XURSHID DAVRONNING “SAMARQAND XAYOLI” VA YASUSHI INOUENING “SAMARQAND ATROFIGA SAYOHAT” ASARLARIDA BUYIK IPAK YO‘LI MAVZUSI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Globallashuv jarayonida xalqlar adabiyoti, san’ati, madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq ham tobora ortib bormoqda. Maqola doirasida Xurshid Davronning “Samarqand xayoli” hamda yapon yozuvchisi Yasushi Inouening “Seiiki monogatari – Samarqand atrofiga sayohat” asarlarida Buyik ipak yo‘li mavzusi ko‘rib chiqildi ularni qo‘llashdagi an’ana va yangilikka e’tibor qaratildi. Shuningdek, ikkala asarlarning o‘xshash va farqli jihatlari o‘rganildi. Ikkala asarning o‘ziga xos va o‘xshash tomonlari imkon qadar tahlil etilib qiyoslandi. Yasushi Inouening “Samarqand atrofiga sayohat” va Xurshid Davronning “Samarqand xayoli” asarlaridagi onimlarga e’tibor qaratilgan. “Seiiki-monogatari – Samarqand atrofiga sayohat” hamda “Samarqand xayoli” asarlarida badiiy vaqtning turli shakllarini: kundalik, retrospektiv, tarixiy, biologik, taqvim, kunlik kabilar qiyoslangan. O‘tmish, bugun va kelajak o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: Yasushi Inoue, “Seiiki monogatari”, “Samarqand atrofiga sayohat”, Xurshid Davron, “Samarqand xayoli”, Buyik ipak yo‘li, Ko‘kcha, toponim, onomastika, mononimlar.