OSHIQ-BOLDIR BO’G’IMI KASALLIKLARINI ARTROSKOPIK USULDA DAVOLASH

##article.authors##

  • MAMATKULOV Komiljon Mardankulovich
  • KOBILOV Akmal Uktamovich
  • XOLXUJАEV Farux Ikromovich

##article.subject##:

Oshiq boldir boʼgʼimi artroskopiyasi, oshiq boldir boʼgʼimi artrozi, oshiq suyagi osteoxondropatiyasi.

##article.abstract##

Tadqiqot maqsadi: Oshiq-boldir boʼgʼimining patologiyasini artroskopik davolash natijalarini baholash

Tadqiqot materiallari va usullari: tadqiqot 20 bemorlarini davolash tajribasiga asoslangan (shu jumladan 12 ayollar va 8 yerkaklar), oshiq-boldir boʼgʼimi artroskopiyasi amalga oshirildi. Barcha bemorlar mexnatga layoqatli yoshda edi. Oʼrtacha yosh 38 yil (20 dan 58 yilgacha). Jarrohlik amaliyoti uchun koʼrsatmalar: 4 (20%) bemorlarda oshiq suyagi osteoxondropatiyasi, 5 (25%) bemorlarda osteoartrit bilan suyak impingement borligi, 4 (20%) nafar bemorlarda oldingi yumshoq toʼqimalarining impingement sindromi, 2 (10%) bemorlarda surunkali lateral beqarorlik, 5 (25%) bemorlarda osteoxondral siniqlar.

Tadqiqot natijalari: olingan natijalar oshiq-boldir boʼgʼimi artroskopiyasi aralashuvning yuqori diagnostik ahamiyatini tasdiqladi, bu togʼay toʼqimasini zararlanishining tabiatini hisobga olgan holda davolash jarayonining optimal taktikasini aniqlashga imkon beradi. Funktsional tadqiqot maʼlumotlari jarrohlik amaliyotidan oldin 31.6 balldan bemorning takroriy davolash vaqtida 47.5 ballgacha oshiq-boldir boʼgʼimi funktsiyasining oʼrtacha koʼrsatkichlarida sezilarli yaxshilanishni koʼrsatadi. Operatsiyadan oldingi asosiy shikoyatlar boʼlgan oshiq-boldir boʼgʼimidagi ogʼriqlar yoʼqoldi yoki sezilarli darajada kamaydi, shuningdek, oqsoqlanish yoʼqoldi, bemor yurishi mumkin boʼlgan masofa va boʼgʼimda harakat miqdori oshdi.

Xulosa: Аrtroskopik jarrohlik - kaminvaziv usul boʼlib, ochiq usullar bilan taqqoslaganda, operatsiyadan keyingi davrda reabilitatsiya jarayonini boshlash, statsionar davolanish muddatini qisqartirish, bemorni axvolini tiklashni tezlashtirish imkonini beradi.

Библиографические ссылки

Архипов В., Лычагин А.В. Современные аспекты лечения посттравматического

деформирующего артроза голеностопного сустава. Вести, травматологии и ортопедии. 2000; 4: 64-67.

Маматкулов К.М.,Кобилов А.У. Современный взгляд на лечение патологии голеностопного сустава. Travmatologiya, ortopediya va reabilitatsiya traumatology, orthopaedics and rehabilitation, №2 2021

Barber F.A., Britt B.T., Ratliff H.W., Sutker A.N. Arthroscopic surgery of the ankle. Orthop. Rev. 2017; 17: 446-451.

Carson W.G., Andrews J.R. Arthroscopy of the ankle. Clin Sports Med. 2018; 6: 503-512.

Demaziere A., Ogilvie-Harris D.J. Operative arthroscopy of the ankle. 107 cases. Osteoartic. 2018; 58: 93-97.

Ferkel R.D., Fischer S.P. Progress in ankle arthroscopy. Clin. Orthop. 2017; 240: 210-220.

Hopper M.A., Robinson Ph. Ankle impingement syndromes. Radiol. Clin. N. Am. 2008; 46: 957-971.

Martin D.F., Baker C.L., Curl W.W., Andrews J.R., Robie D.B., Haas A.F. Operative ankle arthroscopy. Long term follow up. Am. J. Sports. Med. 2020; 17: 16-23.

Small N.C. Complications in arthroscopic surgery. Arthroscopy. 2019; 4: 215-221.

Sprague N.F. (2019): Complications in arthroscopy. Raven Press, New York, P. 212-223.

Stoller D.W., Ferkel R.D. Magnetic resonance imaging in orthopedics and sports medicine. Philadelphia, USA, 2017; 1049.

МАМАТКУЛОВ, К. М., ХОЛХУЖАЕВ, Ф. И., Шохимардон, Р. А. Х. М. О. Н. О. В., Дилшод, К. А. Л. А. Н. Д. А. Р. О. В., & АМОНОВ, Г. Т. (2022). TIZZA BO’G’IMINING OLDINGI XOCHSIMON BOG’LAMINI “ALL INSIDE” USULIDA PLASTIKA QILISH. ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ, 7(1).

МАМАТКУЛОВ, Комилжон Мардонкулович, Фарух Икромович ХОЛХУЖАЕВ, and Акмал Уктамович КОБИЛОВ. "АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ АРТРОСКОПИИ ГОЛЕНОСТОПНОГО СУСТАВА." ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ 7.1 (2022

Загрузки

##submissions.published##

2022-12-11