EKSPERIMENTAL TIROTOKSIKOZLI KALAMUSHLARDA JIGARNING METABOLIK-FUNKTSIONAL HOLATIGA CRAMBE KOTSCHYANA EKSTRAKTINING MODULLASH TA'SIRI
##article.subject##:
экспериментальный тиреотоксикоз, экстракт Сrambe кotschyana, мерказолил, гепатодисфункция##article.abstract##
Qalqonsimon bez va jigar a’zolari ham fiziologik, ham patologik sharoitda murakkab munosabatlarda uchraydi. Tirotoksikozda jigar patologiyasi paydo bo’lishi juda keng tarqalgan (15-79%) va bu sitoliz /yoki xolestaz fermentlarining qon zardobida faolligining oshishi bilan namoyon bo'ladi.
Tadqiqotning maqsadi: eksperimental tirotoksikoz chaqirilgan hayvonlar jigarning metabolik-funktsional holatiga Crambe kotschyana Boiss ekstraktining merkazolil bilan taqqoslagan xolda kiritilishi fonida tasirini o'rganish.
Tadqiqot materiallari va usullari: tajribada levotiroksin natriyni 50 mkg/kg dozada og'iz orqali yuborish natijasida tirotoksikoz chaqirilgan erkak kalamushlar (160-180 g) ishlatilgan. Hayvonlarning qon zardobida erkin triyodtironin, erkin tetrayodtironin va tireotrop gormon darajasi, shuningdek alanin va aspartat aminotransferaza, ishqoriy fosfataza fermentlarining faolligi va oqsilning umumiy miqdori, jigar to'qimalarida glikogen va malon dialdegid miqdori aniqlandi.
Natijalar: eksperimental tirotoksikoz og'ir gepatodisfunktsiya bilan namoyon bo’ldi. Bu AlAT, AsAT va ishqoriy fosfataza fermentlari faolligining sezilarli darajada oshishi, MDA darajasining oshishi, shuningdek, sitoliz, xolestazning rivojlanishi va oksidlovchi stressning kuchayishini aks ettiruvchi glikogen va umumiy oqsil miqdorining pasayishi bilan tasdiqlandi. Bunday sharoitda Crambe kotschyana ekstrakti jigar to'qimalariga yumshoqroq va fiziologik ta'sir ko'rsatdi, oksidlovchi stressning namoyon bo'lishini samaraliroq kamaytirdi va tirotoksikoz tufayli kelib chiqadigan buzilishlarni qisman tuzatishga qaramay, jigarning energiya zaxiralarini yaxshiroq tiklashga yordam berdi va o'ziga xos gepatotoksiklik faollikni ko'rsatdi.
Xulosa: olingan ma'lumotlar shunu ko’rsatadiki tireogenik gipermetabolik yuk ostida jigar tomonidan aniq buzilishlarni paydo bo’ladi va C. kotschyana ekstraktining korreksiyalash faolligi an'anaviy tireostatik merkazolil bilan solishtirish imkonini beradi.
Библиографические ссылки
Abegunde A. O., Adeniyi A. F., Alatise O. I. Methimazole-Induced Agranulocytosis and Cholestasis. // Case Reports in Endocrinology. — 2016. — Article ID 1529817. — DOI: 10.1155/2016/1529817. (https://www.endocrinologydiabetes.org/article/S2376-0605%2820%2930580-0/fulltext)
Bueverov A.O., Bogomolov P.O., Nechayeva O.A., Zilov A.V. Cause-and-effect relationship between thyroid and liver diseases. Meditsinskiy sovet = Medical Council. 2021;(15):88–94. (In Russ.) https://doi.org/10.21518/2079701X-2021-15-88-94.
Galanty, A.; Grudzin´ska, M.; Paz´dziora, W.; Słu˙zały, P.; Pas´ko, P. Do Brassica Vegetables Affect Thyroid Function?—A Comprehensive Systematic Review. Int. J. Mol. Sci. 2024, 25, 3988. https://doi.org/ 10.3390/ijms25073988
LiverTox. Methimazole. — In: LiverTox: Clinical and Research Information on Drug-Induced Liver Injury. National Institute of Diabetes and Digestive and Kidney Diseases. — Bethesda (MD): NCBI Bookshelf, 2023. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK548406.
Назарова Е.А., Тертичная Ю.М., Савина А.А. Перспективы создания лекарственных средств на основе растительного сырья, обладающего тиреотропным действием // Вопросы биологической, медицинской и фармацевтической химии. -2014. -№ 5. -С. 56−58.
Okhunov, I.I., Aripova, S.F., Bobakulov, K.M. et al. Alkaloids and other low-molecular-weight metabolites from Crambe kotschyana. Chem Nat Compd 47, 671–672 (2011). https://doi.org/10.1007/s10600-011-0030-2
Piantanida E., Ippolito S., Gallo D., Masiello E., Premoli P., Cusini C. et al. The interplay between thyroid and liver: implications for clinical practice. J Endocrinol Invest. 2020;43(7):885–899. https://doi.org/10.1007/s40618-020-01208-6.
Сергалиева М.У., Абдулкадырова Э.И., Ясенявская А.Л. Экспериментальные модели патологий щитовидной железы // Астраханский медицинский журнал Том 15, № 1, 2020 .-С.98-106.
Shibl Ramadan Samaha. Acute Exercise Tolerance in Experimentally-Induced Hyperthyroidism in Adult Male Albino Rats.// Al-Azhar Medical Journal 2016 Vol.45 Issue 2, pp.277-286.
Suzuki N., Noh J., Ito K., et al. Antithyroid drug‐induced severe liver injury in new patients with Graves’ disease in Japan. // Thyroid. - 2019. - Vol. 29, No. 3. — P. 403–410. — DOI: 10.1089/thy.2018.0457. (https://www.thyroid.org/patient-thyroid-information/ct-for-patients/february-2020/vol-13-issue-2-p-5-6)
Zeng B., Yuan L., Chu J., Yang Y., Lin S. Challenges in early identification of causes and treatment of cholestasis in patients with hyperthyroidism: a case report and literature review. J Int Med Res. 2019;48(3):300060519891018. https://doi.org/10.1177/0300060519891018.