SEHRLI-FANTASTIK HAMDA HAYVONLAR HAQIDAGI ERTAKLARGA XOS XUSUSIYATLARDAGI YAQINLIKLAR
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolamizda o‘zbek va qirg‘iz xalq og‘zaki ijodida sevib o‘qiladigan “Susambil” hamda “Suvsamir” ertaklarini tahlilga tordik. Ushbu ertaklarda har ikki millatning o‘ziga xos bo‘lgan qadryatlari namoyon bo‘lgan. Bundan tashqari qardosh xalqlarning sehrli ertaklarida ham o‘zaro yaqinliklar ko‘zga tashlanadi. Hayvonlar haqidagi ertaklarda majoziy obrazlar orqali xalqning ezgu orzu-istaklari bayon etilgan. Sehrli ertaklarni boshqa ertak turlaridan farqlab o‘rganishda, avvalo, ularda voqealikning xayoliy uydirma, fantastika, sehr-jodu, tilsim, mo‘jizaviylik, epik talqin asosida bayon etilishiga e’tibor qaratiladi. Chunki bu ularga xos eng muhim poetik taomillardan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, sehrli ertaklarni ilmiy o‘rganishda unga xos shu poetik xususiyat e’tiborga olinadi.
Kalit so‘zlar: sehr, g‘ayritabiiylik, afsona, tasnif, avliyo.