AYOLLARDA SEMIZLIK VA REPRODUKTIV DISFUNKSIYADA ASPROSINNING ROLI VA AHAMIYATI
##article.subject##:
asprosin, insulin rezistentlik, semizlik, ishtaha, bepushtlik, TPKS, FBN1##article.abstract##
Dolzarbligi:Semizlik global epidemiyaga aylanib, butun dunyo bo'ylab 600 milliondan ortiq insonni qamrab oldi. JSST ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilda 2,5 milliard odam (18 yosh va undan katta) ortiqcha vaznga ega. Ulardan 890 millioni semizlik bilan yashaydi. 2022 yilda 5 yoshgacha bo'lgan 37 million bola ortiqcha vaznga ega edi. Statistik tadqiqotlarga ko'ra, ayollar erkaklarnikiga qaraganda ortiqcha vazn ortishiga ko'proq moyil bo'lishadi va shuning uchun 2025 yilga kelib, ayollar populyatsiyasi orasida semirish bilan kasallanish 50% gacha ko'tarilishi kutilmoqda. Bu reproduktiv disfunktsiya, chunonchi, bepushtlik, abortlar, erta tug'ilish, o'lik tug'ilish, tug'ma anomaliyalar va operativ tug’ruq xavfining oshishiga olib keladi. Shuning uchun metabolik kasalliklarning fiziologiyasini o'rganish va diagnostikaning yangi usullarini joriy qilish juda muhimdir. Bu borada so’nggi yillarda adipokinlar fiziologiyasiga e’tibor kuchaymoqda. Maqsad: Adipokinlarning, xususan asprosinning kashf qilinish tarixi, kimyoviy tuzilishi, ta'sir mexanizmi, retseptorlarini o’rganish, uning ovqatlanish xulq-atvori, insulin sezuvchanligi, semizlik, diabet bilan bog'liq jihatlarini baholash, asprosin konsentratsiyasining antropometrik ko’rsatgichlar, biokimyoviy tahlillar va instrumental tekshiruvlar bilan o’zaro bog’liqliligini aniqlash. Ayollar reproduktiv tizimi kasalliklardagi ahamiyatini o’rganish. Materiallar va usullar: PubMed, Medscape, Elseveir, ResearchGate, GoogleScholar elektron bazalaridagi asprosin, ayollar reproduktiv tizimi patologiyalari to’g’risidagi ilmiy adabiyotlar. Natijalar: Asprosin retseptorlari tananing turli to’qima va a’zolarida joylashgan bo’lib, gematoensefalik baryerdan o’ta oladi. U TVI(tana vazni indeksi), xolesterol, qondagi glyukoza miqdoriga musbat korrelyatsiyalandi. Asprosin miqdorining ayollar hayz sikliga mos ravishda o’zgarishi va ayollarda uning testosteron konsentratsiyasiga to’g’ri proporsional ortishi ayollar reproduktiv tizimiga ta’sirini ko’rsatadi. Xulosa: semizlik hozirda dunyo bo’yicha global muammoga aylanmoqda. Bu ayniqsa reproduktiv yoshdagi ayollar orasida bepushtlik ko’payishiga sabab bo’lyapti. Bu esa semizlik patofiziologiyasini chuqurroq o’rganish, diagnostika va davolashga doir yangi metodlarni ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Asprosinga doir ko’plab tadqiqotlar qilinib natijalarga erishilganiga qaramay, hali ko’plab mexanizmlar o’rganilmagan va keyingi tadqiqotlarni talab qiladi.
Библиографические ссылки
Салимханов Р.Х. Шарифуллин В.Р., Кушнарева Ю.Р., Каде А.Х., Роль и значение аспросина в регуляции пищевого поведения и метаболизма. [Journal] // Кубанский научный медицинский вестник.. - 2020. - 1 : Vol. 27. - pp. 96-104.
AI. Mazur-Bialy Asprosin-A Fasting-Induced, Glucogenic, and Orexigenic Adipokine as a New Promising Player. Will It Be a New Factor in the Treatment of Obesity, Diabetes, or Infertility? A Review of the Literature. [Journal] // Nutrients.. - 2021 Feb.
Alan M Gurlek B, Yilmaz A, Aksit M, Aslanipour B, Gulhan I, Mehmet C, Taner . Asprosin: a novel peptide hormone related to insulin resistance in women with polycystic ovary syndrome. [Journal] // Gynecol Endocrinol.. - 2019 Mar.
Broughton DE Moley KH. Obesity and female infertility: potential mediators of obesity's impact. [Journal] // Fertil Steril.. - 2017 Apr.
Chase Romere Clemens Duerrschmid, Asprosin, a Fasting-Induced Glucogenic Protein [Journal] // Cell. - 2016, April 21.
Chase Romere Clemens Duerrschmid, Juan Bournat, Petra Constable, Mahim Jain . Author manuscript [Journal] // PMC. - 2017 April 21.
Duerrschmid C He Y, Wang C, Li C, Bournat JC, Romere C, Saha PK, Lee ME, Phillips KJ, Jain M, Jia P, Zhao Z, Farias M, Wu Q, Milewicz DM, Sutton VR, Moore DD, Butte NF, Krashes MJ, Xu Y, Chopra AR. Asprosin is a centrally acting orexigenic hormone. [Journal] // Nat Med.. - 2017 Dec;23. - Vol. 12. - pp. 1444-1453.
Feng B Liu H, Mishra I, Duerrschmid C, Gao P, Xu P, Wang C, He Y. Asprosin promotes feeding through SK channel-dependent activation of AgRP neurons. [Journal] // Sci Adv. 2023. - Feb 22. - 9.
Hu G Si W, Zhang Q, Lv F. Circulating asprosin, irisin, and abdominal obesity in Chinese patients with type 2 diabetes mellitus: a case-control study. [Journal] // Circulating asprosin, irisin, and abdominal obesity in Chinese patients with type 2 diabetes mellitus: a case-control study.. - 2023. - pp. 55-62.
Korek E Krauss H. Novel adipokines: their potential role in the pathogenesis of obesity and metabolic disorders. [Journal] // Postepy Hig Med Dosw. - 2015 Jan. - Vol. II.
Leonard AN Shill AL, Thackray AE, Stensel DJ, Bishop NC. Fasted plasma asprosin concentrations are associated with menstrual cycle phase, oral contraceptive use and training status in healthy women. [Journal] // Eur J Appl Physiol.. - 2021 Mar.
Li X Liao M, Shen R, Zhang L, Hu H, Wu J, Wang X, Qu H, Guo S, Long M, Zheng H. Plasma Asprosin Levels Are Associated with Glucose Metabolism, Lipid, and Sex Hormone Profiles in Females with Metabolic-Related Diseases. [Journal] // Mediators Inflamm.. - 2018 Nov.
Ozturk HA Arici FN. Achilles tendon thickness and serum asprosin level significantly increases in patients with polycystic ovary syndrome. [Journal] // PeerJ.. - 2024 Aug.
Shabir K Brown JE, Afzal I, Gharanei S, Weickert MO, Barber TM, Kyrou I, Randeva HS. Asprosin, a novel pleiotropic adipokine implicated in fasting and obesity-related cardio-metabolic disease: Comprehensive review of preclinical and clinical evidence. [Journal] // Cytokine Growth Factor Rev.. - 2021 Aug;. - pp. 120-132.
Ugur K. Aydin S. Saliva and blood asprosin hormone concentration associated with obesity [Journal] // International journal of endocrinology.. - 2019. - 1.