O’ZBEK MILLATIGA MANSUB VAQTIDAN ILGARI JINSIY YETILISHLI BOLALARNING KLINIK VA GORMONAL MA’LUMOTLARINI BAHOLASH
##article.subject##:
erta jinsiy yetilish, buyrakusti bezi tug’ma giperplaziyasi, Mak-Kyun-Olbrayt sindromi, LG, FSG, estradiol, testosteron##article.abstract##
Ushbu tadqiqot 2016 yildan 2023 yilgacha bo’lgan davrda erta jinsiy rivojlanishli o’zbek bolalarining etiologik omillari, turli shakllar bilan kasallanish darajasi, shuningdek, Klinik va gormonal xususiyatlarini o’rganish uchun o’tkazildi. Materiallar va metodlar: Akademik Y.X.To’raqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi ma’lumotlariga asosida 2016 yildan 2023 yilgacha erta jinsiy rivojlanish tashxisi qo’yilgan 233 nafar bolaning ambulator kartalari ko’rib chiqildi. Natijalar: Bolalarning 219 nafari (94,0%) qizlar, 14 nafari (6,0%) o’g’il bolalardir. Qizlarda erta jinsiy yetilishning eng ko’p uchraydigan sababi erta telarxe (70,8%) va markaziy erta jinsiy yetilish (17,35%) edi. O’g’il bolalarda erta jinsiy yetilishning asosiy etiologik sababi buyrak usti bezi tug’ma giperplaziyasi (50,0%) edi. Xulosa: Erta jinsiy yetilish belgilari bilan murojaat qilgan qizlarda birinchi navbatda izolyatsiyalangan telarxe va markaziy EJY ni izlash kerak, o’g’il bolalarda birinchi navbatda buyrak usti bezi tug’ma giperplaziyasi va organik sababli markaziy EJY ni izlash kerak.
Библиографические ссылки
Brito, V.N.; Spinola-Castro, A.M.; Kochi, C.; Kopacek, C.; Da Silva, P.C.A.; Guerra-Júnior, G. Central precocious puberty: Revisiting the diagnosis and therapeutic management. Arch. Endocrinol. Metab. 2016, 60, 163–172.
Cristina Mucaria, Nina Tyutyusheva, Giampiero I., Baroncelli K et al. Central precocious puberty in girls and boys: similarities and differences. Sexes 2021, 2,119-131.Yawen Zhang рекомендации «Преждевременное половое развитие». Проблемы эндокринологии 2021;67(5):84-103.
Farzaneh R, Shadab S, Fatemeh S. Etiology of precocious puberty, 10 years study in Endocrine Research Center (Firouzgar), Tehran. Iranian Journal of Reproductive Medicine Vol.10. No.1. pp: 1-6, January 2012.
Ghaemi N, Vakili R. The study of precocious puberty in 55 girls referred to Pediatric Endocrine Ward in Mashhad University. Iran J Obstet Gynecol Infertil 2002; 5: 20-29.
Kim SH, Huh K, Won S, Lee KW, Park MJ. A significant increase in the incidence of central precocious puberty among Korean girls from 2004 to 2010. PloS One (2015) 10(11):e0141844.
Moayeri H, Rabbani A. Frequency of different types of precocious puberty, determining the predisposing factor and need to treatment in children, Imam Hospital, 1993-2000. Tehran University Medical Journal 2002; 60: 124-130.
Partsch CJ, Sippell WG. Pathogenesis and epidemiology of precocious puberty. Effects of exogenous oestrogens. Hum Reprod Update 2001; 7: 292-302.
Yawen Z, Jianmin N, Tingting Yu, Xiaoqing Li et al. The prevalence of precocious puberty among children in Qufu city, Shandong province, China, a population based study. Frontiers in Endocrinology, fendo 2022.
В.А.Петеркова, И.Л.Алимова, Е.Б.Башнина и др. Клинические рекомендации «Преждевременное половое развитие». Проблемы эндокринологии 2021;67(5):84-103.