VESTIBULYAR KASALLIKLARIDA KALORIK SINAMANI DIAGNOSTIK BAHOLASH

##article.authors##

  • Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna

##article.subject##:

vestibulyar buzilishlar, bitermal test, elektronistagmografiya, jamlash testi

##article.abstract##

Maqolada kalorik sinamalardagi nistagmning jamlangan bosilish testi natijalari keltirilgan. Nistagmning intensivligini
(sekinlashgan komponent tezligi birligida) nigoh jamlangan sohalarda va nigohni jamlamagan holda solishtirish asosida jamlangan bosilish indeksi (JBI) hisoblab chiqildi. BT sinamalaridan (24 ta kuzatuv) kamida bittasida kalorik nistagmni to‘liq bosilishi ko‘p uchragan javob variantlaridan bo‘lib topildi. Kalorik nistagmdagi JBIning jiddiy (0,50 dan yuqori) kattaligi kamdan kam (3 nafar kishi) holatda kuzatildi. BT ning barcha 4 ta sinamalarini bajarish paytida nigohning jamlanishini kiritish vestibulyar buzilishlarning qiyosiy tashxisotida qo‘shimcha tekshirish usuli bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Jamlash testining natijalarini boshqa vestibulometrik testlardan olingan ma’lumotlar bilan solishtirish lozim.

Загрузки

##submissions.published##

2025-08-30