TIRNAB BEZAK BERILGAN SOPOL BUYUMLARDA SEMANTIKA MASALALARI (FARG’ONA VODIYSI MISOLIDA)

##article.authors##

  • Xumora Oqilbek qizi Pozilova

##article.subject##:

ornament, semantika, tirnab bezak berish, Farg’ona, Tripoliya bezaklari, zoomorf

##article.abstract##

Farg‘ona vodiysining juda ko’plab hududlarida tirnalgan bezak tushirilgan sopol idishlar uchrab turadi. Arxeologik yodgorliklardan aniqlangan barcha topilmalar ustida ishlanib, ilmiy maqola va tezislar tayyorlangan lekin aynan semantikasiga doirlari juda kam. Farg‘ona vodiysida bo‘yoq yordamida bezash an’anasining davomi sifatida yuzaga kelgan va taxminan milodiy I-VI asrlarga qadar mavjud bo‘lgan, qizil angobli tirnalgan bezakli kulolchilik buyumlari Farg‘ona vodiysi uchun xos bo‘lgan.

Qo‘lda yasalgan sopollar sirtiga bo‘yoq yordamida bezak berilgan bo‘lsa, tirnalgan naqshlar faqatgina charxda yasalgan idishlarda qo‘llanilgan. Oqtom bosqichida naqsh uslublarining o‘zgarishi idish shaklining o‘zgarishiga hamohang tarzda kechgan. Bu vaqtga kelib charxda sopol yasashning paydo bo‘lishi qo‘lda yasalgan bezakli sopollarning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli Farg‘ona vodiysida, xususan, O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida qo‘lda yasalgan bezakli sopol idishlar an’anasi yo‘qolib ketadi. Sho‘rabashat bosqichiga kelib idish sirtiga bezak berish uslubining o‘zgarishi Farg‘onada qizil angobli sopollarning paydo bo‘lishi va tezlik bilan tarqalishiga olib kelgan.Tirnab solingan naqshli sopol idishlar Farg‘ona vodiysi madaniyati taraqqiyotidagi yangi bosqich bo‘lib, qo‘lda yasalgan bezakli sopollar davrining bevosita davomi hisoblanadi. Tirnab solingan naqsh elementlari bezakli sopol elementlarining takroridir, ammo tirnamali naqsh yangi texnika bo‘yicha amalga oshirilgan.

Shuning uchun ham ushbu maqolada qizil angobli tirnab bezak berilgan sopol idishlarning naqsh elementlari va semantikasi hususida ma’lumot beriladi.

Библиографические ссылки

Буткевич Л.М. История орнамента Москва. 2008. -С. 9-10. (Butkevich L.M. History of ornament Moscow. 2008. – P. 9-10.)

Большая советская энциклопедия № 31. – М.:1955. – C.213.(Great Soviet Encyclopedia No. 31. - M.: 1955. – P.213.)

Исамиддинов М., Матбабаев Б, Кучкаров Т. Предварителное изучение керамики поселения к Куюлтепа северной Ферганы // ИМКУ. Вып. 18.-Ташкент, 1983- С. 95. (Isamiddinov M., Matbabaev B, Kuchkarov T. Preliminary study of ceramics of the settlement to Kuyultepa of northern Fergana // IMKU. Issue 18. - Tashkent, 1983 - P. 95

Горбунова Н.Г. Керамика поселений Ферганы первых веков нашей эры // Труды Государственного Эрмитажа ХХ. –Ленинград, 1979. C. 114-146. (Gorbunova N.G. Ceramics of the settlements of Ferghana in the first centuries of our era // Proceedings of the State Hermitage Museum XX. – Leningrad, 1979. P. 114-146).

Рыбаков Б.А. Космогния и мифология земледельцев энеолита // СА, № 1, 1965. – С. 32.(Rybakov B.A. Cosmognia and mythology of Eneolithic farmers // SA, N. 1, 1965. – P. 32).

Максудов Ф.А. Некоторые вопросы семантики процарапанного орнамента на керамике Маргилана (по материалам Кызлартепа) // ИМКУ. Вып.28. – Самарканд, 1997 .-C. 58 (Maksudov F.A. Some issues of the semantics of the scratched ornament on the ceramics of Margilan (based on the materials of Kyzlartepa) // IMCU. Issue 28. – Samarkand, 1997. – C. 58)

Мақсудов Ф.А. Становление и этапы развития земледелческой културы в южной Фергане (вторая половина И тысячелетия до нашей эры – первая половина И тысячелетия нашей эры по материалам Маргилансайского оазиса): автореф, дисс…канд. ист. наук. -Самарқанд, 2002.- С. 179. (Maksudov F.A. Formation and stages of development of agricultural culture in southern Ferghana (the second half of the 1st millennium BC - the first half of the 1st millennium of our era based on the materials of the Margilansay oasis): author's abstract, diss ... cand. ist. Sciences.-Samarkand, 2002. – P. 179 .)

Заднепровский Ю. А. Фергана // Древнейшие государства Кавказа и Средней Азии.Археология СССР. М.: Изд-во «НАУКА», М., 1985. – C. 304-315. (Zadneprovsky Yu. A. Fergana //The most ancient states of the Caucasus and Central Asia. Archeology of the USSR. M.: Publishing house "NAUKA", M., 1985. P. 304-315.)

Литвинский Б.А. Керамика из могильников Западной Ферганы. М., - С.160 . (Litvinsky B.A. Ceramics from the burial grounds of Western Fergana. M., - P.160)

Pozilova X. O. Farg‘ona vodiysi hunarmandchiligida tirnab solingan bezakli sopol idishlar. // O‘tmishga nazar. Toshkent, 2021. 705-710- B. Pozilova Kh. O. Scratched decorative pottery in Ferghana Valley crafts. // Looking back. Tashkent, 2021. 705-710- B.

Pozilova X. Qadimgi farg‘onaning tirnab solingan bezakli sopol buyumlarining paydo bo’lishi va tarixiy-arxeologik o’rganilishi. // Ilmiy axborotnoma. Maxsus son.- Namangan, 2022. 236- 244 P.

Pozilova Kh. The emergence and historical-archaeological study of scratched decorative ceramics of the ancient Ferghana. // Scientific newsletter. Special issue.- Namangan, 2022. 236- 244 P.

Pozilova X. Tirnab bezak berilgan sopol buyumlarmning qadimgi Farg’ona hunarmandchiligidagi ahamiyati. // Sohbqiron yulduzlari. №3.- Qarshi, 2022.169-175- B.

Pozilova Kh. Importance of scratch-decorated ceramics in ancient Ferghana crafts. // Stars of Sohbqiran. #3.- Against, 2022. 169-175- P.

Загрузки

##submissions.published##

2023-10-02

##issue.issue##

##section.section##

Статьи