ALISHER NAVOIY FALSAFASIDA IQTISODIY MASALALARINING GUMANISTIK TALQINI

##article.authors##

  • Norov Toji Omonovich

##article.subject##:

Adliya, iqtisod, soliq, bojxona, bozor, poyabzalchi, savdo, savdogar, xayriya, vaqf, muhtasib(soliq inspektori), tibbiyot, zakot, dehqonchilik

##article.abstract##

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning falsafiy merosida iqtisodiy munosabatlarning insonparvarlik tamoyillari asosida talqin qilinishi tahlil qilingan. Tadqiqotda Navoiyning iqtisodiy qarashlari uning ijtimoiy adolat, inson qadri, xalq farovonligi va davlat boshqaruvi haqidagi fikrlari bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganiladi. Muallif Navoiy iqtisodiy masalalarni mustaqil iqtisodiy nazariya sifatida emas, balki inson manfaatlariga xizmat qiluvchi axloqiy-falsafiy tizimning tarkibiy qismi sifatida talqin qilganligini asoslab beradi. Shu nuqtayi nazardan soliq siyosati, bojxona tizimi, bozor munosabatlari, savdo-sotiq madaniyati, dehqonchilik, mehnat, xayriya va vaqf instituti kabi masalalar tahlil qilingan.

Maqolada mutafakkirning «Mahbub ul-qulub», «Munshaot», «Vaqfiya», «Hayrat ul-abror» va «Saddi Iskandariy» asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalar manbashunoslik va ijtimoiy-falsafiy tahlil usullari asosida o‘rganilgan. Xususan, Navoiyning bozorlarda narx-navo ustidan muntazam nazorat o‘rnatish, soliq yig‘ish jarayonida adolatni ta’minlash, savdogarlar huquqlarini himoya qilish, tashqi savdoni rag‘batlantirish, mansabdor shaxslarning tamagirligi va korrupsiyasiga qarshi kurashish haqidagi fikrlari ochib berilgan. Shuningdek, uning halol mehnat, dehqonchilik va tadbirkorlikka bergan yuqori bahosi iqtisodiy taraqqiyotning ma’naviy asoslari sifatida baholanadi.

Shunungdek, maqolada Navoiyning xayriya va vaqfchilik faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Mutafakkir tomonidan qurdirilgan madrasa, masjid, shifoxona, ko‘prik va boshqa ijtimoiy obyektlar insonparvar iqtisodiy siyosatning amaliy namunasi sifatida tahlil qilingan. «Vaqfiya» asari asosida vaqf mulklarini boshqarish, mablag‘larni taqsimlash, ijtimoiy himoya va ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari o‘rganilgan. Bu esa Navoiyning iqtisodiy adolat va ijtimoiy mas’uliyat haqidagi qarashlari zamonaviy ijtimoiy davlat konsepsiyasi bilan hamohang ekanligini ko‘rsatadi.

Библиографические ссылки

Навоий Алишер. Муншаот. МАТ. 20 жилдлик. -Тошкент: ФАН, 1998. 14 жилд. -188 б.

Навоий. А. Маҳбуб ул-қулуб. МАТ: 20 томлик. 14 т.. Т.: “Фан”, 1998. 34 б.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. –Тошкент: ФАН, 1983. Т.I. –505 б.

Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент, Ўзбекистон Миллий Энциклопедия ДИН. “Вақф” мақоласи. - 79 б.

Ислом (справочник) М.А.Усмонов таҳрири остида. –Тошкент., 1989. -79 б. “Вақф” мақоласи.

Иззат Султон. Навоийнинг қалб дафтари. Т.: Ғ. Ғулом, 1973. 233-239 б.

Ўзбек адабиёти тарихи (IV томлик) II том -Тошкент, 1977. -402-403 б.

Навоий Алишер. Вақфия. МАТ. (20 томлик) -Тошкент, 1998 14 том -Б. 255-256.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Диний-маърифий соҳа фаолиятини тубдан такомиллаштириш” Тўғрисида 2018 йил 16 апрелдаги ПФ-5416-сон Фармони. https://lex.uz/docs/3686277

“Вақф” хайрия жамоат фонди ташкил қилинди http://www.vaqf.uz/uz

http://muslim.uz/index.php/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/7487-va-f-khajriya-zhamoat-fondi-tashkil-ilindi

Алишер Навоий. МАТ: 20 томлик. 11 т. Садди Искандарий . Т.: “Фан”, 1993. 106 б.

Сирожиддинов.Ш. Алишер Навоий: манбаларнинг қиёсий-типологик, текстологик таҳлили. Тошкент: Akademnashr, 2011. -326 б.

Бобур Захириддин Муҳаммад. Бобурнома. –Тошкент: Юлдузча, 1989.

Загрузки

##submissions.published##

2026-06-29