TURLI XILDAGI MEXANIK TRAVMALARDA UMURTQA-ORQA MIYA TUZILMALARI JAROHATLANISHLARI XUSUSIYATLARI
##article.subject##:
mexanik travma, umurtqa-orqa miya, jarohatlar##article.abstract##
Tadqiqot maqsadi. Turli xildagi mexanik travmalarda jabrlangan shaxslarda umurtqa-orqa miya tuzilmalari jaroxatlanishlarining shakllanish xususiyatlari va ularning farq-tafovutlarini aniqlash.
Tadqiqot materiallari va usullari. Ishning maqsadi va belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tadqiqotlar quyidagi 3 ta guruhda olib borilganligi yoritilgan: 1–guruh. Balandlikdan yiqilishlar oqibatida qo‘shma jarohatlardan vafot etgan 82 nafar shaxslar jasadlari sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazildi. Vafot etganlar yoshi 16 dan 84 gachani, erkaklar -64 va ayollar -18 nafarni tashkil etdi. 2 - guruh. Harakatlanuvchi avtomobillar bilan to‘qnashuvda halok bo‘lgan 172 nafar piyodalar jasadlari sud-tibbiy tekshiruvi o‘tkazildi. Vafot etganlar orasida 134 nafar erkaklar, 38 nafar ayollarni, yoshlari 16 yoshdan 80 yoshgachani tashkil etdi. 140 ta holatda piyodalar bilan to‘qnashuvlar zamonaviy engil avtomobillar tomonidan, 29 ta holatda-to‘qnashuvlar eski rusumli engil avtomobillar bilan sodir etilgan va 3 ta holatdagi to‘qnashuvda avtomobil turi aniqlanmadi. 3 - guruh. Yo‘l-transport hodisalarida jarohatlanish oqibatida vafot etgan 61 nafar avtomobil haydovchilari jasadlari sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazildi. Ular orasida erkaklar - 60 va ayollar-1 nafarni, yoshi bo‘yicha 20 dan 69 yoshdagilarni tashkil etdi.
Olingan natijalar. Balandlikdan yiqilish holatlarida aniqlandiki, balandlikdan yiqilishda ko‘pincha tananing uch va undan ko‘p qismlari qo‘shma jarohatlanishlari (82 ta holatdan 62 ta holatda) shakllanishi bilan xarakterlanadi. Balandlikdan yiqilish bilan bog‘liq qo‘shaloq jarohatlarning bir qismini umurtqa-orqa miya jarohatlari tashkil etadi va bu tuzilmalar jarohatlari 51.2% hollarda kuzatiladi.
Xulosa: Balandlikdan yiqilishda: bosh, ko‘krak-qorin va qo‘l-oyot tuzilmalari qo‘shaloq jarohatlanishlar ustunlik qiladi. Umurtqa-orqa miya tuzilmalari jaroxatlanishida (51,2%) uning ikki yoki undan ortiq qisimlari zararlanadi, aksariyat xollarda kompression parchalanib sinishlari kuzatiladi. Xarakatlanayotgan avtomabillarning piyodalar bilan to‘qnashuvida: umurtqa-orqa miya tuzilmalarida asosan distraksion xamda rotatsion sinishlar shakllanadi va ular orqa o‘simtalarining zararlanishi bilan kechadi va bunda asosan bo‘yin-ko‘krak xamda qisman bel tuzilmalarida jarohatlanishlar shakillanadi. Haydovchilarda salon ichi travmalarda: umurtqa orqa-miya tuzilmalarida bo‘yin-ensa jarohati, shuningdek bo‘yin-ko‘krak sohalari zararlanishi bilan tavsiflanadi.
Библиографические ссылки
Бахметьев В.И., Бежкинева А.Р. Судебно-медицинская оценка переломов длинных трубчатых костей при падении с высоты. Судебно-медицинская экспертиза. 2019;62(6):32-35. https://doi.org/10.17116/sudmed20196206132
Дубровин И.А., Седых Е.П., Мосоян А.С., Бычков А.А., Ахметова Д.Н. Характер повреждений позвонков у пострадавших в салоне легкового автомобиля при дорожно- транспортном происшествии// Судебно-медицинская экспертиза. – М., 2018. - №1 . – с. 12-15.
Индиаминов С.И., Гамидов С.Ш., Бойманов Ф.Х. Особенности формирования повреждений у пешеходов при их столкновении с движущимися современными легковыми автомобилями //Вестник врача. Самарканд.-2020. – Т. 2. – №. 94. – С. 36-40.
Индиаминов С., Гамидов С., Бойманов Ф. При их столкновении с движущимися современными легковыми автомобилями //Журнал вестник врача. – 2020. – Т. 1. – №. 2. – С. 41-42.
Индиаминов С. И., Исмоилов Р. А., Бойманов Ф. Х. Повреждения грудного и поясничного отделов позвоночника при падениях с высоты //The 6 th International scientific and practical conference―Eurasian scientific congressǁ(June 14-16, 2020) Barca Academy Publishing, Barcelona, Spain. 2020. 612 p. – 2020. – С. 65.
Расулова М. Р., Давронов С. Ф. Устанавление характера и оценка механизма при переломах костей носа //Судебная медицина. – 2019. – Т. 5. – №. S1. – С. 39-39.
Фетисов В.А., Гусаров А.А., Смиренин С.А. Особенности производства комплексных экспертиз при внутрисалонной автомобильной травме// Судебно-медицинская экспертиза. – М., 2016. - №4 . – с. 15-20.
Шевченко К.В., Бородулин Д.В., Необычный случай отчленения нижней конечности при травме в салоне автомобиля. //Судебно-медицинская экспертиза. – 2019- №4. – с. 61-62.
Mortality Patterns in Patients with Multiple Trauma: A Systematic Review of Autopsy Studies / R. Pfeifer, M. Teuben, H. Andruszkow et al. // PLoS One. - 2016. - № 11(2).
Rasulova M. R. Forensic Examination Of Fractures Of The Bones Of The Nose //European Science Review. – 2018. – №. 7-8. – С. 162-164.