IKKILAMCHI BEPUSHTLIK BILAN AYOLLARNIOLIB BORISHDA ENDOVIZUAL TADQIQOT USULLARNING IMKONIYATLARI
##article.subject##:
gisteroskopiya, laparoskopiya, ikkilamchi bepushtlik##article.abstract##
Bepushtlik deb kamida bir yil davomida muntazam himoyalanmagan jinsiy hayotga ega bo'lgan ayollarda homiladorlikning kuzatilmasligiga aytiladi. Hozirgi kunda bepushtlik nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy muammodir. Adabiyotlardagi ma’lumotlarga ko'ra, bepushtlik ayollarning ginekologik yordam so'rashining uchinchi eng keng tarqalgan sababi bo'lib, butun dunyo bo'ylab 186 million kishi bu kassallikdan aziyat chekadi. Turli mualliflarning ma’lumotlariga ko'ra, er-xotinlarning 10-15 foizi bepushtlikdan aziyat chekmoqda, ularning 40-45 foizi ayol omiliga bog'liq. Shu bilan birga, ayollarda eng ko'p uchraydigan sabablar bu – nay-peritoneal (40-50%), ovulyatsiya buzilishi (30-40%) va bachadon omillari (15-20%). Tadqiqot maqsadi: Ikkilamchi bepushtlik bilan kasallangan ayollarni olib borishda endovizual tashxislash va davolash usullarining o’rnini baholash. Tadqiqot materiali va usullari. tadqiqotda ikkilamchi bepushtlik bilan kasallangan 35 ayolning tekshirish va davolash natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalari: 35 nafar ayoldan 19 nafarida (54,3%) normal gisteroskopik tasvir aniqlandi. Ularga simultan ravishda xromopertubatsiya bilan diagnostic laparoskopiya amaliyoti o’tkazildi. Biz o‘rgangan 35 nafar ayolning 16 tasida (45,7%) diagnostik gisteroskopiya davomida bachadon bo‘shlig‘ining yot jismi, bachadon ichi sinexiyasi, endometrial poliplar, bachadon submukoz miomasi, istmotsele (bachadon nishasi) kabi patologiyalar aniqlandi. 19 nafar diafnostik laparoskopiya o’tkazgan bemorlarimizda biz 32% holatlarda endometrioz (chanoq bo’shlig’i bitishmalari), 26% holatlarda periadneksal bitishmalar va 42% holatlarda esa peritubar bitishmalarni aniqladik. Aytib o’tilgan barcha ayollarga biz simultan ravishda adgesiolisis – bitishmalarni ajratish amaliyotini bajardik. Xulosa: Shunday qilib, bugungi kunda bepushtlikni tashxislash uchun tavsiya etilgan gisterosalpingografiya va ultratovush tekshiruvi kabi standart usullar, har doim ham to’liq ma'lumot bera olmaydi. Gistero-laparoskopiya bepushtlikni tashxislashning eng maqbul usuli hisoblanadi. Ayniqsa bu usullar “kichik turdagi” zararlanishlar deb atalmish endometrial poliplar, bachadon ichi bitishmalari va boshqalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, ushbu usulning katta afzalligi – natijalarni o’z ko’zi bilan ko’rib baholash bilan bir vaqtda davolashni o’tkazish imkoniyatini berishidir.
Библиографические ссылки
Deshpande, P.S.; Gupta, A.S. Causes and Prevalence of Factors Causing Infertility in a Public Health Facility. J. Hum. Reprod. Sci. 2019, 12, 287–293.
Hysterolaparoscopy: A Gold Standard for Diagnosing and Treating Infertility and Benign Uterine Pathology Valentin Varlas,Yassin Rhazi,Eliza Clo?ea,Roxana Georgiana Bor?,Radu Mihail Mirica,Nicolae Bacalba?a Journal of Clinical Medicine. 2021; 10(16): 3749.
Inhorn, M.C.; Patrizio, P. Infertility around the Globe: New Thinking on Gender, Reproductive Technologies and Global Movements in the 21st Century. Hum. Reprod. Update 2015, 21, 411–426.
