FRAZEOLOGIK KO‘PMA’NOLILIK VA UNING KONTEKSTUAL SEMANTIZATSIYASI

##article.authors##

  • Z. Radjabova

##article.abstract##

ANNOTATSIYA
Maqolada frazemalarning birdan ortiq ma’noli frazemaga aylanishi va uning kontekstual semantizatsiyasi haqida so‘z boradi.O‘quv lug‘atida frazeologizmlarning kontekstual semantizatsiyasida frazemaning o‘xshashlik qatorlari (frazeologik paradigmatika, assotsiativ munosabatdagi birliklari) – ko‘chma ma’nolari, sinonimlari, antonimlari muhim rol o‘ynaydi. Aniqrog‘i, frazemaning sememalar miqdori uning paradigmatik, ma’nodoshlik va sintagmatik munosabatlari asosida aniqlanadi. Izohli o‘quv lug‘atlari tuzishda frazemaning semantik ko‘lami muhim rol o‘ynaydi.
Frazema til birligi sifatida barcha tillar frazeologiyasiga xos bo‘lgani kabi o‘z paradigmatik qatorlariga ega bo‘ladi. Frazeologik polisemiya o‘zbek tilshunosligida atroflicha o‘rganilgan bo‘lsa-da, ularni lug‘atda berish, leksikografik talqin qilish, frazeologik
paradigmatika munosabatini yoritishga doir masalalar yechilmaganini frazeosemantik maydonga asoslangan ideografik, assotsiativ lug‘atlarning yaratilmagani bilan ham izohlash mumkin.
Kalit so‘zlar: frazema, frazeologik polisemiyani, kontekstual semantizatsiya, frazeologik paradigmatika, ideografik lug‘at, assotsiativ lug‘at, frazeologik shakldoshlik.

Загрузки

##submissions.published##

2025-04-19

##issue.issue##

##section.section##

Статьи