JIGARNING NOALKOGOLLI YOG‘ KASALLIGIDA KLINIK VA LABORATOR- INSTRUMENTAL TADQIQOTLARNING IMKONIYATLARI
##article.subject##:
jigarning noalkogolli yog‘ kasalligi, klinik tekshiruv, laborator ko‘rsatkichlar, ultratovush diagnostikasi, semizlik, steatoz, elastografiya##article.abstract##
Kirish: So‘nggi yillarda jigarning noalkogolli yog‘ kasalligi (JNYK) dunyo miqyosida dolzarb tibbiy muammoga aylandi. Zamonaviy turmush tarzi, nosog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollikning kamligi, semizlik, metabolik sindrom va 2-tur diabet JNYKning keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Klinik amaliyotda mazkur kasallikni erta va aniq tashxislash uchun klinik, laborator va instrumental usullardan foydalanish zarur. Tadqiqotning maqsadi — JNYK bosqichlarini aniqlashda klinik-laborator va instrumental metodlarning imkoniyatlarini baholash.
Usullar: Tadqiqot Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-sonli ko‘p tarmoqli klinikasida o‘tkazilib, unda JNYKning turli bosqichlaridagi 120 nafar bemor ishtirok etdi (55 erkak, 65 ayol, yoshi 19 dan 77 gacha). 25 nafar sog‘lom shaxs nazorat guruhi sifatida kiritildi. Tekshiruvlar shikoyatlarni yig‘ish, umumiy ko‘rik, laborator tekshiruvlar (ALT, AST, bilirubin, glyukoza, xolesterin) va jigarning kulrang shkalali ultratovush tekshiruvi (o‘lchami, exogenligi, ovoz o‘tkazuvchanligi, qon tomir tuzilishi)ni o‘z ichiga oldi.
Natijalar: Bemorlarning 42,5%da I daraja, 30%da II daraja, 19,1%da III darajali semizlik aniqlandi. Shikoyatlar orasida holsizlik (50,8%), o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik (45%), ishtaha kamayishi (38,3%) va ko‘ngil aynishi (30,8%) yetakchi o‘rinda turdi. Laborator natijalarda ALT, bilirubin va xolesterinning yuqoriligi ayniqsa og‘ir bosqichlarda kuzatildi. UTTda jigar kattalashishi (20,8%), ovoz o‘tkazuvchanligi pasayishi (70%), jigar va portal venalarning yomon ko‘rinishi (20%), xoletsistit (21,6%) va surunkali pankreatit (8,3%) qayd etildi. UTT asosida 55 bemorda I daraja, 41 bemorda II, 24 bemorda esa III darajali gepatoz aniqlandi. UTT diagnostikasi orqali yog‘li gepatozni aniqlash ko‘rsatkichi 75%ni tashkil etdi.
Muhokama: Natijalar shuni ko‘rsatadiki, klinik, laborator va instrumental usullarni kompleks qo‘llash JNYKni aniqlash va bosqichlashda samarali hisoblanadi. ALT va xolesterin oshishi kasallikning erta laborator belgisi sifatida xizmat qiladi. Kulrang shkalali UTT informativ bo‘lsa-da, og‘ir bosqichlarda sezuvchanligi past bo‘lganligi sababli elastografiya kabi ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash zarur. Diagnostik algoritmlarni ishlab chiqish JNYKni erta aniqlash va samarali davolash strategiyalarini yaratishga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
Bakulin I.G., Abatsieva M.P. Noninvasive methods in the diagnosis of non-alcoholic fatty liver disease. Mediko-sotsyl’naya ekspertiza i reabilitatsiya (Medical and Social Expert Evaluation and Rehabilitation, Russian Journal). 2017; 20 (2): 107–112. (In Russ.). http://dx.doi.org/10.18821/1560-9537-2017-20- 2-107-112
Lazebnik L.B., Golovanova E.V., Turkina S.V., Non-alcoholic fatty liver disease in adults: clinic, diagnostics, treatment. Guidelines for therapists, third version. Experimental and Clinical Gastroenterology. 2021;1(1):4-52. (In Russ.) https://doi.org/10.31146/1682-8658-ecg-185-1-4-52
Selivёrstov P.V. Non-alcoholic fatty liver disease: from theory to practice.The Russian Archives of Internal Medicine. 2015;(1):19-26. (In Russ.) https://doi.org/10.20514/2226-6704-2015-0-1-19-26
Stasenko M.E., Turkina S.V., Kosivsova M.A., Non-invasive diagnosis of non-alcoholic fatty liver disease: simple "tools" are already in the hands of a practical doctor // Bulletin of VolgGMU Issue 2 (70). 2019 c.134-139. (In Russ.) https://doi.org/10.31146/1682-8658-ecg-185-1-4-5210.19163/1994-9480-2019-2(70)-134-139
Younossi ZM, Blissett D, Blissett R, et al. The economic and clinical burden of nonalcoholic fatty liver disease in the United States and Europe // Hepatology.2016;64(5):p.1577-1586. https://doi.org/10.1002/hep.28785
Golabi et al. Effectiveness of exercise in hepatic fat mobilization in nonalcoholic fatty liver disease: Systematic review. World J Gastroenterol. 2016; 22(27): p.6318-632 https://doi.org/10.3748/wjg.v22.i27.6318
Whitsett M, VanWagner LB. Physical activity as a treatment of non-alcoholic fatty liver disease: A systematic review. World J Hepatol. 2015;7(16):p.2041-2052. https://doi.org/10.4254%2Fwjh.v7.i16.2041
Fazel Y, Koenig AB, Sayiner M, et al. Epidemiology and natural history of non-alcoholic fatty liver disease // Metabolism. – 2016. - № 65. – p. 1017–1025. https://doi.org/10.1016/j.metabol.2016.01.012.
Kim N.H., Park J., Kim S.H., et al. Non-alcoholic fatty liver disease, metabolic syndrome and subclinical cardiovascular changes in the general population // Heart. – 2014. - №100. – p. 938–943. https://doi.org/10.1136/heartjnl-2013-305099.
Chalasani N, Younossi Z, Lavine JE, Diehl AM, Brunt EM, Cusi K, et al. The diagnosis and management of non-alcoholic fatty liver disease: practice Guideline by the American Association for the Study of Liver Diseases, American College of Gastroenterology, and the American Gastroenterological Association // Hepatology. – 2012. - № 55. – p. 2005–2023 https://doi.org/10.1002/hep.25762.
Sayiner M., Younossi Z.M. Identifying patients at risk from nonalcoholic fatty liver-related hepatocellular carcinomas // Hepat. Oncol. – 2016. - № 3 (2). – Р. 101-103. https://doi.org/10.2217%2Fhep-2016-0002
Liu Y.L., Patman G.L., Leathart J.B., et al. Carriage of the PNPLA3 rs738409 C >G polymorphism confers an increased risk of non- alcoholic fatty liver disease associated hepatocellular carcinoma // J Hepatol. – 2014. - № 6. – Р. 75–81. https://doi.org/10.1016/j.jhep.2014.02.030.
Dyson J., Jaques B., Chattopadyhay D., Lochan R, et al. Hepatocellular cancer: the impact of obesity, type 2 diabetes and a multidisciplinary team // J Hepatol. – 2014. - № 60. – Р. 110–117. https://doi.org/10.1016/j.jhep.2013.08.011.