1093/ejcts/ezx039.

Загрузки

##submissions.published##

2026-11-25