TIRIK QARINDOSHLIK BUYRAK TRANSPLANTASIYASIDA BUYRAK TRANSPLANTATI FAOLIYATINING DONORLIK OMILLARIGA BOG’LIQLIGI
##article.subject##:
buyrak transplantasiyasi, TNF-alfa, NTproBNP, IL-6, O’MP, TMI, SRP##article.abstract##
Tadqiqot maqsadi: buyrak transplantasyasining salbiy natija uchun o'zgartirilishi mumkin bo'lgan va o'zgartirilmaydigan xavf omillarini aniqlash.
Materiallar va uslublar. Tadqiqot materiallari 2010 yildan 2021 yilgacha “Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATM” DM qon-tomir xirurgiyasi va buyrak transplantasiyasi bo'limida kuzatilgan 365 ta qarindoshlik buyrak donorlaridir. Barcha donorlar “Buyrak va (yoki) jigar bo‘lagi hamda gematopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabr, 859-sonli qarori va “Vazirlar Mahkamasining “Qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 23-oktabrdagi 859-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyun, 387-sonli qarori me’zonlariga to’liq javob beradi, shunday bo’lsa-da O’zbekiston Respublikasining hozirgacha o’z standarti yo’q. Barcha donorlar quyidagi guruhlarga bo'lingan: erkaklar, ayollar, shu jumladan tug’magan ayollar, tug'gan ayollar, donor-onalar.
Xulosalar:
- Buyrak transplantatsiyasining optimal donorlari ba'zi hollarda kuchaygan yallig'lanish oldi foni va yuqori darajali o’rta molekulyar peptidlar (O’MP) mavjud bo’lib, bu ularning buyrak filtrlash qobiliyati darajasiga ta'sir qilmaydi va klinik ko'rinishga ega bo’lmaydi.
- Donorlarda IL-6, SRP ning oshishi yosh va TMI bilan bog'liq. Donorning yoshi NTproBNP, SAQB, DAQB, IL-6 va SRP darajalariga ta'sir ko'rsatdi. TNF-alfa yallig'lanish oldi omillar, yosh, TMI, endotoksemiya darajasining pastki chegarasi bilan bog'liq emas.
- Donor-onalarda yuqori darajadagi O’MP2 va TNF-alfa statistik jihatdan ahamiyatga ega.
- 39 yoshdan katta donorning yoshi, donordagi IL-6 5,06 pg/ml dan va TNF-alfa 0,9 pg/ml dan ortiq bo'lishi retsipientda buyrak transplantati funktsiyasining kechikish xavfiga sezilarli ta'siri aniqlandi.
- Transplantat sifatiga donor-onalarning ta'siri mavjud, chunki bu guruhdagi donorlarning kreatininning % kamayishi va TNF-alfa darajasi r=-0.31, p<0.05 oʻrtasida teskari bog’liqlik mavjud, hamda bu donorlarda O’MP2 va TNF-alfa bilan bog’liqlik aniqlandi r=0,42, p=0,03. Ushbu ma'lumotlar donor-onalarning buyrak transplantati natijasi uchun salbiy omil ekanligini tasdiqlaydi..
Библиографические ссылки
Данные Республиканского Информационно-Аналитического центра и Института «Здоровье» МЗ РУз, 2016г.
Баймаханов Б.Б. и соавт. Анализ трансплантаций почек в условиях многопрофильной клинической больницы Алматы// Вестник хирургии Казахстана - 2016г. - № 2. Стр.-31-35.
https://lex.uz/ru/docs/3389851?ONDATE=22.06.2021%2000
https://lex.uz/ru/docs/5465936?ONDATE=22.06.2021%2000#5474518