Mualliflar uchun ko'rsatmalar

MAQOLAGA QO’YILGAN TALABLAR: 

- “International Journal of Economics and Accounting Review” jurnaliga maqolalar o‘zbek, ingliz va rus tillarida qabul qilinadi.

- Ilmiy maqola tugallangan ilmiy tadqiqot natijasi bo‘lishi lozim.

- Maqolada so‘nggi yillarda chop etilgan eng yangi ma’lumotlardan, iqtisod va moliya sohasidagi yutuqlar to‘g‘risidagi axborotlardan foydalanilgan bo‘lishi kerak (5 yil).

- Topshirilayotgan maqola hech qayerda chop etilmagan bo‘lishi talab etiladi.

- Maqola bir vaqtning o‘zida boshqa jurnalga ham chop etish uchun topshirilmagan bo‘lishi lozim.

- Maqolaning umumiy hajmi 7-15 varaqdan iborat bo‘lib (Times New Roman, shrift 12, interval 1,15, yuqoridan 2, pastdan 2, chapdan 3, o‘ngdan 1,5 sm), eng ko‘pi bilan 15 varaqgacha qabul qilinadi.

 

1. Sarlavha (Title)              

Sarlavha ixcham, aniq va jurnalning butun o‘quvchilari uchun mazmunli bo‘lishi kerak. Odamlar internetda qidirish paytida uni yanada aniqroq qilishga yordam beradigan asosiy so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Uzun nomlar va nostandart yoki tushunarsiz qisqartmalar yoki belgilarni ishlatishdan saqlaning.

*Agar taqdim etilayotgan maqola o‘zbek va rus tillarida bo‘lsa, maqola sarlavhasi ingliz tilida ham bo‘lishi lozim

 

Sarlavha

2. Mualliflar (Authors)              

Maqolada 1-5 kishidan iborat mualliflar bo‘lishi maqsadga muvofiq. Har bir muallifning ism-familiyasi qisqartirilmagan holatda pasport bo‘yicha yozilgan bo‘lishi kerak. Har bir muallifning ilmiy darajasi, lavozimi, kafedra nomi, tashkilot nomi, elektron pochtasi, ORCID[1] taqdim etishlari so‘raladi. Bosh (korrespondent) muallif «*» belgisi bilan belgilanishi lozim.

Masalan,Behzod Abdullayev1*, Ravshan Amanullayev2, Zulfiya Omonova3

1 PhD, Assistent, Islomshunoslik manbalarini o‘rganish kafedrasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent, O’zbekiston. Pochta: behzod@mail.ru ORCID: 00007218296548

2 DSc, Dotsent, Islomshunoslik manbalarini o‘rganish kafedrasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent, O’zbekiston. Pochta: amanullaev@mail.ru ORCID: 00007296845769

3 Professor, Kafedra mudiri, Islomshunoslik manbalarini o‘rganish kafedrasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent, O’zbekiston. Pochta: zulfiya@gmail.com ORCID: 00007296845769

*Agar taqdim etilayotgan maqola o‘zbek va rus tillarida bo‘lsa, maqola mualliflari to‘g‘risidagi ma’lumotni ingliz tilida ham keltirish lozim. 

Pochta:

ORCID:

bulishi lozim

 

 

 

3. Qisqacha izoh (Abstract, Annotatsiya)

Siz bergan qisqacha izoh o‘quvchilarga maqolangizning qisqacha mazmunini berishi kerak. U sizning maqolangizning mazmunini tavsiflashi va asosiy so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak (ayniqsa, dastlabki ikkita jumla juda muhim). Annotatsiya tushunarli, maqolaning umumiy maqsadi va hajmini ko‘rsatuvchi, foydalanilgan metodologiya, olingan asosiy natijalar va xulosalarni bayon qiluvchi bo‘lishi kerak. Unda aniqlanmagan qisqartmalar bo‘lmasligi kerak va jadvallar, raqamlar, havolalar yoki tenglamalar berilmasligi kerak. Qisqacha izoh 250 so‘zdan oshmasligi (100 dan kam bo‘lmasligi) kerak. Agar sizda 250 so‘zdan ortiq bo‘lsa, maqola qabul qilinmasligi mumkin va sizdan qayta yozishingizni so‘rashimiz mumkin.

