OLAMNING MILLIY MANZARASINI IJODIY VA TASVIRIY AKS ETTIRISHDA MAJOZIY TIL
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada “O‘tkan kunlar” romanining “Xon qiziga loyiq bir yigit” deb nomlangan bobidagi obrazli til va uning tarjima strategiyalari lingvomadaniy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Muallifning uslubiy vositalardan foydalanishdagi badiiy mahorati hamda tarjimonning romanning asl madaniy manzarasi, maqsadlari, his-tuyg‘ulari va ohanglarini saqlashga qaratilgan so‘z tanlovlari qiyosiy, sifat va miqdoriy tadqiqot usullari orqali o‘rganildi. Romandagi obrazli tilni sifat jihatidan baholashda M.H. Abramsning stilistik vositalar tasnifi, Q. Liu va X. Chjangning obrazli til tarjimasida qo‘llaniladigan tarjima strategiyalari ta’rifidan foydalanildi. Miqdoriy baholashda esa asl matndagi har bir obrazli til elementiga ega bo‘lgan gaplar soni va tarjima matndagi uchta tarjima strategiyasining qo‘llanilish foizi matematik hisob-kitob yordamida aniqlandi. Ushbu tadqiqot natijalari tarjimonlik fakulteti talabalarida madaniyatga xos so‘zlar, frazeologizmlar va ma’no ko‘chish usullarini ingliz tiliga tarjima qilishning nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun foydalanilishi mumkin.
Kalit so‘zlar: lingvomadaniyat, “O‘tkan kunlar”, lingvomadaniy birliklar, frazeologik birliklar, obrazli til, antonomaziya, laqab, maqollar, tarjima jarayoni, tarjima strategiyasi