FARG‘ONA VODIYSI “KELIN SALOM” QO‘SHIQLARIDA OBRAZLAR VA ULARNING TAVSIFI

Авторы

  • Z. Kasimova

Аннотация

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining o‘zbek xalqida to‘y nikoh qurish bilan bog‘liq holda uch ko‘rinishda amalga oshirilishi, shuningdek jamoaviy nishonlanadigan to‘y marosimlari jarayonida ijro etiladigan og‘zaki ijod namunalari to‘y marosimlari folklorini tashkil etilishi haqida so‘z yuritiladi. O‘zbek oilaviy maishiy marosim folklorida to‘y bir necha bosqichdan iborat marosimlarni qamrab olishi, to‘ ygacha va to‘y marosimi jarayonidagi folklor qo‘shiqlari badiiyati borasida, so‘ng to‘ydan keyingi marosimlar jarayonida ijro etiladigan marosim qo‘shiqlarining o‘ziga xos badiiy xususiyatlari haqida bayon qilinadi. “Kelin salom” qo‘shiqlari tuzilishiga ko‘ra, salomlarning yo‘llanishi izchilligi bilan o‘zaro bir-biridan farqlanishi, an’naviy “Kelin salom” qo‘shiqlari Farg‘ona vodiysida ham mavjudligi, biroq ba’zi bir variantlarda morfologik jihatdan farqlarining kuzatilishi va “Kelin salom” qo‘shiqlari poetikasi masalalarini o‘rganishda 1. “Kelin salom” qo‘ shiqlari strukturasi. 2. “Kelin salom” qo‘shiqlarida obraz masalalarining tadqiqi ko‘ rsatiladi. Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining to‘ ylari ham sovchi kelishdan boshlanib, kelinni salom soldirish bilan yakunlanishi, nikoh to‘ yi odatda “Yuzochar”, “Kelin salom”, “Joy yig‘ di”, “Chimildiq uzdi” singari marosimlar bilan o‘z nihoyasiga yetishi va sanab o‘tilgan marosimlar ichida o‘zining serjilo badiiy-estetik malohatiga ega bo‘lgan qo‘shiqlari bilan “Kelin salom” marosimi ajralib turishi haqida fikr bildiriladi.

Kalit so‘ zlar: to‘y, marosim, kelin salom, qo‘shiq, nikoh, oila, sovchi, kuyov, obraz, ijro.

Загрузки

Опубликован

2025-06-14