ALISHER NAVOIYNING TURKIY DUNYOGA TA’SIRI
##article.subject##:
Navoiy, turkiy dunyo, o‘g‘uzlar, Onado‘lu, Ozarbayjon, g‘azal, nazira, adabiy aloqa, adabiy ta’sir.##article.abstract##
Til geografiyasi nuqtayi nazaridan hozirgi turkiy dunyoni qipchoqchada so‘zlashadigan shimoliy turkiy dunyo va o‘g‘uzchada so‘zlashuvchi janubiy turkiy dunyo deb ikkiga bo‘lish mumkin. Yana til geografiyasi nuqtayi nazaridan janubiy turkiy dunyoni janubi-sharqiy turk dunyosi va janubi-g‘arbiy turk dunyosi deb ikki qismga bo‘lish mumkin. Bunda janubi-sharqiy turk dunyosida o‘zbek va uyg‘urlar, janubi-g‘arbiy turk dunyosida Turkiya turklari va Ozarbayjonliklar bor. Turkiya turkchasi bilan ozarbayjon turkchasi oʻrtasida turkmancha, oʻzbekcha uygʻurcha ham bor. Olimlar janubi-sharqiy turk va janubi-g‘arbiy turkiy tilning til chegarasini Xuroson deb belgilaganlar. Ma’lumki, bu geogrofiyalarda Alisher Navoiyga naziralar yozilgan. Bu maqolada Navoiyning turkiy dunyoga ta’siri haqida to‘xtalib, Onado‘lu shoirlarining va Ozarbayjon shoirlarining Navoiyga yozgan naziralari sarlavhalari ostida shoirlar tomonidan yozilgan she’rlaridan namunalar berilgan. Onado‘lu mintaqasidan Dukakinzoda Ahmad, Kotibiy, Nadim, Rafiiyi Amidiy, Sayyid Burhoniddin Balxiy, Izzat Bey, Mehmed Pertev Bey kabi shoirlarning she’rlaridan; Ozarbayjon mintaqasidan esa Ne’matulloh Kishvariy, Sodiqi Afshar, Muhammad Amoniy, Muhammad Quli Xon, Qavsiyi Tabriziy, Vohid Maxdumiy, Abdullah Beg kabi shoirlarning sheʼrlaridan misollar keltiriladi.
Библиографические ссылки
Abdurrahman Güzel. Hacı Bektaş Veli El Kitabı. – Ankara, 2011.
Eyvazova Roza Hüseyn gızı. Orta Esr Edebî Dil Elagelerinin Kişverî Eserlerinde Tezahürü (Lingvistik tahlil). – Bakı: Elm, 1999.
Kerimov Paşa. Kişverî. Türk Divanı (Avtoqraf nüshası). Azerbaycan Millî Elmler akademiyası Mehemmed Füzulî Adına Elyazmaları Enstitüsü. – Bakı, 2010.
Qavsî-i Tebrîzî. Divan. –Bakı: Nurlan, 2005.
Karaman Bahattin. Vahid Mahdumi. Hayatı, eserleri, edebî kişiliği ve eserlerinin tenkidli metni. Selçuk Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü, Türk Dili ve Edebiyatı Bölümü, Eski Türk Edebiyatı Bilim Dalı. – Konya, 1995, Cilt II.