FONETIK XUSUSIYATLARNING DIALEKTOLOGIK TAHLILI: O‘ZBEK TILI SHEVALARI MISOLIDA

##article.authors##

  • Sh. Avalboyeva

##article.subject##:

fonetik tamoyil, dialektologiya, tovush o‘zgarishi, assimilyatsiya, ohangdoshlik, unli tovushlar, sheva.

##article.abstract##

Mazkur maqolada o‘zbek tilining dialektlarga bo‘linishida fonetik tamoyilning tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Dialektlarning asosiy farqlantiruvchi belgilaridan biri bo‘lgan fonetik xususiyatlar – tovushlarning almashinuvi, tushib qolishi, qo‘shilishi, urg‘u va intonatsiya farqlari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, nutq jarayonida yuz beradigan kombinator va pozitsion tovush o‘zgarishlari – assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, prokopa, sinkopa, apokopa, eliziya, proteza, epenteza, epiteza, reduksiya kabi fonetik hodisalar misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Ohangdoshlik – tanglay va lab uyg‘unligi, ularga oid fonetik qonuniyatlar va ularning turkiy tillar, ayniqsa o‘zbek shevalaridagi holati chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Shuningdek, umlaut, diftong, unli tovushlarning cho‘ziqligi kabi fonetik xususiyatlar ham dialektologik nuqtayi nazardan izohlanadi.

Загрузки

##submissions.published##

2025-10-30