SOMATIK FRAZEOLOGIZMLARGA XOS PSIXOFIZIOLOGIK FAKTORLAR EMOTIV TASVIR OBYEKTLARI SIFATIDA (fransuz tili materialida)

##article.authors##

  • Laylo Doliyeva

##article.abstract##

Mazkur  maqolada  inson  nutqiy  faoliyatining barcha  jabhalariga  singib  ketgan  emotsionallik  xususida fikr  yuritilgan  boʻlib,  tildagi  emotiv  tushunchaning  frazeologiyada  aks etish  usullaridan biri  hisoblangan  somatik  frazeologizmlarning psixolingvistik va psixofiziologik  tahliliga  e’tibor  qaratiladi.  Xususan,  somatizmlarning emotiv frazeologik  birliklar  tarkibida  oʻziga  xos  tarzda  turli  emotsional holatlar  lokalizatori  sifatida mustahkamlanishi, shuningdek, somatizmlar  emotiv  semantikasining   koʻlami  va  iboralarda  qoʻllanilish  xususiyatlari psixologik, fiziologik  va lingvistik  nuqtai  nazardan tavsiflanadi. Somatizmlarning  frazeologiyadagi  salbiy va ijobiy emotsional his-tuygʻularni ifodalashdagi  universallik xususiyati  hamda ularning  otli, fe’lli  va sifatli komponentlar  bilan  birikish holatlarini oʻrganish  orqali  salbiy tushunchalarning asosan bosh va undagi tana a’zolari (koʻz, peshona, burun, quloq, ogʻiz kabilar) yordamida, ijobiy tushunchalar esa  ichki  tana  a’zolari  yordamida  ifodalanishi   tahlil  qilingan.

Загрузки

##submissions.published##

2022-05-13