QALQONSIMON BEZNING YAXSHI SIFАTLI PАTOLOGIYALАRINI XIRURGIK DАVOLАSHDА INTRАOPERАTSION TIREOMETRIYA USULINI TАKOMILLАSHTIRISH
##article.subject##:
xirurgiya, qalqonsimon bez, tireoid to'qima, subtotal rezeksiya, intraoperatsion tireometriya##article.abstract##
Qalqonsimon bez subtotal rezektsiya qilingandan keyin qoldiq tireoid to'qimaning o'lchami va hajmini aniqlash operatsiyadan keyingi tireoid gormonlar stabil balansining funktsional saqlanishi va gipotireoz profilaktikasi muhimligi va intraoperatsion tireometriya usulini taqomillashtirish yullari muxokama qilinadi. Bemorlarni tekshirish va davolash uchun Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi xirurgiya bo'limida 2014-2016 yillar davomida qalqonsimon bezning yaxshi sifatli patologiyalari diagnozi bilan davolangan 124 nafar bemorni tanlab oldik. Barcha bemorlar 2 guruhga bo'lindi: asosiy
guruh 66 nafar bemor. Bu bemorlarda intraoperatsion qoldiq tireoid to'qima hajmi steril standart ip yordamida aniqlandi. Nazorat guruhida 58 nafar bemor. Intraoperatsion qoldiq tireoid to'qima hajmi Dj.Brunn usulida aniqlandi. Barcha bemorlar to'lik klinik va diagnostik tekshirildi, kerakli paraklinik, bioximik va instrumental tekshiruvlar o'tkazildi. Ko'rik vaqtida O.V.Nikolaev (1952) tasnifi bo'yicha qolqonsimon bezning kattalashishi asosiy va nazorat guruhlarida 28(22) ta bemorda III daraja, 30(27) ta bemorda Iv daraja va 8(9)ta bemorda v darajali tugunli notoksik bo'qoqlar operativ davolandi. Shundan 42(33)ta bemorda tugunlar qolqonsimon bezning bir bo'lagida, 24(25)ta bemorda ikkala bo'lagida joylashgan. Barcha bemorlarda tireoid status o'rganilgan ularda TTG miqdori eutireozga (3,1±0,9 mkME/ml) mos kelgan. 8(7)ta bemorda faqatgina ko'rik asosida gipertireoid holat xulosa qilindi. 11(6)ta bemorda jarayonning tarqalganligini va bo'yin azolarnining kompressiya darajasini aniqlash uchun qizilungach kontrastli rentgen usulida tekshirildi. 9(7) ta bemorga bo'yin va ko'ks
oralig'i MSKT, MRT si o'tkazildi. Tekshirish natijasida retrotroxeal joylashuvi 12(10) ta bemorda, 8(7)ta bemorda esa tugunlar bo'yin-to'sh orti sohasida joylashgani aniqlandi. Shundan 7(4) ta bemorda kompression sindrom, 8(6)ta bemorda fibroz holatidagi qattiq tugunlar aniqlandi.