KSENOTRANSPLANTATLAR IMPLANTATSIYASIDAN SO‘NG YUZ YUMSHOQ TO‘QIMALARDA BIRIKTIRUVCHI TO‘QIMA SHAKLLANISHINING GISTOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI
##article.subject##:
ksenotransplantat, yumshoq to‘qima, Van Gieson, gistokimyo, kollagen, kollagenogenez, fibroblast, biriktiruvchi to‘qima, regeneratsiya, remodellanish, implantatsiya##article.abstract##
Maqsad. Turli biologik manbalardan-cho‘chqa, qoramol va qo‘y yurak perikardidan olingan ksenotransplantatlar quyonlarning teri ostiga implantatsiyasidan keyin atrof yumshoq to‘qimalarda biriktiruvchi to‘qima shakllanishi va remodellanishining dinamikasini Van Gieson gistokimyoviy usuli yordamida qiyosiy baholash. Material va usullar. Eksperimental tadqiqotda 20 dona quyonlar olindi. Quyonlarning peshona sohasidan kesmalar tayyorlanib, cho‘chqa, qoramol va qo‘ydan olingan perikard ksenotransplantant materiallar implantatsiya qilindi. Implantatsiya sohasidagi to‘qimalar 3, 7, 14, 21, va 35-sutkalarda morfologik va gistokimyoviy jihatdan o‘rganildi. Biriktiruvchi to‘qima komponentlarini, xususan kollagen tolalarining shakllanishi va taqsimlanishini aniqlash maqsadida gistologik kesmalar Van Gieson usulida bo‘yaldi. Turli kuzatuv muddatlarida implantat atrofida kollagen tolalarining paydo bo‘lishi, ularning zichligi, yo‘nalishi va biriktiruvchi to‘qima karkasining yetilish xususiyatlari qiyosiy baholandi. Natijalar. Ksenotransplantat implantatsiyasidan keyingi to‘qima reaksiyasi bosqichma-bosqich kechishi kuzatildi. Erta muddatlarda implantat atrofida yallig‘lanish va hujayraviy reaksiyalar ustunlik qilgan bo‘lsa, keyingi muddatlarda fibroblastik faollik va kollagen tolalarining shakllanishi kuchayishi qayd etildi. 21-sutkalarda biriktiruvchi to‘qima matriksining shakllanishi faol bosqichga o‘tib, 30-sutkada kollagen tolalarining tartiblanishi va yetuk biriktiruvchi to‘qima karkasining shakllanishi kuzatildi. Turli kelib chiqishga ega ksenotransplantatlar o‘rtasida mazkur jarayonlarning kechish xususiyatlari qiyosiy baholandi. Xulosa. Van Gieson usuli ksenotransplantat implantatsiyasidan keyin atrof to‘qimalarda kollagenogenez va biriktiruvchi to‘qima remodellanishining bosqichlarini aniqlash imkonini beradi. Olingan natijalar turli biologik manbalardan tayyorlangan ksenotransplantatlarning yumshoq to‘qimalar bilan integratsiyalanish xususiyatlarini morfologik jihatdan baholashda muhim ahamiyatga ega.
Библиографические ссылки
Gilbert T.W., Sellaro T.L., Badylak S.F. Decellularization of tissues and organs // Biomaterials. – 2006. – Vol. 27, No. 19. – P. 3675–3683. DOI: 10.1016/j.biomaterials.2006.02.014.
Keane T.J., Swinehart I.T., Badylak S.F. Methods of tissue decellularization used for preparation of biologic scaffolds and in vivo relevance // Methods. – 2015. – Vol. 84. – P. 25–34. DOI: 10.1016/j.ymeth.2015.03.005.
Anderson J.M., Rodriguez A., Chang D.T. Foreign body reaction to biomaterials // Seminars in Immunology. – 2008. – Vol. 20, No. 2. – P. 86–100. DOI: 10.1016/j.smim.2007.11.004.
