ALISHER NAVOIY ASARLARI SHVETSIYADA

##article.authors##

  • Unal ZAL

##article.subject##:

Gunnar Jarring, Alisher Navoiy, Sharqiy Turkiston, qo‘lyozmalar

##article.abstract##

Shvetsiyaning turk dunyosi bilan munosabatlari XVI asrdan boshlab usmonlilar imperiyasi va qrim-tatarlar bilan o‘rnatgan ko‘p tarmoqli diplomatik aloqalari orqali mustahkamlanib hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Bu kabi aloqalar vaqt o‘tishi bilan Shvetsiyada turkiy tillarga nisbatan muayyan ilmiy munosabatni ham yuzaga keltirdi. Bunday ilmiy munosabat mavjud bo‘lgan eng muhim markazlardan biri Uppsala universiteti, ikkinchisi esa Lund universitetidir.

Avvalo, turkologik tadqiqotlarda muhim o‘rni bo‘lgan Lund universitetida o‘zbek, chig‘atoy va uyg‘ur tilida yozilgan qo‘lyozma asarlardan iborat bir to‘plam topiladi. Katta qismi turkolog Gunnar Jarring, bir qismi esa shvetsiyalik missionerlar tomonidan hadya qilingan, sotilgan yoki universitet kutubxonasi tomonidan sotib olingan bu to‘plamda mumtoz va xalq adabiyoti asarlari, islomiy mavzulardagi qo‘lyozmalar, huquqiy va tarixiy ma’lumotlar, tibbiy kitoblar, tijoratga va tasavvufga oid kitoblar bilan Sharqiy Turkistondagi shved missionerlik faoliyatlari yoritilgan ko‘plab ma’lumotlar uchraydi.

Ushbu maqolada Lund universiteti kutubxonasidagi ana shu to‘plamda mavjud bo‘lgan Alisher Navoiy asarlarining Sharqiy Turkiston hududida uyg‘ur tilida ko‘paytirilgan nusxalari va mundarijalari bilan bularning Shvetsiyaga  keltirilishi masalasi yoritiladi.

Библиографические ссылки

CSATÓ, Éva 2014. Uppsala Üniversitesi’nde Türkoloji Çalışmaları, Bildiriler: Uluslararası Türkçenin Batılı Elçileri Sempozyumu (5-6 Kasım 2012 İstanbul), Ankara: Türk Dil Kurumu.

EHRENSVÄRD, Ulla 1997. Gunnar Jarring En Bibliografi 1988-1997, Stockholm.

JARRİNG, Gunnar 1977. “Sovetskaya Tyurkologiya”, No: 3, Mayıs-Haziran, Baku. (Çev.: Güljanat Kurmangaliyeva Ercilasun, Manas Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi, Türkoloji Özel Sayısı, No: 11-II, 2004).

JARRİNG, Gunnar 1979. Åter till Kashgar, Stockholm, pp. 120-126.

JARRİNG, Gunnar 1991. Prints from Kashghar, Swedish Research Institute in Istanbul, Transactions, vol. 3, Stockholm.

JOHANSON, Lars 2007. Turkiska studier i stormaktstidens Sverige, En resenär i svenska stormaktstidens språklandskap Gustaf Peringer Lillieblad (1651-1710), Uppsala, s. 165-180.

JOHANSON, Lars 2008. Turkiska studier i stormaktstidens Sverige. Csató, Éva Á. & GrenEklund, Gunilla & Sandgren, Folke (editörler) En resenär i svenska stormaktstidens språklandskap: Gustaf Peringer Lillieblad (1651-1710). 165-180.

KARIN Ådahl 2000. “A copy of the Divan of Mir ‘Ali Shir Nava’i of the Late Eighteenth Century in the Lund University Library and the Kashmiri School of Miniature Painting”, Persian Painting from the Mongols to the Qajars: Studies in Honour of Basil W. Robinson, red. Robert Hillenbrand, London, pp. 3-18.

SUBTELNY, M. E, 1993. “Mir ‘Ali Shir Nawa’i”, The Encyclopaedia of Islam, Leiden, pp. 90-93.

TOLL, Christopher; Ehrensvärd, Ulla 1977. Jarring Gunnar, Stockholm.

TÖRNVALL, Gunilla 2011. From Khotan and Kashghar, Gunnar Jarring and the Jarring Collection, Stockholm.

ZAL, Ünal 2014b. Uppsala Üniversitesinde bulunan Türkçe eserler, [Demir, Nurettin; Karakoç, Birsel; Menz, Astrid (editörler)], Türkoloji ve Dilbilim. Éva Á. Csató Armağanı, Hacettepe Üniversitesi Yayınları, Ankara. 479-490.

Загрузки

##submissions.published##

2022-11-21

##issue.issue##

##section.section##

Статьи