Jain, K. Role of Laporoscopy-Hysteroscopy in Cases of Infertility with Pregnancy Outcome. J. Indian Med. Assoc. 2014, 112, 85–86, 88. [Google Scholar]
Mahran, A.; Abdelraheim, A.R.; Eissa, A.; Gadelrab, M. Does Laparoscopy Still Has a Role in Modern Fertility Practice? Int. J. Reprod. Biomed. 2017, 15, 787–794. [Google Scholar] [CrossRef][Green Version]
Mehta, A.V., Modi, A.P., Raval, B.M., Munshi, S.P., Patel, S.B. and Dedharotiya, S.M. (2016) 'Role of diagnostic hysterolaparoscopy in the evaluation of infertility', International Journal of Reproduction, Contraception, Obstetrics and Gynecology, 5(2), 437+
Metwally, M.; Raybould, G.; Cheong, Y.C.; Horne, A.W. Surgical Treatment of Fibroids for Subfertility. Cochrane Database Syst. Rev. 2020, 1, CD003857
Mohapatra P. HL scopy in management of infertility. Int. J. Pharm. Sci. Rev. Res. 2015;32:302-305.
Neerja, Jain K. Role of laporoscopy-hysteroscopy in cases of infertility with pregnancy outcome. Journal of the Indian Medical Association. 2014 Feb;112(2):85-6, 88. PMID: 25935960.
Phillips. Comparison of uterine and tubal pathology identified by transvaginal sonography, hysterosalpingography, and hysteroscopy in female patients with infertility. Fertility Research and Practice. 2015;1:20-25
Portela Carvalho A, Meireles I, Oliveira C, Nunes C. Infertility: an out-of-the-box cause of postmenopausal endometrial thickening. BMJ Case Rep. 2018 Apr 13;2018:bcr2018224533. doi: 10.1136/bcr-2018-224533. PMID: 29654107; PMCID: PMC5905799.
Ravikanth, G.O.; Sullia, D.K. Role of Diagnostic Hysterolaparoscopy in Female Infertility: A Retrospective Study. J. Med. Sci. Clin. Res. 2019, 7, 2450–2455. [Google Scholar] [CrossRef]
Roy KK, Metta S, Kansal Y, Kumar S, Singhal S, Vanamail P. A prospective randomized study comparing unipolar versus bipolar hysteroscopic myomectomy in infertile women. Journal of Human Reproductive Sciences 2017;10(3):185‐93.
Ugboaja, J.; Oguejiofor, C.; Ogelle, O. Hysterolaparoscopy (Pan-Endoscopy) in the Management of Female Infertility in Nigeria: A Report of 230 Cases. Niger. J. Gen. Pract. 2020, 18, 53. [Google Scholar] [CrossRef]
Vaid K. Pan endoscopic approach hysterolaparoscopy as an initial procedure in selected infertile women. J Clin Diagn Res: 2014;8:95-8.
van der Voet LF, Bij de Vaate AM, Veersema S, Brölmann HA, Huirne JA. Long-term complications of caesarean section. The niche in the scar: a prospective cohort study on niche prevalence and its relation to abnormal uterine bleeding. BJOG. 2014;121(2):236–244. doi: 10.1111/1471-0528.12542.
Vervoort A, Vissers J, Hehenkamp W, Brölmann H, Huirne J. The effect of laparoscopic resection of large niches in the uterine caesarean scar on symptoms, ultrasound findings and quality of life: a prospective cohort study. BJOG. 2018;125(3):317–325. doi: 10.1111/1471-0528.14822.
Vervoort AJ, Uittenbogaard LB, Hehenkamp WJ, Brölmann HA, Mol BW, Huirne JA. Why do niches develop in Caesarean uterine scars? Hypotheses on the aetiology of niche development. Hum Reprod. 2015;30(12):2695–2702.
Wadadekar, G.S.; Inamdar, D.B.; Nimbargi, V.R. Role of Hysterolaparoscopy in Management of Infertility a Retrospective Clinical Analysis. Int. J. Reprod. Contracept. Obstet. Gynecol. 2020, 9, 4437. [Google Scholar] [CrossRef]).
Wadhwa L, Rani P, Bhatia P. Comparative Prospective Study of Hysterosalpingography and Hysteroscopy in Infertile Women. J Hum Reprod Sci. 2017;10(2):73-78. doi:10.4103/ jhrs.JHRS_123_16
Zhang, H.; He, X.; Tian, W.; Song, X.; Zhang, H. Hysteroscopic Resection of Endometrial Polyps and Assisted Reproductive Technology Pregnancy Outcomes Compared with No Treatment: A Systematic Review. J. Minim. Invasive Gynecol. 2019, 26, 618–627. [Google Scholar] [CrossRef] [PubMed].