ANEMIYALI AYOLLAR SUTIDAN OLINGAN OZIQ-OVQAT INGREDIYENTLAR VA KALORIYA QIYMATINING O'ZGARISHLARI
##article.subject##:
аnеmiya, sut, kаloriya, energiya, temir##article.abstract##
Аnemiyali ayollarning sutidagi oziq-ovqat ingrediyentlari va kaloriya qiymatning o‘zgarishlari.
Bizning kuzatuvimiz ostida temir tanqislik anemiyasining (TTA) turli darajalari bo‘lgan 241 nafar ayol bo‘ldi: I daraja – 132; II daraja – 84 va III daraja – 25 kishi. TTA darajasi gemoglobin miqdori, eritrotsitlar soni, qondagi zardob temir miqdori, umumiy temir bog‘lovchi qobiliyati (UTBQ) va latent temir bog‘lovchi xuxusiyati (LTBX) ko‘rsatkichlari asosida aniqlangan.
I darajali anemiyaga ega emizikli onalar orasida ona sutining tarkibida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va kaloriya miqdorining kamayishi kuzatiladigan ayollar toifasi mavjud.
II darajali anemiyaga ega ayollarda esa ona suti tarkibidagi oziq moddalarning va kaloriyaning sezilarli darajada kamayishi ro‘y beradi. Bu kamayish 30 yoshdan oshgan, 3 va undan ortiq marta tug‘gan hamda 6 oydan ortiq emizayotgan ayollar guruhida yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday hollarda ona sutining energiya qiymati asosan uglevodlar hisobiga saqlanib turadi.
III darajali og‘ir anemiyaga ega ayollarda esa barcha guruhlarda oziq moddalarning va kaloriya qiymatining keskin pasayishi kuzatiladi. Bu esa bolalarda oziq modda va energiya yetishmovchiligiga olib keladi hamda alimentар tanqislik holatlarining rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.