KEKSA YOSHDAGI BEMORLARDA DEPRESSIV BUZILISHLAR BILAN BIRGA KECHUVCHI QON TOMIR GENEZLI PSIXOORGANIK SINDROMNING KLINIK-PSIXOPATOLOGIK XUSUSIYATLARI VA DAVOLASH SAMARADORLIGI DINAMIKASI

##article.authors##

  • KUCHIMOVA Charos Azamatovna
  • OCHILOV Ulugbek Usmanovich

##article.subject##:

psixoorganik sindrom, depressiya, psixopatologik simptomatika, davolash samaradorligi, Hamilton shkalasi.

##article.abstract##

So‘nggi yillarda depressiv buzilishlar psixiatriya va tibbiyotning eng dolzarb ilmiy-amaliy muammolaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bunga ushbu kasalliklarning keng tarqalganligi, surunkali kechishi hamda bemorlarning hayot sifati, ijtimoiy moslashuvi va funksional faolligiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi sabab bo‘lmoqda. Aholi orasida depressiv buzilishlarning uchrash chastotasi o‘rtacha 10–16 % ni tashkil etsa, keksa yoshdagi shaxslarda bu ko‘rsatkich deyarli ikki baravar yuqori ekanligi qayd etilgan. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlar, turmush tarzining o‘zgarishi hamda stress omillarining ortishi keksa yoshdagi insonlarda psixologik moslashuv mexanizmlarining buzilishiga va ruhiy salomatlik muammolarining rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Natijada ushbu yosh guruhida depressiv buzilishlarning tarqalish darajasi ortib bormoqda. Bundan tashqari, psixotravmatik omillar bilan bir qatorda, turli somatik kasalliklarning mavjudligi ham depressiyaning shakllanishi va kechishida muhim o‘rin tutadi. Keksa yoshdagi bemorlarda yurak-qon tomir tizimi kasalliklari ko‘pincha serebrovaskulyar o‘zgarishlar bilan kechadi. Shu sababli miyaning qon aylanishi buzilishlari bilan bog‘liq patologiyalar psixoorganik sindrom rivojlanishining asosiy etiologik omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Bunday bemorlarning 30–50 % yengil kognitiv buzilishlar ham aniqlanib, ular kasallikning klinik manzarasini yanada murakkablashtiradi. Qon tomir genezli psixoorganik sindrom va depressiv buzilishlarning komorbid holatda uchrashi, bir tomondan, har ikkala kasallikning yuqori tarqalganligi, ikkinchi tomondan esa ularning umumiy patogenetik mexanizmlarga ega ekanligi bilan izohlanadi. So‘nggi yillarda ushbu muammo yuzasidan ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilganiga qaramay, qon tomir genezli psixoorganik sindrom bilan kechuvchi depressiv buzilishlarning klinik xususiyatlari, diagnostik mezonlari hamda davolash samaradorligini baholash masalalari hanuzgacha dolzarbligicha qolmoqda. Depressiv buzilishlardan aziyat chekayotgan keksa bemorlarning ijtimoiy moslashuvi, kundalik faoliyati va hayot sifatini yaxshilash zamonaviy psixiatriyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, “hayot sifati” tushunchasi nafaqat somatik tibbiyotda, balki psixiatriya amaliyotida ham bemorning sog‘lig‘i va ruhiy farovonligini kompleks baholash imkonini beruvchi muhim mezon sifatida qaraladi. Hayot sifati konsepsiyasining shakllanishi bir necha bosqichlarda rivojlangan. Dastlab, 1980-yillarda psixologik farovonlikni baholashga mo‘ljallangan maxsus psixometrik shkalalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Keyingi bosqichda esa ushbu tushuncha kengaytirilib, nafaqat ruhiy holat, balki insonning kundalik hayot faoliyati, ijtimoiy moslashuvi, subyektiv qoniqishi va umumiy farovonligini o‘z ichiga oluvchi ko‘p qirrali mezon sifatida talqin qilina boshlandi.

Библиографические ссылки

Katona, C.L.E. Depresson in old age. Katona, C.L.E. Сhichester, Wiley Sons. 2022. 36 (4); 160-166. doi.org/10.1080/09540121.2012.668174.

Neuman, S. Postoperative cognitive dysfunction after noncardiac surgery: a systematic review. S. Neuman, J. Stygall, C. Hurani et al. 2020. 106 (3), 572-590.

Strawbridge, W.J. Physical Activity Reduces the Risk of Subsequent Depression for Older Adults. W.J. Strawbridge, S. Deleger, R.E. Roberts, G.A. Kaplan. 2022. 156 (5). 328-334.

Tegeler, J. Erkennung endogenen Depressionen. J. Tegeler. 2023. 126 (4), 47-51.

Turaev T.M., Kuchimova Ch.A. Clinical significans of anxiety and depressive disorders in patients with metabolic syndrome. Journal of biomedicine and practice, 2024. Vol. 9, No. 2. P.275-278.

Ungvari, G S. Reactive psychosis among elderly people. G. S.Ungvari, P. M. Hantz. 2022. 82(7). 141-144. doi.org/10.1097/QAD.0000000000000697.

Vitaja, R. Posstroke depression and lesion location revisited. / R.

Vitaja, A. LeppaEvuori, T. Pohjasvaara // J. Neuropsychiatr. Clin. Neurosciences. - 2020. - Vol.16. - P. 156-162.

Wong, T.Y. Retinal microvascular abnormalities and their relationship with hypertension, cardiovascular disease, and mortality. T.Y. Wong, R.Klein. 2023. 46 (1). 59-80

Williams, G.H. Assessing patients wellness: new perspectives on

quality of life and compliance /G.H. Williams //AJH. 2021. - Vol.11, №11-12.

- P . 186-190.

.Zerbin-Rudin, E. Genetische Aspekte der endogenen Psychosen. Zerbin-Rudin. 2022. 39 (4); 477- 488. doi.org/10.1080/09540120500213487.

Rizaev J. A., Ashirov Z. F., Toshev S. U., Islamov N. H., Salamova L. A. [et al.]. Medical and organizational measures to improve the provision of medical care in the dermatovenerology profile // International Journal of Current Research and Review. – 2020. – Vol. 12, No. 24. – P. 120–122.

Ризаев Ж. А., Адилова Ш. Т., Пулатов О. А. Обоснование комплексной программы лечебно-профилактической стоматологической помощи населению Республики Узбекистан // Аспирант и соискатель. – 2009. – С. 73–74.

Alimdjanovich J. R., Ibragimovich A. K. Organization of monitoring of the quality of services provided for the prevention and fight against postpartum bleeding in women // Central Asian Journal of Medical and Natural Sciences. – 2021. – Vol. 2, No. 6. – P. 14–21.

Alimjanovich J. R., Agababyan L. R., Kamalov A. I. Prevention and treatment of postpartum hemorrhage // Central Asian Journal of Medical and Natural Sciences. – 2021. – Vol. 2, No. 4. – P. 204–209.

Загрузки

##submissions.published##

2026-11-26