SHOYIM BO‘TAYEVNING “QO‘RG‘ONLANGAN OY” ROMANIDA SHAHAR XRONOTOPINI O‘QITISH METODIKASI

##article.authors##

  • E. Djurakulova

##article.abstract##

ANNOTATSIYA
“Shox” romanida uchrashuv, yo‘l ayniqsa, shahar xronotopi Hotam va uning manfur rejalarini ro‘yobga chiqarish vositasi sifatida keltiriladi. Qulmahmudning nafs ketidan tubsiz chohga yiqilish va bedavo dardga mubtalolik adib konsepsiyasining mag‘zini tayin etadi. Zero, ushbu xronotop shakllari sujet va kompozitsion yaxlitlik sintezini maromiga yetishida kalit vazifasini o‘taydi.
Global dunyo hasratlaridan so‘z yuritgan yozuvchi Sh.Bo‘tayev bundan yigirma yillar ilgari hayot konsepsiyasini chamalashga kirishadi. Odamlar ruhiyatidagi ajib o‘zgarishlar, maslak yo‘sinidagi qirg‘inbarotlar, urushlar va to‘qnashuvlarning asl basharasi – iqtisodiy qaram bo‘lgan xalqlarni o‘z girdobiga tortish, ularni janob Ximer kabi boshqarish geosiyosiy ixtiloflarni boshlash shular jumlasidandir. Yozuvchi buyuk davlatlarning kuch va qudrati – iqtisodiy yuksalikda deb, biladi. Ana shu mezon yozuvchining olomonchilik kayfiyati tufayli qaram va mute bo‘lib qolish, qudratli mamlakatlarning qaramog‘iga o‘tish, ular tomonidan boshqarilish mexnizmlariga tobelik kayfiyati bir dam tinch qo‘ymagan adibni. Bu yerda boshqa yana o‘nlab sabab va oqibatlar borki, insoniyat ruhiyati tanazzuli, ong va uni rivojlantirish dasturlarining yuz yillik oldingi rejalari haqida ham batafsil ramziy-majoziy talqinda namoyon qilganligi ayni haqiqatdir.
Kalit so‘zlar: xronotop, shahar, yozuvchi konsepsiya, vaqt, zamon, makon.

Загрузки

##submissions.published##

2025-04-20

##issue.issue##

##section.section##

Статьи