RADIKAL PROSTATEKTOMIYADAN KEYINGI PERSISTENT SIYDIK TUTA OLMASLIKNING KLINIK VA MORFOLOGIK PREDIKTORLARI

##article.authors##

  • RAHIMOV Nodir Maxammatkulovich
  • SHAXANOVA Shaxnoza Shavkatovna
  • XAFIZOV Qodirjon Olimovich

##article.subject##:

prostata bezi saratoni, radikal prostatektomiya, siydik tuta olmaslik, postprostatektomik inkontinensiya, xavf omillari, prediktorlar, pad-test

##article.abstract##

Tadqiqot maqsadi. Radikal prostatektomiyadan keyingi persistent siydik tuta olmaslikning klinik va morfologik prediktorlarini urologik va onkologik xavf omillari asosida aniqlash.

Materiallar va usullar. Prostata bezi saratoni tufayli radikal prostatektomiya o‘tkazilgan 501 nafar bemor ishtirokida bir markazli retrospektiv tadqiqot amalga oshirildi. Asosiy yakuniy nuqta operatsiyadan 12 oy o‘tgach klinik ahamiyatli siydik tuta olmaslikning mavjudligi bo‘ldi. Mustaqil prediktorlarni aniqlash uchun ko‘p omilli logistik regressiya tahlili qo‘llanildi.

Natijalar. O‘smaning noqulay morfologik xususiyatlari persistent siydik tuta olmaslikning yuqori uchrashishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Klinik ahamiyatli siydik tuta olmaslikning mustaqil prediktorlari: yosh ≥70 yil (OR=1,7; 95% DI 1,2–2,4), pT3–4 bosqichi (OR=1,5; 95% DI 1,1–2,1), pN1-status (OR=1,5; 95% DI 1,0–2,2) hamda pad-test bo‘yicha >18 g bo‘lgan erta operatsiyadan keyingi siydik tuta olmaslik (OR=3,8; 95% DI 2,3–6,0) bo‘ldi. Eng yuqori prognostik ahamiyat erta operatsiyadan keyingi siydik tuta olmaslikda kuzatildi.

Xulosa. Radikal prostatektomiyadan keyingi persistent siydik tuta olmaslik klinik va morfologik omillarning birgalikdagi ta’siri bilan belgilanadi. Yosh ≥70 yil, pT3–4 bosqichi, pN1-status va pad-test >18 g noqulay funksional natijaning muhim prediktorlari hisoblanadi.

Библиографические ссылки

Gacci M., De Nunzio C., Sakalis V., Rieken M., Cornu J.N., Gravas S. Latest Evidence on Post-Prostatectomy Urinary Incontinence. Journal of Clinical Medicine. 2023;12(3):1190.

Breyer B.N., Kim S.K., Kirkby E. et al. Updates to Incontinence After Prostate Treatment: AUA/GURS/SUFU Guideline. Journal of Urology. 2024;212(4):531–538.

Yu S. et al. Prediction of early urinary continence after radical prostatectomy. Frontiers in Oncology. 2025.

Yamashita K., Kijima Y., Sekido E., Nagasaka N., Inui M. Predictors of Long-Term Urinary Incontinence After Robot-Assisted Laparoscopic Prostatectomy. Research and Reports in Urology. 2023;15:387–393.

Shen C. et al. Nomogram predicting early urinary incontinence after radical prostatectomy. BMC Cancer. 2024;24:1095.

Bhatt N.R. et al. Post-prostatectomy incontinence: a guideline of guidelines. BJU International. 2024;133(5):513–523.

Sandhu J.S. et al. Incontinence after Prostate Treatment: AUA/SUFU Guideline. Journal of Urology. 2019;202(2):369–378.

Alimjanovich , R. Z., Maxammatkulovich , R. N., & Khikmatovich , K. K. (2022). Age Features of the Prevalence of Prostate Cancer in Uzbekistan. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 3(5), 154-157. Retrieved from https://cajmns.centralasianstudies.org/index.php/CAJMNS/article/view/1062

Rizaev Jasur , Rakhimov Nodir , Kodyrov Khamidullo , Shakhanova Shakhnoza . Study of prostate cancer death by regions of the republic of Uzbekistan.Journal of Biomedicine and Practice. 2022, vol . 7, issue 5, pp.202-210

Rizaev AND . A. , Rakhimov N. M. , Kadirov X . X . RESPUBLIK A NING VILOYATL A R KESIMID A PROST A T A BEZI S A R A TONINI K A S A LL A NISH KO'RS A TGICHINI O'RG A NISH // MAGAZINE REPRODUCTIVE HEALTH AND URO - NEPHROLOGICAL RESEARCH . – 2022. – T. 3. – No. 3.

Загрузки

##submissions.published##

2026-08-07