ENERGETIK ICHIMLIKLAR TA`SIRIDA OSHQOZONDAGI FUNKSIONAL O`ZGARISHLAR VA ULARNING KORREKSIYASI

##article.authors##

  • YUSUPOVA Nargiza Abdikodirovna
  • ORIPOV Firdavs Sur`atovich

##article.subject##:

Immunoferment tahlil, pepsinogen, qon zardobi, kalamush, oshqozon, kunjut yog`i, yog` kislotalari

##article.abstract##

Maqsad: Energetik ichimliklar ta`sirida oshqozondagi o`zgarishlar va ularni kunjut yog`i bilan korreksiylash natijalarini baholash.

Tekshiruv usullari: Tajriba tana vazni 130 ± 20 g bo'lgan 43 ta uch oylik erkak jinsli oq kalamushlarda o'tkazildi. Eksperimental model chaqirish uchun 1- guruh hayvonlariga «Gorilla» energetik ichimligi (EI) plastik zond orqali 4,8,12 hafta davomida intragastral yuborildi. 2- guruh hayvonlariga «Gorilla» energetik ichimligi (EI) plastik zond orqali 4,8,12 hafta davomida intragastral yuborildi va ushbi muddat tugaganidan so`ng kunjut yog`i tajriba hayvonlariga o`zgarishlarni korreksiyalash maqsadida ichirildi. Tajriba hayvonlaridan ajratib olingan zardob namunalari IFA tekshiruvi o`tkazilishigacha muzlatgichda -20 ° C da saqlandi. Zardobdagi pepsinogen I va II, CA-74-2 o'sma markerning - laborator tekshiruvlari Rossiyada ishlab chiqarilgan, maxsus immunoferment analiz (IFA) uchun mo`ljallangan to'plamlari yordamida o`tkazildi.

Olingan natijalar: 4 hafta davomida EI ist`emol qilgan hayvonlarda 100% hollarda PG1, PG2 kamaygan. PG1 ning o`zgarishlari darajasi 3,27-7,83 mkg /l, PG2 ning o`zgarishlari darajasi 1,32-2.7 mkg /l diapazonda kuzatildi. Tahlil shuni ko'rsatdiki, asosiy guruhda, 8 va 12 hafta davomida EI ta'sir qilgan kalamushlarda pepsinogen 1 va 2 konsentrasiyasi sezilarli darajada kamayganligi aniqlandi. 8 hafta davomida EI ist`emol qilgan kalamushlarda 100% qon namunalarida PG1 darajasi pasaygan bo`lib, 3,6-5,3 mkg/lni, PG2 darajasi 1.32-2.15 mkg/lni va 12 hafta ta'sir qilganda hayvonlarning 100% da PG1 referent ko`rsatgichdan pasayganligi aniqlandi va 1,84-4,6 mkg/l, PG2 darajasi 0.79-1,76 mkg/l diapazonni tashkil qildi.

Kunjut yog`i bilan korreksiya qilingan hayvonlarda 4 hafta davomida EI ta`sirida bo`lgan tajriba hayvonlarida PG1 ning darajasi 22% ga, PG2 ning darajasi 14%, PG1/PG2 nisbati esa 5% ga ko`tarilganligi aniqlandi. 8 hafta davomida EI ta`sirida bo`lgan tajriba hayvonlarida esa PG1 ning darajasi 28% ga, PG2 ning darajasi 13 % ga, PG1/PG2 nisbati esa 4% ga ko`tarilganligi aniqlandi. 12 hafata davomida EI ta`sirida bo`lgan tajriba hayvonlarida PG1 ning darajasi 12% ga, PG2 ning darajasi 15% ga, PG1/PG2 nisbati esa 2% ga ko`tarilganligi aniqlandi.

Energetik ichimliklarning o'tkir, o`tkir osti ta`sirida uch oylik yoshdagi kalamushlarda onkomarkerning konsentrasiyasi referent diapazon chegarasidan chiqib ketmadi. Tajriba guruhida EI ning 12 hafta davomidagi ta`sir davrida esa kalamushlar qonidagi CA74-2 konsentrasiyasi laborator tekshiruvida o'zgarishlar mavjud bo`lib, 1 (9 %) xolatda onkologik kasallik oldi belgilari nomoyon bo`ldi va bu ko’rsatkich ko’tarildi.

2- tajriba guruhdagi kalamushlariga belgilangan muddat (4, 8, 12 hafta) davomida EI berilishi tugatilgandan so`ng, kunjut yog`i bilan korreksiya qilingandan so`ng, qondagi oshqozonga tegishli onkogenezni yorituvchi laborator tekshiruvlar natijalarida ijobiy tomonga o`zgarishlar kuzatildi. Ayniqsa bu o`zgarishlar 12 hafta energetik ichimlik iste`mol qilgan hayvonlarda yaqqol kuzatildi.

Xulosa. 1. Energetik ichimliklarda ko'plab tarkibiy qismlar mavjudligi sababli va har bir ingredientning oshqozon uchun nojo'ya ta'siri borligi, iste`mol qilishda davomiyligida ma`lum bir taqiqlarni qo`yish kerakligini ko`rsatadi. Shunday qilib, ushbu tadqiqotda “Gorilla” energetik ichimligi oshqozon shilliq qavatiga zararli ta`sir ko`rsatishi aniqlandi.