Badylak S.F., Valentin J.E., Ravindra A.K., McCabe G.P., Stewart-Akers A.M. Macrophage phenotype as a determinant of biologic scaffold remodeling // Tissue Engineering Part A. - 2008. - Vol. 14, No. 11. – P. 1835–1842. DOI: 10.1089/ten.tea.2007.0264.
Brown B.N., Londono R., Tottey S., Zhang L., Kukla K.A., Wolf M.T., Daly K.A., Reing J.E., Badylak S.F. Macrophage phenotype as a predictor of constructive remodeling following the implantation of biologically derived surgical mesh materials // Acta Biomaterialia. – 2012. - Vol. 8, No. 3. – P. 978–987. DOI: 10.1016/j.actbio.2011.11.031.
Valentin J.E., Stewart-Akers A.M., Gilbert T.W., Badylak S.F. Macrophage participation in the degradation and remodeling of extracellular matrix scaffolds // Tissue Engineering Part A. – 2009. DOI: 10.1089/ten.tea.2008.0419.
Valentin J.E., Badylak J.S., McCabe G.P., Badylak S.F. Extracellular matrix bioscaffolds for orthopaedic applications: a comparative histologic study // Journal of Bone and Joint Surgery American Volume. – 2006. – Vol. 88, No. 12. – P. 2673–2686. DOI: 10.2106/JBJS.E.01008.
Gilbert T.W., Stewart-Akers A.M., Badylak S.F. A quantitative method for evaluating the degradation of biologic scaffold materials // Biomaterials. – 2007. – Vol. 28, No. 2. – P. 147–150. DOI: 10.1016/j.biomaterials.2006.08.022.
Dziki J.L., Huleihel L., Scarritt M.E., Badylak S.F. Extracellular matrix bioscaffolds as immunomodulatory biomaterials // Tissue Engineering Part A. – 2017. – Vol. 23, No. 19–20. – P. 1152–1159. DOI: 10.1089/ten.TEA.2016.0538.
Dziki J.L., Wang D.S., Pineda C., Sicari B.M., Rausch T., Badylak S.F. Solubilized extracellular matrix bioscaffolds derived from diverse source tissues differentially influence macrophage phenotype // Journal of Biomedical Materials Research Part A. – 2017. – Vol. 105, No. 1. – P. 138–147. DOI: 10.1002/jbm.a.35894.
Brown B., Lindberg K., Reing J., Stolz D.B., Badylak S.F. The basement membrane component of biologic scaffolds derived from extracellular matrix // Tissue Engineering. – 2006. – Vol. 12, No. 3. – P. 519–526. DOI: 10.1089/ten.2006.12.519.
Gurtner G.C., Werner S., Barrandon Y., Longaker M.T. Wound repair and regeneration // Nature. – 2008. – Vol. 453, No. 7193. – P. 314–321. DOI: 10.1038/nature07039.
Wynn T.A., Ramalingam T.R. Mechanisms of fibrosis: therapeutic translation for fibrotic disease // Nature Medicine. – 2012. – Vol. 18, No. 7. – P. 1028–1040. DOI: 10.1038/nm.2807.
Astanovich A., Alimdjanovich R. J., Abdujamilevich S. A., Bakhriddnovich T. A. The state of periodontal tissues in athletes engaged in cyclic sports // Annals of the Romanian Society for Cell Biology. – 2021. – Vol. 25, No. 1.
Saadh M. J., Jasim N. Y., Ahmed M. H., Ballal S., Kumar A., Atteri S. [et al.]. Critical roles of miR-21 in promotions angiogenesis: friend or foe? // Clinical and Experimental Medicine. – 2025. – Vol. 25, No. 1. – Art. 66.
Witherel C.E., Graney P.L., Freytes D.O., Weingarten M.S., Spiller K.L. Response of human macrophages to wound matrices in vitro // Wound Repair and Regeneration. – 2016. – Vol. 24, No. 3. – P. 514–524. DOI: 10.1111/wrr.12423.