HOMILADORLARDAGI QON MENEDJMENTINING XAVF OMILI SIFATIDA TISH KARIESI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

##article.authors##

  • Shukurova Umida Abdurasulovna
  • Sevara Sunnatulloevna Gafforova

##article.subject##:

kariesologiya va parodontologiya, qon menejmenti, karash, homiladorlik

##article.abstract##

Homiladorlik — gormonal fon, modda almashinuvi va qon yaratilish tizimida sezilarli o‘zgarishlar bilan kechadigan fiziologik
jarayondir. Bu davrda ayol organizmiga yuklama ortib, ko‘p hollarda stomatologik salomatlik buzilishi bilan kechadi.
Homiladorlikning asosiy asoratlaridan biri — temir tanqisligi anemiyasi (TTA) bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
ma’lumotlariga ko‘ra, gestatsiya davrida ayollarning 21–80 %ida qayd etiladi. TTA organizmning barcha a’zolari va tizimlariga, jumladan og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Temir tanqisligi sharoitida oqsil va mineral almashinuvi buzilib, emal demineralizatsiyasi, uning patogen mikroflora ta’siriga chidamliligining pasayishi va karies rivojlanishi kuzatiladi.
Homiladorlik davrida qon menejmentini o‘z vaqtida amalga oshirish stomatologik kasalliklarning oldini olishda eng muhim
omillardan biri sifatida qaraladi. 

Загрузки

##submissions.published##

2026-06-08