SAIDA ZUNNUNOVA ASARLARINING ASOSIY YOʻNALISHLARI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Saida Zunnunova – oʻzbek adabiyotining yorqin vakilasi, iste’dodli shoirasi va yozuvchisi sifatida tanilgan. Uning ijodi Oʻzbekistonda XX asrning ikkinchi yarmidagi adabiy jarayonlarda muhim oʻrin egallaydi. Saida Zunnunova haqida so‘z yuritilganda ham nasr, ham nazmda birdek ijod eta olgan yangi davr adabiyotining betakror asoschisi ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Saida Zunnunova hikoyalarida oila, turmush, jamiyatdagi turli masalalar yoritilgan. Ayniqsa, sevgi, muhabbat, vafo, sadoqat, e’tiqod kabi tushunchalar adiba hikoyalarining asosiy mavzusini tashkil etadi. Adibaning “Go‘dak hidi”, “Qanoat”, “Olov”, “Bo‘ylaringdan urgulay”, “Gulbahor”, “Do‘stlik” kabi hikoyalari maqolada tahlil qilinib, munosabat bildirilgan, nazariy qarashlar asosida asoslanilgan.
Kalit so‘zlar: hikoyachilik, milliy ruh, poetic mahorat, yozuvchi olami, syujet, zamon va makon, inson taqdiri, vafo, sadoqat, tabiat tasviri.