BOLALARDA MEDULLOBLASTOMANI MOLEKULYAR SUBTIPLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA DAVOLASHNING ZAMONAVIY STRATEGIYALARI

##article.authors##

  • POLATOVA Djamilya Shagayratovna
  • XAITOVA Anora Tojimuratovna
  • XOʻJAYEV Shoxrux Qaxxarovich
  • AGZAMXODJAYEVA Dilnoza Anvarovna
  • SALOXIDDINOV Xabibullo Adxamjon oʻgʻli
  • YEVSTIGNEEVA Yekaterina Dmitriyevna

##article.subject##:

medulloblastoma; bolalar; molekulyar subtiplar; nur terapiyasi; kraniospinal nurlantirish; poliximioterapiya; HIT-MED; HIT-SKK; target terapiya

##article.abstract##

Dolzarbligi. Medulloblastoma bolalarda markaziy asab tizimining eng ko‘p uchraydigan xavfli embrional o‘smasi bo‘lib qolmoqda.

Tadqiqot maqsadi. Bolalarda medulloblastomani molekulyar subtiplarini hisobga olgan holda davolashning zamonaviy strategiyalarini tahlil qilish, jarrohlik, nur va dori vositalari bilan davolash samaradorligini baholash, shuningdek, shaxsiylashtirilgan terapiyaning istiqbollarini aniqlash.

Material va usullar. Bolalarda medulloblastomani tashxislash, davolash va molekulyar stratifikatsiyasiga bag‘ishlangan zamonaviy mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlar tahlil qilindi. COG, SJMB, HIT va SIOP-Europe xalqaro kooperativ guruhlari tomonidan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar natijalari ko‘rib chiqildi.

Natijalar. Molekulyar klassifikatsiyaning joriy etilishi standart davolash sxemalaridan xavf darajasiga moslashtirilgan yondashuvga o‘tish imkonini berganligi ko‘rsatildi. Jarrohlik davolash, kraniospinal nurlantirish va poliximioterapiyaning zamonaviy tamoyillari, shuningdek, HIT-MED va HIT-SKK protokollarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritildi. WNT, SHH, Group 3 va Group 4 molekulyar subtiplariga ega bemorlarni davolash yondashuvlari tahlil qilindi. Qulay prognozli bemorlarda terapiyani deeskalatsiya qilish, yuqori xavf guruhidagi bemorlarda davolashni intensivlashtirish hamda SHH-medulloblastomada target preparatlarni qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Xulosa. Medulloblastomani davolashning zamonaviy strategiyasi o‘smaning molekulyar subtipini hisobga olgan holda shaxsiylashtirilgan yondashuvga asoslanadi. Davolashni yanada takomillashtirish yangi prognostik biomarkerlarni ishlab chiqish, xavf darajasiga moslashtirilgan davolash dasturlarini optimallashtirish va molekulyar yo‘naltirilgan davolash usullarini amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq.

Загрузки

##submissions.published##

2026-11-26