O‘TKIR MIYELOID LEYKOZNING PROMIYELOTSITAR BO‘LMAGAN VARIANTLARIDA CD123 EKSPRESSIYASINING JINSGA BOG‘LIQ FARQLARI: BIR MARKAZLI KOGORT TADQIQOT
##article.subject##:
острый миелоидный лейкоз; CD123; IL3RA; половые различия; проточная цитометрия; биомаркер##article.abstract##
Dolzarbligi. CD123 (interleykin-3 retseptorining alfa-zanjiri, IL3RA) o‘tkir miyeloid leykoz (O‘ML) blast hujayralarida ko‘p hollarda ekspressiyalanadi hamda istiqbolli diagnostik, prognostik va terapevtik biomarker sifatida qaraladi. Shu bilan birga, biologik jinsning O‘MLda CD123-pozitivlik ehtimoliga ta’siri yetarlicha o‘rganilmagan.
Maqsad. O‘MLning promiyelotsitar bo‘lmagan variantlarida CD123-pozitivlik uchrash chastotasini baholash hamda uning bemor jinsi bilan bog‘liqligini yosh, monotsitar differensiyalanish va kasallikning klinik holatini hisobga olgan holda aniqlash.
Material va usullar. Bir markazli kuzatuv kohortasining ikkilamchi tahlili amalga oshirildi. Tadqiqotga o‘tkir promiyelotsitar leykoz istisno qilingan holda O‘ML bilan kasallangan 64 nafar bemor kiritildi. CD123 ekspressiyasi laboratoriya xulosasiga muvofiq binar ko‘rsatkich sifatida baholandi. Miqdoriy ma’lumotlar mediana [kvartillar oralig‘i], kategoriyali ma’lumotlar esa n (%) ko‘rinishida taqdim etildi. Mann–Whitney mezoni, Fisherning aniq mezoni, χ² mezoni hamda Firth tuzatishi bilan logistik regressiya qo‘llanildi. Imkoniyatlar nisbati (IN) va 95% ishonch oralig‘i (IO) hisoblandi.
Natijalar. CD123-pozitivlik 64 nafar bemorning 47 nafarida — 73,4% (95% IO 61,5–82,7) aniqlandi. Ayollar orasida CD123-pozitiv fenotip 36/41 holatda (87,8%; 95% IO 74,5–94,7), erkaklarda esa 11/23 holatda (47,8%; 95% IO 29,2–67,0) qayd etildi. Ayol jinsi uchun tuzatilmagan imkoniyatlar nisbati 7,85 ni tashkil etdi (95% IO 2,27–27,22; p=0,00094). Yosh, monotsitar differensiyalanish va kasallikning birlamchi bo‘lmagan klinik holatiga tuzatish kiritilgandan so‘ng ham ushbu bog‘liqlik saqlanib qoldi: IN=8,45 (95% IO 2,15–33,25; p=0,002). CD123-pozitiv bemorlarda periferik qondagi blastlar ulushi yuqoriroq bo‘lib, 45% ni, CD123-negativ bemorlarda esa 10% ni tashkil etdi (p=0,008).
Xulosa. O‘PL istisno qilingan O‘ML bilan kasallangan bemorlarning o‘rganilgan kohortasida ayol jinsi va CD123-pozitivlik o‘rtasida yaqqol mustaqil bog‘liqlik aniqlandi. Olingan natijalar tadqiqot xarakteriga ega bo‘lib, tashqi va prospektiv validatsiya, CD123 ekspressiyasining miqdoriy bahosi hamda O‘MLning molekulyar-genetik profilini hisobga olmasdan bemor jinsidan CD123-pozitivlikning mustaqil klinik prediktori sifatida foydalanish uchun yetarli emas.
Библиографические ссылки
Бобоев К.Т., Эгамова С.К., Латипова Н.Р. Молекулярные биомаркеры при остром миелоидном лейкозе. Вестник врача. 2020;1(3). https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/2048
Абдурахманова Н.Р., Холиков Ф.Ж., Каюмов А.А. Прогностическое значение экспрессии CD123 (IL3RA) у пациентов с острыми лейкозами. Журнал теоретической и клинической медицины. 2026;(1):54-59. https://jtcm.uz/source/St-01-2026/25-st..pdf
Ehninger A., Kramer M., Röllig C., et al. Distribution and levels of cell surface expression of CD33 and CD123 in acute myeloid leukemia. Blood Cancer Journal. 2014;4:e218. doi:10.1038/bcj.2014.39. https://doi.org/10.1038/bcj.2014.39
Bras A.E., de Haas V., van Stigt A., et al. CD123 expression levels in 846 acute leukemia patients based on standardized immunophenotyping. Cytometry Part B: Clinical Cytometry. 2019;96(2):134-142. doi:10.1002/cyto.b.21745. https://doi.org/10.1002/cyto.b.21745
Das N., Gupta R., Gupta S.K., et al. A real-world perspective of CD123 expression in acute leukemia as promising biomarker to predict treatment outcome in B-ALL and AML. Clinical Lymphoma, Myeloma & Leukemia. 2020;20(10):e673-e684. doi:10.1016/j.clml.2020.05.004. https://doi.org/10.1016/j.clml.2020.05.004
Vergez F., Green A.S., Tamburini J., et al. High levels of CD34+CD38low/-CD123+ blasts are predictive of an adverse outcome in acute myeloid leukemia: a GOELAMS study. Haematologica. 2011;96(12):1792-1798. doi:10.3324/haematol.2011.047894. https://doi.org/10.3324/haematol.2011.047894
Aref S., Azmy E., Ibrahim L., Sabry M., Agdar M.E. Prognostic value of CD25/CD123 pattern of expression in acute myeloid leukemia patients with normal cytogenetic. Leukemia Research Reports. 2020;13:100203. doi:10.1016/j.lrr.2020.100203. https://doi.org/10.1016/j.lrr.2020.100203
Ozga M., Nicolet D., Mrózek K., et al. Sex-associated differences in frequencies and prognostic impact of recurrent genetic alterations in adult acute myeloid leukemia (Alliance, AMLCG). Leukemia. 2024;38:45-57. doi:10.1038/s41375-023-02068-8. https://doi.org/10.1038/s41375-023-02068-8
Tettero J.M., Cloos J., Bullinger L. Acute myeloid leukemia: does sex matter? Leukemia. 2024;38(11):2329-2331. doi:10.1038/s41375-024-02435-z. https://doi.org/10.1038/s41375-024-02435-z
Testa U., Pelosi E., Castelli G. CD123 as a therapeutic target in the treatment of hematological malignancies. Cancers. 2019;11(9):1358. doi:10.3390/cancers11091358. https://doi.org/10.3390/cancers11091358
El Achi H., Dupont E., Paul S., Khoury J.D. CD123 as a biomarker in hematolymphoid malignancies: principles of detection and targeted therapies. Cancers. 2020;12(11):3087. doi:10.3390/cancers12113087. https://doi.org/10.3390/cancers12113087
Kayumov A. A, Zokirova M. B. Antioxidant defense gene polymorphisms as molecular genetic predictors of cardiotoxicity in patients with acute leukemia. Genetics and Molecular Research 25 (9s): 2026.
A.A., Kayumov, I.V., Berger, G.Z., Mahamadalieva et al. Cellular Therapy and Transplantation, 2024