RUS ANTROPONIMIKASINING RIVOJLANISH TARIXI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Maqolada rus antroponimikasining rivojlanish tarixi, antroponimikada folklor va kanonik shaxsiynomlarni, shuningdek, bir xil ismning adabiy va dialekt, rasmiy va norasmiy shakllari mavjudligi haqida so‘z boradi. Har bir davrda har bir etnos o‘z antroponimikon – shaxsiy nomlarning reestriga ega. Antroponimika sohasi ismlarni o‘rganish jihatdan: insoniy fazilatlarning xarakteristikasi, shaxsning otasi, oilasi, oilasi bilan aloqasi, millati, kasb-hunar turi, har qanday hududdan kelib chiqishi, yoshi bilan bog‘liq nomlarning o‘zgarishi, ijtimoiy yoki oilaviy ahvolining o‘zgarishi, boshqa millat odamlari orasidagi hayot, yashirin jamiyatlarga kirish, boshqa e'tiqodga o‘tish, tabu va boshqalarga bo‘linadi. Sotsializm davridagi nomlarning xususiyatlari, jamiyatning mafkurasiga yangi nomlar uchun asos yaratgan yangi tushunchalarni kiritish orqali maxsus o‘rganilishi haqida tushuncha beriladi. Shuningdek, rus nomlari ko‘p asrlik va boy tarixga ega ekanligi haqida ta’kidlab o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Antroponimika, rus antroponimi, ism, antroponik tizim, antroponim modellar, patronim, matronim, familiya, laqab.