2. Kunjut yog`i tarkibiy qismlari ushbu ta'sirlarni sezilarli darajada kamaytirdi. Kunjut yog`ining yallig'lanishga qarshi va antioksidantlik ta`siri EI ning zararli ta'siri natijasidagi o`zgarishlarni sezilarli darajada kamaytirishi, bu yog`ning organizim uchun effektivligini belgilaydi.

Библиографические ссылки

Белковец А.В. и соав. Oпыт неинвазивной диагностики атрофического гастрита в текущей клинической практике. Экспериментальная и клиническая гастроэнтерология// № 4, 2013. С.71-76.

Белковец А.В. и соав. Неинвазивная диагностика фенотипа гастрита в клинической практике: анализ первой тысячи исследований. //Экспериментальная и клиническая гастроэнтерология // выпуск 115 № 3 2015. C. 26-30.

Джураев М.Д., Худайбердиева М.Ш. Роль серологического опухоль-ассоциированного маркера СА-72-4 при ранней диагностике рецидива рака желудка. //Сибирский онкологический журнал. 2009. Приложение № 2. С. 63.

Зайцева А.А., Богданова Т.М. «Онкологические аспекты органов желудочно-кишечного тракта» ФГБОУ ВО «Саратовский государственный медицинский университет имени В. И. Разумовского Минздрава России, [Электронный ресурс] –URL: bogtanmih@mail.ru

Решетников О.В., Курилович С.А., Рагино Ю.И., Молчанова А.Р., Сорокина Н.Н., Кротов С.А., Кротова В. А. Использование иммуноферментного анализа для выявления уровня пепсиногенов в крови. //Гастроэнтерология экспериментальная и клиническая №5/2013, C. 26-30.

Решетников О.В. и соав. Физиологическое и клиническое значение пепсиногенов желудка. // Клиническая медицина. № 3, 2014. C. 26-30.

Ткаченко А.В., Маковкина Д.В. Влияние энергетических напитков на здоровье молодежи. // ISSN 2226-7417, 2017, том 19.

Трофимов Н.С., Кутя С.А., Кривенцов М.А., и соав. Влияние энергетических напитков на здоровье человека. // Крымский журнал экспериментальной и клинической медицины 2019, т. 9, № 3, C. 75-82.

Шалыгин Л.Д., Еганян Р.А. Энергетические напитки - реальная опасность для здоровья детей, подростков, молодежи и взрослого населения. Часть 1. Состав энергетических напитков и влияние на организм их отдельных компонентов. //Профилактическая медицина, 1, 2016 10.17116. С. 56-63.

E.B. Medvedkov, M.E. Kizatova, Almaty Technological University, Kazakhstan EXTRACTION OF OIL FROM SEEDS OF SESAME USING PRESSING WITH PRELIMINARY GENTLE HEAT TREATMENT/ Приволжский научный вестник / № 1 (41)- 2015. P. 39-44.

Mubarak R. Effect of Red Bull energy drink on rats’ submandibular salivary glands (light and electron microscopic study). //American Journal of Science, 2012, 8(1): P.366-372.

Nargiza Yusupova, Oripov Firdavs, Eshqobilova Surayyo. Influence of energy drinks on individual systems of the human body //International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.899 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022/ P. 7176-7184.

Nargiza Yusupova, Oripov Firdavs. Energy drinks. the composition of energy drinks and the effect on the body of their individual components /tjm - Tematics journal of Microbiology ISSN 2277-2952 Vol-6-Issue-1-2022/https://doi.org/10.5281/zenodo.6464588/P. 24-35/

Raeesa A. Mohamed, Aly M. Ahmed, Tahani Ahmad Al-Matrafi, Ali H. AlRoalle, Musaad A. Alfayez, Deema M. Al-Okaiel, Ahmed F. El Fouhil, Muhammad Atteya, Energy drinks induce adverse histopathological changes in gastric and duodenal mucosae of rats //International Journal of Advanced and Applied Sciences, 5(2) 2018, Pages: 81-89.

Rizaev J. A., Khazratov A. I., Iordanishvili A. K. Morphofunctional characteristics of the mucous membrane of the masticatory apparatus in experimental carcinogenesis //Russian Journal of Dentistry. – 2021. – Т. 25. – №. 3. – С. 225-231.

Samloff M.I. // Gastroenterol. 1982. V. 83. P. 204–209.

Sipponen P. // J. Clin. Gastroenterol. 2001. V. 32. P. 196–202.

Satoru T., Akira I., Hiroshi Y., Yuhkoh K. Serum Pepsinogen Levels in Normal and Experimental Peptic ulcer Rats Measured by Radioimmunoassay. // Chem. Pharm. Bull. 35 (4 )1515-1522(1987) / P.1015-1023.

THE SIGNIFICANCE OF CLINICAL-LABORATORY AND INSTRUMENTAL RESEARCH METHODS IN THE DIAGNOSIS OF ECHINOCOCCOSIS/ IN Sabirovna, KL Alikhanovna. Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3 (10), 240-244, 2022.

https://edaplus.info/produce/sesame-oil.html.

Загрузки

##submissions.published##

2023-04-27