PRETSEDENT NOMLAR TADQIQI YUZASIDAN MULOHAZALAR

##article.authors##

  • Saydaliyeva Muxlisaxon Baxtiyor qizi

##article.subject##:

intertekstuallik, pretsedent birlik, pretsedent nom, milliy pretsedent nom, universal pretsedent nom, antroponim, etalon

##article.abstract##

Insoniyat taraqqiyotining bugungi qiyofasi, globallashuv tamoyillari asosida jadallik bilan umumiy, universal xususiyatlar kasb etib borayotgan zamonamizda o‘zligini saqlab qolish, milliy qadriyatlarning ahamiyati, milliy-madaniy boyliklarning asl qiymatini bugun har bir millat to‘laligicha anglab yetdi. Til milliy lingvomadaniy jamiyat taraqqiyotini o‘zida aks ettiruvchi ko‘zgu sifatida hamisha olimlar diqqat markazida bo‘lib kelgan. Milliy o‘zlikni anglash va uni saqlab qolishga intilish harakatlari zamirida tilga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi, aniqrog‘i, til tadqiqiga oid izlanishlar yangi rakursga ko‘tarildi. Til o‘zida jamiyatdagi voqelikni aks ettirishi bilan bir qatorda, bevosita uning ta’sirida o‘zgarishlarga ham uchrab boradi. Ma’lum millatga xos xarakterni, uning mental qiyofasini aks ettirish barobarida u ba’zi manbalar bilan boyib borsa, ba’zi yo‘qotishlarga ham yo‘liqadi. Aksariyat hollarda kishilar muloqot chog‘ida fikrni ifodalash, uning ta’sirchanligini oshirish yoki retsipiyent diqqatini ayni bir hodisa-jarayonga jalb etish maqsadida keng ommaga ma’lum jumla, vaziyat yoki shaxslarga turli ishoralar bilan murojaat qiladilar.  Tillardagi bu jarayon o‘zida bevosita millatning mental qiyofasini aks ettiruvchi jihatlarni namoyon etadi. Intertekstuallik va pretsedent birliklar nazariyasi ham ana shunday qarashlar zamirida shakllandi. Tilshunoslarning pretsedent birliklarga, xususan, pretsedent nomlarga katta qiziqish bilan qarashi turli til vakillarining muloqoti natijasida sodir bo‘luvchi lingvomadaniy jarayonlar bilan izohlanadi. Shu sababli ham pretsedent birliklar tadqiqiga bag‘ishlangan tadqiqotlar soni ortib bormoqda. O‘zbek badiiy publitsistiksida pretsedent birliklar, xususan, pretsedent nomlar tadqiqi masalasi ham ularning matn yaratishda nimalarga xizmat qilishini tahlil qilish, bugungi kun o‘zbek lingvomadaniy jamiyat vakillari uchun qaysi atoqli otlar mashhurligini aniqlash kabi qator masalalar o‘zbek tilshunoslik fanining muhim vazifalaridandir.

Библиографические ссылки

Aрбузова В.Ю. Прецеденнось в русском языке как лингвисический и кульурный феномен (на маериале научных эписолярных ексов) Автореф. дис. … канд. филол. наук. – Елец: Липецкий гос. пед. ун-т, 2007. – 24.

O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi / Nashr uchun mas’ul R.A. Muhitdinov va boshq.; mas’ul muharrir N. Toychiyev. – T., Adolat, 2009. – 704 b.

Анданиязова Д. Ономастик бирликларнинг лингвопоэтик тадқиқи. – Тошкент: “Turon zamin ziyo”. 2016. – 208 б.

Бегматов Э.А. Ўзбек тили антропонимикаси. – Тошкент: Фан, 2013. – Б. 11–15.

Бегматов Э. Антропонимлар – антропоцентрик тадқиқ объекти // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2013. – № 3. – Б. 35-39.

Бегматов Э.А. Исмларнинг сирли олами. – Тошкент: Ўзбекистон, 2013. – 176 б.

Д.Б.Гудков. Прецедентное имя и проблемы прецедентности. Изд. 2-е, стереотип. – М.: Ленанд, 2020. – 152 с.

Джанаева В.В. Лингвокогнитивные основы коммуникации: инокультурные прецедентные феномены. Автореф. дис. … канд. филол. наук. – Владикавказ: Кабардино-Балкарского гос. ун-т им. Х.М.Бербекова, 2008. – 22.

Захаренко И.В., Красных В.В., Гудков Д.Б., Багаева Д.В. Прецедентное имя и прецедентное высказывание как символы прецедентных феноменов / Язык, сознание, коммуникация: Сб. статей / Ред. В.В.Красных, А.И.Изотов. – М.: «Филология», 1997. Вып. 1. – 192 с.

Зимин В.И. О национально-культурных особенностях устойчивых сравнений // Культурные слои во фразеологизмах и в дискурсивных практиках. М., Языки славянской культуры, 2004. С. 110-111.

Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси: Монография. – Ташкент, “Ўзбекистон” НМИУ, 2019. 107-бет.

Караулов Ю.Н. Русский язык и языковая личность / Ю.Н.Караулов. – М.: Наука, 1987. C. 216.

Нахимова Е.А. Прецедентные онимы в современной российской массовой коммуникации: теория и методика когнитивно-дискурсивного исследования [текст] монография / Е.А.Нахимова ГОУ ВПО «Урал гос. пед. ун-т», – Екатиринург, 2011. – 276 с.

Терещенко А.В. Прецедентные имена в современном русском и английском языках: статус, семантика, особенности функционирования // Вестник ТГПУ (TSPUBulletin). – 2016. С.76.

Эшонбобоев А. Алишер Навоий ижоди ва тарихий-функционал метод // “Ўзбек тили ва адабиёти” журнали, 2021, 1-сон. 51-55-бетлар.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмасию Ж. 1. А–Д / Таҳрир ҳайъати: Т.Мирзаев (раҳбар) ва бошқ.:ЎзР ФА Тил ва адабиёт ин-ти. Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006.-680.

Худайберганова Д. С. Ўзбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик талқини: Филол. фан. д-ри ... дис. – Тошкент, ЎзР ФА ТАИ, 2015. 58-бет

Худайберганова Д. Тил. Тафаккур. Маданият: Илмий рисола. Д. Худойберганова. – Тошкент: Нодирабегим, 2020. – 120 б.

https://dic.academic.ru/contens.nsf/ushakov/

Загрузки

##submissions.published##

2022-01-17