O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA HADISLARDAN FOYDALANISH AN’ANASI
##article.subject##:
islom dini, ummat, musulmon, janr, termin, Sharq, mumtoz, arba’in, hadis, an’ana, turk.##article.abstract##
Mazkur maqolada arba’in tuzish an’anasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda “arba’in” so‘zining lug‘aviy va istilohiy ma’nolari keltirilgan. Arba’in janrining islomiy adabiyot va ma’naviy-ma’rifiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni yoritilib, uning hadis ilmi bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, mumtoz Sharq adabiyotida hadis va hadis mazmunlaridan foydalanish an’anasi ayniqsa, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy hamda Muhammad Fuzuliy asarlari misolida hadislarning badiiy talqini va arba’in yaratishdagi o‘ziga xos yondashuvlar o‘rganiladi. Ularning asarlarida hadislarning ma’naviy-axloqiy mazmunni ifodalashdagi o‘rni, badiiy mahorati tahlil etiladi. Bundan tashqari, Usmonli turk olimlari Mahmed Emre va Hasan Husnu Ardam tadqiqotlari asosida arba’in turkumiga mansub asarlar soni, ularning mualliflari hamda janrning turli davrlardagi taraqqiyot xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Tadqiqot natijalari arba’in an’anasining Sharq adabiyoti va islomiy ma’rifat tarixidagi muhim o‘rnini yoritishga, shuningdek, mumtoz adabiy merosni yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, tadqiqotda zamonaviy davrda yaratilgan arba’in namunalari berilgan. Alisher Navoiyning “Arba’in” asari hamda Abdulla Oripov yaratgan zamonaviy arba’in namunasi qiyosiy tahlil qilinib, har ikki asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari arba’in janrining tarixiy taraqqiyoti, uning mumtoz va zamonaviy adabiyotdagi davomiyligi hamda ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
Пулатова М. Шарқ мумтоз адабиётида «Арбаъин» ёзиш анъаналари (Жомий, Навоий ва Фузулий асарлари мисолида). Филол. фан. бўйича фал. док. (PhD) диссертация автореферати. – Тошкент, 2020. – 13 б.
Жўшон, М.А. 2012. “Қирқ ҳадис” анъанаси. Буюклар туҳфаси (таржимон А.Ҳайитов). Тошкент: Muharrir.
Dehqonov. A. Arba’innavislik an’anasi va Muhayyir adabiy faoliyati. Oltin bitiglar, 2020. – B. 22.
Raimova S. “Mumtoz “Arba’in”larning zamonaviy she’riyatga ta’siri va intertekstuallik”. Modern science and research, 2024. – B. 4.
Raimova S. “Mumtoz “Arba’in”larning zamonaviy she’riyatga ta’siri va intertekstuallik”. Modern science and research, 2024. – B. 3.
Mamatqulova N. Alisher Navoiyning “Arba’in” asariga qisqacha sharh – Scientific progress, 2021. – B. 9.
Jabborov N. Uyqulik baxtning uyg‘onishi.