*Agar taqdim etilayotgan maqola o‘zbek va rus tillarida bo‘lsa, maqolaga qisqacha izoh (abstract, annotatsiya) ingliz tilida ham bo‘lishi lozim 

Annotatsiya

4. Kalit so‘zlar (Key words)

Maqolani yuborganingizda, sizning ishingizga tegishli ba’zi kalit so‘zlarni taqdim etishingiz so‘raladi. Agar sizning maqolangiz nashrga qabul qilinsa, biz ushbu kalit so‘zlarni nashr etilgan maqolada ko‘rsatib o‘tamiz va ular sizning maqolangizni indekslash uchun foydalaniladi. Kalit so‘zlarni tanlashda, tegishli maqolalarni Internetda qidirishda qanday atamalar ishlatishingizni o‘ylab ko‘ring. Maqola uchun 3-6 ta kalit so‘z bo‘lishi talab etiladi.

*Agar taqdim etilayotgan maqola o‘zbek va rus tillarida bo‘lsa, maqola kalit so‘zlari ingliz tilida ham bo‘lishi shart

Kalit so‘zlar

5. Kirish (Introduction)

Kirish ixcham bo‘lishi va tekshirilayotgan muammoning mohiyatini va uning kelib chiqishini tavsiflashi kerak. Shuningdek, u sizning ishingizni tegishli ma’lumotnomalarga asoslanib, avvalgi tadqiqotlar kontekstida belgilashi kerak. Kirish o‘quvchilarga qulay bo‘lishi uchun maqolada ishlatiladigan juda ixtisoslashgan atamalar va qisqartmalar bo‘yicha kengaytirilishi kerak. Bu qismda sizgacha chop etilgan ilmiy ishlar va ulardagi muammolar haqida yozishingiz kerak.

Kirish

6. Material va Metod (Materials and Methods)

Ushbu bo‘limda tajriba, simulyatsiya, statistik test yoki natijalarni olish uchun o‘tkazilgan tahlillar haqida batafsil ma’lumot berilishi kerak, bundan maqsad siz qo‘llagan metodni boshqa tadqiqotchi takrorlashi va natijalarni takroran ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Metodlar

 

7. Natijalar (Results)

Natijalar qismida sizning tadqiqotingizning asosiy natijalari batafsil bayon etilishi kerak. Bu qismda jadvallar, diagrammalar, rasmlar, gistogrammalar bo‘lishi maqsadga muvofiq. Jadvallar ketma-ket raqamlangan bo‘lishi va matnda raqamlar bo‘yicha ko‘rsatilishi kerak (1-jadval va b.). Har bir jadvalda imkon qadar ixcham sarlavha bo‘lishi kerak.

Natijalar

8. Munozara (Discussion)

Bu qismda natijalarning ahamiyati muhokama qilinishi va tegishli ma’lumotlar yordamida avvalgi ilmiy maqolalar natijalari bilan taqqoslanishi kerak.

Munozara

 

9. Xulosa (Conclusion)

Bu qismda ilmiy tadqiqot natijalari asosida olingan yakuniy xulosalar va foydalar yoziladi. Xulosa aniq bo‘lishi kerak. 1, 2, 3 va h.k. raqamlanib berilishi maqsadga muvofiq.

 

Xulosa

10. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)

Ro‘yxatda tadqiqot jarayonida haqiqatdan ham foydalanilgan adabiyotlar keltirilishi kerak. Maqolalarni chop etishda Scopus bazasiga kiritilgan jurnallar ma’lumotlaridan foydalangan, ushbu jurnallardan iqtibos keltirgan va mos ravishda adabiyotlar ro‘yxatiga kiritgan mualliflar maqolalariga ustuvorlik beriladi. Barcha adabiyotlar alfabit bo‘yicha APA stilida rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

 

[1] https://orcid.org/register  sayti orqali registratsiya qilinadi va muallifga ORCID kod olinadi.