O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR MOHIYATI
##article.subject##:
maktabgacha ta’lim, maktabgacha ta’lim tashkiloti, ta’lim islohoti, davlat-xususiy sheriklik, “Ilk qadam” dasturi, qamrov, pedagog kadrlar, raqamlashtirish, inklyuziv ta’lim, inson kapitali##article.abstract##
Mazkur maqolada O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida maktabgacha ta’lim tashkilotlari sohasida amalga oshirilgan institutsional, tashkiliy, huquqiy, moliyaviy va pedagogik islohotlarning mazmun-mohiyati tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’limning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi, sohani boshqarishning yangi mexanizmlarining joriy etilishi, davlat-xususiy sheriklikning rivojlantirilishi, nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ining kengaytirilishi, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichlarining oshirilishi hamda ta’lim mazmunining yangilanishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi, muqobil ta’lim shakllari, raqamlashtirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, inklyuziv yondashuv, sog‘lom ovqatlanish va ta’lim sifatini baholash tizimlarining ahamiyati yoritiladi. Maqolada amalga oshirilgan islohotlarning ijtimoiy ahamiyati, mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan ilmiy-amaliy xulosalar ilgari suriladi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori// https://lex.uz/en/docs/-4327235
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumoti//https://gov.uz/oz/uzedu/news/view/141078
https://kun.uz/news/2023/07/08/bolalarning-maktabgacha-talim-bilan-qamrov-darajasi-malum-boldi)
https://stat.uz/img/images/maktabgacha-talim-lotin_p27715.pdf)
O‘zbekistonda bolalarning 74 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan// https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/23/preschool/
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi oshiriladi// https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/12/kindergarten/
Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim 2024-yil yakuni boʻyicha// https://stat.uz/img/images/maktabgacha-talim-lotin_p27715.pdf
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. https://president.uz/oz/pages/view/strategy?menu_id=144
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ-4312-son qarori, 08.05.2019 yil// https://lex.uz/docs/-4327235?ONDATE=10.05.2019&ONDATE2=09.10.2020&action=compare
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5198-son Farmoni, 30.09.2017 yil// https://lex.uz/docs/-3362886
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi
“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to`g`risida”gi Qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.12.2020 yildagi "Maktabgachata’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-sonli Qarori. //(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2020 y., 09/20/802/1658-son;Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 y., 09/22/153/0266-son).
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi. –T.: 2022. – B. 102