TILSHUNOSLIKDA ANTROPOSENTRIK ILMIY PARADIGMANING OʻRNI

##article.authors##

  • N. Kobilov

##article.subject##:

Anthropocentrism, linguistics, paradigm, cognitive linguistics, culture, cognition, human factor, linguoculturology, pragmalinguistics, language and thought.

##article.abstract##

Maqolada tilshunoslikdagi antroposentrik ilmiy paradigmaning shakllanishi, mohiyati va zamonaviy lingvistik tadqiqotlardagi o‘rni tahlil qilinadi. Antroposentrizm tamoyili tilni inson faoliyati, tafakkuri va madaniyatining ajralmas qismi sifatida o‘rganishni nazarda tutadi. Tilshunoslikda bu yondashuv tilni nafaqat aloqa vositasi, balki insonning dunyoqarashi, emotsional holati va ijtimoiy tajribasini aks ettiruvchi tizim sifatida talqin etadi. Kognitiv lingvistika, pragmalingvistika, lingvokulturologiya kabi yo‘nalishlar antroposentrik paradigmaga asoslangan holda tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy tafakkur va madaniyatni til orqali o‘rganishning ilmiy ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari antroposentrik yondashuvning zamonaviy tilshunoslikda inson omilini chuqur anglash, til va tafakkur o‘zaro bog‘liqligini ochishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Загрузки

##submissions.published##

2025-10-30