ILMIY FANTASTIK ADABIYOTIGA OID MATNLARNING TARJIMASI: LINGVISTIK VA PEDAGOGIK ASPEKTLARI.

##article.authors##

  • Р. Ш. Ахмедов

##article.abstract##

Maqolada tabiiy va gumanitar fanlar o‘rtasida bilimlarni uzatish vositasi sifatida ilmiy fantastikaning o‘rni va shu jarayon bilan bog'liq ba’zi masalalar ko‘rib chiqiladi. Ilmiy fantastika, spekulyativ adabiyot yoki paraliteratura nomlari bilan bu adabiy janr nafaqat o‘quvchini ko‘ngil ochish uchun, balki uni tarbiyalash va unga professional bilimlarni uzatish qobiliyatiga ega. Uning adabiy makondagi o‘rni borasidagi dastlabki kelishmovchiliklar janrga batafsilroq ta’riflar berishga turtki bo‘ldi, janrga nisbatan aniqroq qarashlarni kuchaytirdi, shuningdek, uning innovatsion g’oyalarga ilhomlantirish qobiliyatiga ega bo‘lganligi ham aniqlandi. Universitetdagi tarjima kurslari o‘quv dasturiga ilmiy fantastika matnlarini kiritilishi nafaqat “kosmos”, “android” yoki “o‘zga sayyoralik” kabi atamalarning tarjimalari bilan chekmasligi kerak deb ta’kidlaymiz, chunki ko‘pchilik o‘qituvchilar odatda faqat shu atamalarga e’tibor berayaptilar, tarjimashunoslik darsida ilmiy fantastik asar matnidan foydalanishga qaror qilganlarida. Ushbu maqolada biz ilmiy-fantastikaga oid matnlar tarjimonlarning fikrlarga e'tibor qaratib, shu muammoga oydinlik kiritiladi va ilmiy fantastik asarlarni tarjima qilish jarayoniga yangi nazar tashlanadi.

Загрузки

##submissions.published##

2022-01-11