“ALPOMISH” DOSTONI VA “BAMSI BAYRAK” HIKOYASINING QIYOSIY TAHLILI

##article.authors##

  • B. Muhiddinova
  • B. Axmedova

##article.subject##:

Alpomish, Bamsi Bayrak, Kitobi Dada Qo‘rqut, epik motiv, anagnorisis, qahramonlik dostoni, xalq og‘zaki ijodi, aytishuv, to‘y sahnasi, turkiy xalqlar.

##article.abstract##

Mazkur maqolada turkiy xalqlar og‘zaki ijodining yirik namunalari bo‘lmish “Alpomish” dostoni va “Bamsi Bayrak” hikoyasining qiyosiy tahlili o‘tkaziladi. Asosiy e’tibor har ikki asarning syujeti, obrazlar tizimi, epik motivlari, va ularda aks etgan an’anaviy qahramonlik, oila, sadoqat va milliy qadriyatlar kabi jihatlarni tahlil qilishga qaratilgan. “Alpomish” dostoni o‘zbek xalqining epik tafakkur mahsuli sifatida, nafaqat badiiy-estetik, balki tarixiy va ma’naviy meros nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Kitobi Dada Qo‘rqut” to‘plamiga kiruvchi “Bamsi Bayrak” hikoyasi esa o‘g‘uz epik an’analarining yorqin namunasi bo‘lib, unda ham turkiy xalqlarga xos axloqiy va madaniy qadriyatlar mujassam. Maqolada ikki asar orasidagi genetik va tipologik yaqinliklar yoritilib, ularning o‘zaro badiiy aloqalari, voqealarning rivoji, epik vaqt va makon, konfliktlar tizimi, qahramonlarning shaxsiyati hamda epik ideal nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi. Jumladan, farzandsizlik motifi, beshikkerti (beshik to‘yi orqali unashtirish) an’anasi, qahramonning o‘zini tanitishi (anagnorisis), to‘y sahnalari va aytishuv (dialogik) madaniyati kabi jihatlar alohida tahlil etiladi. Bundan tashqari, maqolada har ikki asarda qahramonning jasorati, sadoqati, oilaviy qadriyatlarga sodiqligi va xalqparvarlik fazilatlari orqali turkiy xalqlarga xos umumiy qahramonlik modeli shakllangani ko‘rsatib beriladi. “Alpomish” va “Bamsi Bayrak” asarlari o‘zbek va o‘g‘uz epik tafakkurining badiiy-mushtarak qirralarini yoritishga xizmat qiladi.

Загрузки

##submissions.published##

2025-09-15