SURUNKALI BUYRAK KASALLIGI BILAN BOG‘LIQ PREECLAMPSIYA BO‘LGAN HOMILADOR AYOLLARDA QON KO‘RSATKICHLARINING KLINIK-BIOKIMYOVIY TAVSIFI
##article.subject##:
homiladorlik, preeklampsiya, surunkali buyrak kasalligi, qonning bioximik ko‘rsatkichlari##article.abstract##
Maqsad: Surunkali buyrak kasalligi (SBK) fonida preeklampsiya bilan og‘rigan homilador ayollarda qonning bioximik va kislota-asos ko‘rsatkichlarini o‘rganish, poliorgan yetishmovchiligi darajasini baholash va individual terapiyani tanlash. Usullar: 93 homilador ayol tekshirildi: 41 nafari SBK bilan (asosiy guruh) va 52 nafari SBK bo‘lmagan (solishtirish guruhi). Ularning qon biokimyoviy tahlili, oqsil spektri, albumin, kislota-asos muvozanati holati va qonning gaz tarkibi baholandi. Natijalar: SBK mavjud ayollarda lipid almashinuvi buzilishi kuchli, kreatinin, mochevina, xolesterin va LDG darajasi yuqori. Umumiy oqsil va albumin miqdori pasaygan, γ-globulinlar oshgan va albumin-globulin nisbati buzilgan. Albuminning funksional faoliyati pasaygan, toksiklik indeksi oshgan. Qonning gaz tarkibi metabolik atsidoz va respirator alkaloz belgilarini ko‘rsatdi, kislorod tashuvchanlik kamaygan va chuqur gipoksiya aniqlanadi.
Библиографические ссылки
World Health Organization (WHO). Maternal mortality. Fact sheet No. 348. Geneva; 2012.
Sibai B.M. Diagnosis and management of gestational hypertension and preeclampsia // Obstetrics & Gynecology. — 2003. — Vol. 102(1). — P. 181–192.
Karumanchi S.A., Maynard S.E., Stillman I.E. Preeclampsia: a renal perspective // Kidney International. — 2005. — Vol. 67(6). — P. 2101–2113.
Piccoli G.B., Cabiddu G., Castellino S. et al. Pregnancy in chronic kidney disease: questions and answers in a changing panorama // Best Practice & Research Clinical Obstetrics & Gynaecology. — 2015. — Vol. 29(5). — P. 625–642.
Hladunewich M.A., Lafayette R.A., Derby G.C. Chronic kidney disease and pregnancy outcomes // American Journal of Kidney Diseases. — 2011. — Vol. 58(2). — P. 218–226.
Alladin A.A., Harrison M.J. Preeclampsia: systemic endothelial damage leading to increased activation of the blood coagulation cascade // Biotechnology Research. — 2012. — № 4. — P. 26–43.