BORLIQNING KONSEPTUAL VA LISONIY MANZARASI

##article.authors##

  • H. Hasanov

##article.abstract##

ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada borliqning konseptual va lisoniy manzarasi lingvomadaniy ko‘rinish negizida shakllanishi, olamning lisoniy manzarasi bevosita til asosida ifodalanishi kabi masalalar izohi keltirilgan. Olam necha asrlardan buyon taraqqiy etib kelar ekan, ong va tuyg‘umiz, ko‘rish va his qilishimiz, anglash va tushunchalar zamiridagi bir-biriga mutanosib zanjirlar sistemasida mana shu idrok ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Olamning konseptual manzarasini qayta kashf qilishda, tadqiq qilinayotgan obyekt va predmet – til orqali yuzaga chiqadi. Idrok etib ko‘raylik: ongimizda qadim-qadimdan yashab kelayotgan ming yillik qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, zamonaviy badiiy adabiyotda tushunchalar talqinida bir-biridan tubdan farq qiluvchi atamalar o‘z ifodasini topadi. Negaki, turkiy xalqlar adabiyotida oilada ota-ona, bobo va momolarning o‘rni, ularning farzand tarbiyasidagi istak-xohishlari ana shu konseptlarni muvofiqlashtiradi. O‘z-o‘zidan ko‘rinadiki, idrok qilinayotgan tushunchalar talqinida olam butunligicha sferadan iborat, uning bir nuqta ham joyidan qo‘zg‘almasligi, qonuniy tus olgan borliq fenomeni tushunchasi insoniyat oldida turgan eng katta aql-idrok hosilasi ekanligi oydinlashadi.
Kalit so‘zlar: konsept, konseptual va lisoniy manzara, lingvomadaniy va psixolingvistik manzara, ilmiy manzara, til va tafakkur, mantiq va falsafa, kognitologiya, fenomen.

Загрузки

##submissions.published##

2025-04-20

##issue.issue##

##section.section##

Статьи