FARG’ONA VILOYATI AHOLISI ORASIDA “O‘RTA YER DENGIZI PARXEZI”NI QO‘LLASH ORQALI SURUNKALI PANKREATIT XURUJLARI PROFILAKTIKASINI OPTIMALLASHTIRISH
##article.subject##:
rta еr dengizi parxezi, surunkali pankreatit, Farg‘ona viloyati, yallig‘lanishga qarshi parxez, profilaktika, metabolik sindrom, sog‘lom ovqatlanish##article.abstract##
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyati aholisi orasida surunkali pankreatit xurujlarining oldini olishda “O‘rta еr dengizi parxez”ining ahamiyati va samaradorligini baholashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot natijalari yoritiladi. Surunkali pankreatit kasalligi bugungi kunda me’da osti bezining funksional еtishmovchiligi, metabolik buzilishlar va hayot sifatining pasayishiga olib keluvchi dolzarb surunkali kasalliklardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda O‘rta еr dengizi parxeziga xos bo‘lgan ozuqaviy moddalarning (polinenashtirilgan yog‘ kislotalari, antioksidantlar, tolali mahsulotlar, o‘simlikka boy ratsion) pankreatik yallig‘lanish jarayonlariga metabolik, immun va antioksidant ta’siri ilmiy asosda tahlil qilindi. Parxezni tizimli ravishda qo‘llagan guruhda xuruj chastotasining pasayishi, yallig‘lanish markerlarining kamayishi va umumiy klinik ko‘rsatkichlarning ijobiy dinamikasi kuzatildi. Olingan natijalar “O‘rta еr dengizi parxez”ini surunkali pankreatit xurujlarini profilaktika qilishda samarali, xavfsiz va ekologik toza yondashuv sifatida tavsiya etish imkonini beradi. Ushbu yondashuv Farg‘ona viloyati aholisi o‘rtasida kasallikning tarqalishini kamaytirish, profilaktik sog‘lomlashtirish choralarini optimallashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Библиографические ссылки
Чехонина Ю. Г. Оценка пищевого статуса и разработка диетотерапии при хроническом панкреатите с внешнесекреторной недостаточностью поджелудочной железы: дис. … канд. мед. наук. Москва, Научно-исследовательский институт питания РАМН, 2007.
Загидуллина Э. Р. Средиземноморская диета: современное видение и перспективы: статья // Журнал «Диетология и нутрициология». 2025.
Уразова О. И. Нутритивная поддержка при хроническом панкреатите: статья // Журнал «Клиническая гастроэнтерология». - 2023.
Гончарова Н. А. Социально-демографическая и клиническая характеристика больных хроническим панкреатитом в Московской области: дис. … канд. мед. наук. Москва, 2019.
Manach C., Williamson G., Morand C., Scalbert A., Rémésy C. Bioavailability and bioefficacy of polyphenols in humans // Am. J. Clin. Nutr. – 2017. – Vol. 81(1). – P. 230–242.
Martínez-González M.A., et al. Benefits of the Mediterranean diet: insights from the PREDIMED study // Prog. Cardiovasc. Dis. – 2014. – Vol. 56(5). – P. 397–405.