SHE’RIYATDA AYOL KЕCHINMASINING POETIK TALQINI

##article.authors##

  • M. Xalova

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Istiqlol davri adabiyotida o‘ziga xos ovozga ega bo‘lgan iste’dodli shoira Halima Xudoyberdiyeva ijodi, badiiy olami bugungi kun adabiyotshunosligida keng talqin qilinmoqda. Sababi shoira ijodining betakrorligi, mavzu-mundarijasining kengligidadir. Ma’lumki, shoir-u yozuvchilar inson kechinmalarini, uning qalb tovlanishlarini asosiy obe‘kt sifatida tasvirlaydi. Ushbu maqolada shoira Halima Xudoyberdiyeva she‘rlari tahlilga tortiladi. Shoira she‘rlarida qalb tasviri va uning o‘ziga xos tarzda voqe’lanishi, ayol qalbining cheksiz olami, vafosi, sadoqati, vatanparvarligi maqolada muhokama qilinadi. Asosan, maqolada shoiraning ayol matonati, onaning farzandiga bo‘lgan muhabbati, vatanparvarligi aks etgan she’rlari tahlil qilingan. Mazkur maqolada tahlil qilingan she’rlar bugungi kunda istiqlol davri she’riyati nazariyasining rivojida zarur material bo‘la oladi.

Kalit so‘zlar: qalb dialektikasi, ijodkor olami, badiiy olam, lirik kechinma, qahramon tabiati, ilhom, iste‘dod, obraz, obrazlilik, individuallik.

Загрузки

##submissions.published##

2022-12-11