O‘ZBEKISTONDAGI MAJORITAR AKSIYADORLARNING FIDUTSIAR MAJBURIYATINING MUAMMOLARI
##article.subject##:
Fidutsiar majburiyat; Majoritar aksiyadorlar; Minoritar aksiyadorlarni himoya qilish; Korporativ boshqaruv; Aksiyadorlar huquqlari; Korporativ huquq; Nazoratdan suiiste’mol qilish; Manfaatlar to‘qnashuvi; Aksiyadorlik jamiyatlari; O‘zbekiston##article.abstract##
Mazkur mavzuning dolzarbligi majoritar aksiyadorlarning korporativ boshqaruvda hal qiluvchi rol o‘ynashi bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan majoritar aksiyadorlar uchun fidutsiar majburiyatlarning belgilanishi aksiyadorlik jamiyatlarining investitsiyaviy jozibadorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan bo‘lardi. Ilmiy muammo shundan iboratki, majoritar aksiyadorning majburiyati rasmiy jihatdan mustahkamlangan bo‘lsa-da, uning batafsil mazmuni, jumladan shaxsiy manfaat chegaralari, zarar yetkazilishini oldindan bilganlikni isbotlash masalalari va boshqa jihatlar to‘liq ochib berilmagan. Ushbu maqolaning maqsadi O‘zbekistonda majoritar aksiyadorlarning fidutsiar majburiyati masalalarini tadqiq etishdan iborat. Tadqiqotda formal-yuridik, tizimli-tuzilmaviy, qiyosiy-huquqiy, doktrinal va tahliliy metodlar majmuasidan foydalanildi. Tadqiqot natijasida majoritar aksiyador majburiyatlarida fidutsiar elementlar mavjudligi va ularni jamiyat hamda boshqa aksiyadorlarga nisbatan cheklangan sodiqlik majburiyati sifatida kvalifikatsiya qilish mumkinligi asoslantirildi.
Библиографические ссылки
Kraakman R. и др. The Anatomy of Corporate Law // The Anatomy of Corporate Law. Oxford University Press, 2017.
hlr. Controller Confusion: Realigning Controlling Stockholders and Controlled Boards - Harvard Law Review [Электронный ресурс] // https://harvardlawreview.org/print/vol-133/controller-confusion-realigning-controlling-stockholders-and-controlled-boards/.
Stock Corporation Act (Aktiengesetz – AktG) [Электронный ресурс] // https://www.gesetze-im-internet.de/englisch_aktg/englisch_aktg.html.
Kahn v. Lynch Communication Systems [Электронный ресурс] // https://law.justia.com/cases/delaware/supreme-court/1994/272-1993-3.html.
Stock Corporation Act (Aktiengesetz – AktG) [Электронный ресурс] // https://www.gesetze-im-internet.de/englisch_aktg/englisch_aktg.html.
Corporate Control and Idiosyncratic Vision | Yale Law Journal [Электронный ресурс] // https://yalelawjournal.org/article/corporate-control-and-idiosyncratic-vision.
The Controlling Shareholder’s General Duty of Care: A Dogma That Should Be Abandoned [Электронный ресурс] // https://law.utexas.edu/faculty/publications/2015-The-Controlling-Shareholders-General-Duty-of-Care-A-Dogma-That-Should-Be-Abandoned