O‘ZBEK TILINI INGLIZZABONLARGA O‘QITISHDA DARAJALARARO GRAMMATIK MINIMUMLARNI BELGILASH ASOSLARI
##article.subject##:
Darajalararo grammatik minimum, kompetentlik, kommunikativ yondashuv, funksional-semantik yondashuv, qiyosiy-lingvistik tahlil, til interferensiyasi, lingvodidaktika, CEFR darajalari##article.abstract##
Mazkur maqola inglizzabon o‘quvchilarga o‘zbek tilini o‘qitishda darajalararo grammatik minimumlarni belgilashning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani hamda o‘quvchilarning grammatik kompetensiyasini CEFR xalqaro darajalariga muvofiq bosqichma-bosqich shakllantirishni ta’minlaydigan samarali metodik modellarni yaratish zarurati bilan belgilanadi. Chet tillarni o‘qitish sohasida lingvodidaktik tadqiqotlar jadal rivojlanayotgan bo‘lsa-da, o‘zbek tili grammatik materialini darajalar bo‘yicha ilmiy asosda saralash va taqsimlash masalasi yetarlicha ishlab chiqilmagan.
Maqolada inglizzabon o‘quvchilar tomonidan o‘zbek tili grammatikasini o‘zlashtirishga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Muallif tomonidan grammatik materialni tanlashda funksional-semantik yondashuvning ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada A1 darajasidagi asosiy kommunikativ vositalardan tortib, B2–C1 darajalaridagi murakkab sintaktik va pragmatik konstruksiyalargacha bo‘lgan grammatik materialni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish modeli taklif etilgan.
Библиографические ссылки
Richards J. C., Rodgers T. S. Approaches and Methods in Language Teaching. – Cambridge: Cambridge University Press, 2001. – 270 p.
Swan M. Practical English Usage. – Oxford: Oxford University Press, 2005. – 658 p.
Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment (CEFR). – Cambridge: Cambridge University Press, 2001. – 203 p.
Jalolov J. Chet tilini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 432 b.
Richards J. C., Rodgers T. S. Approaches and Methods in Language Teaching. – Cambridge: Cambridge University Press, 2001. – 270 p.
Swan M. Practical English Usage. – Oxford: Oxford University Press, 2005. – 658 p.
Biber D., Johansson S., Leech G., Conrad S., Finegan E. Longman Grammar of Spoken and Written English. – London: Pearson Education, 1999. – 1204 p.