RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN XORIJIY KREDIT MABLAG‘LARINI JALB QILISHDAGI MUAMMOLAR (SQB BANK MISOLIDA)
##article.subject##:
raqamli iqtisodiyot, tijorat banklari, xorijiy kreditlar, xalqaro moliya institutlari, SQB Bank, moliyaviy risklar##article.abstract##
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan xorijiy kredit mablag‘larini jalb qilish jarayoni, uning afzalliklari va mavjud muammolari tahlil qilinadi. Xususan, SQB Bank faoliyati misolida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik mexanizmlari, bank xizmatlarining raqamlashtirish darajasi, moliyaviy risklarni boshqarish tizimi hamda institutsional to‘siqlar o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari xorijiy kredit resurslarini jalb etishda axborot shaffofligi, zamonaviy IT-infratuzilmaning rivojlanganligi va xalqaro moliyaviy standartlarga moslik hal qiluvchi omillar ekanligini ko‘rsatadi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmon (PF–6079). — Toshkent, 2020-yil 28-aprel.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon (PF–5349). — Toshkent, 2018-yil 19-fevral.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmon (PF–60). — Toshkent, 2022-yil 28-yanvar.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanish tendensiyalari va moliyaviy barqarorligi bo‘yicha yillik hisobot. — Toshkent, 2022–2023.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari. — Toshkent, 2023.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Raqamli iqtisodiyot va moliya sektorini rivojlantirish bo‘yicha tahliliy sharh. — Toshkent, 2021.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. Xorijiy investitsiyalar va kredit mablag‘larini jalb qilish holati to‘g‘risida ma’ruza. — Toshkent, 2022.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. — Toshkent, 2021–2023.
Karimov, A., Abdullayeva, M. Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank tizimini modernizatsiya qilish masalalari. — «Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar» ilmiy elektron jurnali, 2021, №4.
Rasulov, B. Tijorat banklarida xorijiy kredit mablag‘larini jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish. — «Bank-moliya tizimi: muammolar va yechimlar» ilmiy-amaliy to‘plam, Toshkent, 2022.
Qodirov, S. Raqamli transformatsiya va bank risklarini boshqarish. —
«Moliyaviy tahlil» jurnali, 2023, №2.
SQB Bank. Yillik moliyaviy hisobotlar va strategik rivojlanish dasturi.
— Toshkent, 2019–2023.